Reja: Fonetika


Download 0.68 Mb.
bet8/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1216493
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari

GRAFIKA
Grafika( yunoncha”chizuv”,”yozma”) yozuv va uning turlari haqidagi
bo’lim.
Harf asosiy grafik vositadir. Har bir nutq tovushi uchun olingan shartli shakl
harf deyiladi. Yozuvda ishlatiladigan va qat’iy tartibda joylashtirilgan harflar
yig’indisi alifbo deyiladi.
Hozirgi o’zbek tilida (rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvida) 33 harf 2
belgi bo’lib, shulardan 6 tasi unli (a,i,e, u,o’,o) 4 tasi yo-lashgan unli, 23 tasi
undosh harf. O’zbek tilida 25 ta undosh tovush bo’lib, 23 ta harf bilan ifodalanadi.(
ikki tovush yozma ifodasiga ega emas: j-juma,jurnal; ng-tong, senga).
x va h undoshlari alohida fonemalardir.
i bilan boshlanuvchi so’zlarning birinchi bo’g’inida x yoziladi: ix-tiyor, ix-
cham, ix-los, ix-tisoslik; qolgan bo’g’inlarida kelsa h yoziladi: il-hom, i-ho-ta, is-
loh;
e bilan boshlanuvchi so’zlar tarkibida asosan h yoziladi: ehson, ehtirom,
ehrom, ehtiyot, ehtiyoj.
x va h ayrim so’zlarda ma’no farqlashga xizmat qiladi: xol (dog’)-hol
(ahvol); xam (egik)-ham (yuklama); shox (daraxt shoxi)-shoh (podshoh); rux
(metall)- ruh (arvoh);
Ayrim so’zlarda yonma-yon kelgan ikkita bir xil undoshdan biri tushirilsa,
so’z xato hisoblanmaydi, faqat so’z ma’nosi o’zgaradi; qattiq-qatiq; silla-sila;
tilla-tila; mashshoq-mashoq; cho’qqi-cho’qi; ushshoq-ushoq;
Siyla, biyron, ziyrak so’zlarida y undoshi tushirilganda so’z xato
hisoblanmaydi, ma’no o’zgaradi: sila, biron, zirak.
‘ belgisi.
‘ belgisi tovush ifodalamaydi:
a) ‘ belgisi unli tovushdan keyin kelsa, unlini cho’ziqroq talaffuz
etish uchun xizmat qiladi: ma’no, ma’rifat, ta’limot.
b) ‘ belgisi undoshdan keyin kelsa, keyingi bo’g’inni ajratish uchun
xizmat qiladi: mas’ud, mas’ul, jur’at, sun’iy.
‘ belgisi ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi: sher (hayvon)-she’r (ijod
mahsuli); qala (ish harakat)-qal’a (qarorgoh); tana (vujud)- ta’na (minnat); nasha
(o’simlik)- nash’a (zavq); sanat (fe’l)-san’at (ot); surat (tasvir)-sur’at (tezlik); tarif
(toifa)- ta’rif (sifatlash);
Hozirda ikki xil yozuvdan foydalanilmoqda. O’zbek xalqi VII asrlargacha
runik, uyg’ur, so’g’d, moniy, braxma yozuvlaridan foydalangan. XV asrda arab
yozuvi bilan bir qatorda uyg’ur yozuvi qo’llangan. VIII asrda 1929 yilgacha arab
yozuvi; 1929-1940 yillarda lotin yozuvi; 1940 yildan hozirga qadar kirill
yozuvidagi rus alifbosidan foydalanilmoqda.
Lotin yozuviga o’tish to’g’risidagi qaror 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilindi.
1993 yil 2 sentyabrdagi qarorga muvofiq lotin alifbosi 31 ta harf va bitta tutuq
belgisi (‘apostrof) dan iborat deb belgilandi. Keyinchalik, 1995 yil 6-7 may
qaroriga muvofiq bu alifboga o’zgartirishlar kiritildi. Unga ko’ra alifbo 26 ta
harf va 3 ta harf birikmasidan (Ch, Sh, Hg) iborat (jami: 29 ta harf) deb belgilandi.
Lotin alifbosiga o’tish dastlab 2000 yilgacha bo’lgan muddatda belgilandi.
O’zgartirish haqidagi qarorga asosan 2005 yilgacha, deb uzaytirildi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling