Reja: Fonetika


Download 0.68 Mb.
bet12/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1216493
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
tilshunoslik yo\'nalishlari va ularning tadbiq usullari

LEKSIKOLOGIYA

Leksikologiya so’z va uning lug’aviy ma’nosi haqidagi bo’lim. So’z va


uning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liq hodisalar: o’z ma’no va ko’chma ma’no, bir
ma’nolilik va ko’p ma’nolilik, so’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari
(sinonim, omonim, antonim, paronim) leksikologiyada o’rganiladi. So’z lug’aviy
ma’no va grammatik ma’noga ega bo’ladi. So’zning ob’ektiv borliqdagi narsa,
belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik (lug’aviy) ma’no deyiladi.
Lug’aviy ma’no so’z anglatgan tushunchadir. Grammatik ma’no grammatik
shakllar (qo’shimchalar) orqali ifodalangan ma’nodir. Masalan, qalam: a) lug’aviy
ma’nosi-o’quv quroli; b) grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan.
So’zning lug’aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini
morfologiya o’rganadi.
Lug’aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug’aviy birliklar deyiladi.
Lug’aviy birliklar 3 xil: 1) so’z 2) ibora 3) termin (atama).
Mustaqil so’zlar ham lug’aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi
so’zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi.
So’z ma’nosi ma’lum xususiyatlarga ko’ra ko’chadi. Lug’aviy ma’noning
asosiy taraqqiyot yo’llari (ko’chish usullari) quyidagicha:
metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksiyadoshlik (vazifadoshlik), kinoya.
Metafora - “o’xshashlik” asosidagi ma’no ko’chishi. Bunda ma’no ko’chishi
o’xshashlik asosida ro’y beradi. Metafora ikki usulda amalga oshadi: a) ma’no
o’xshashlik asosida ko’chadi: oltin kuz, kumush choyshab, fan cho’qqilari, litsey
qaldirg’ochlari...b) metafora -dek, -day, kabi, singari, yanglig’, xuddi, go’yo
so’zlari yordamida hosil qilinadi, masalan: shishadek osmon, Adashgan it kabi
Furqat, xuddi sherdek.
Metonimiya - “aloqadorlik” asosidagi ma’no ko’chishidir. Bunda narsa-
buyum o’ziga aloqador boshqa nom bilan ataladi. Masalan: Qishloq chetida
samovar ochildi (samovar-choyxona); Osmonga tikildi million juft ko’zlar (ko’z-
odam); Fuzuliyni oldim qo’limga (Fuzuliyni-kitobini).
Sinekdoxa - butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini atash.
masalan: Besh qo’l barobar emas (qo’l-barmoq); O’n qo’li hunar (qo’l barmoq)..
Besh qo’lini og’ziga tiqdi (qo’l barmoq); Shu bitta tuyoq bilan olti bolani boqdim
(tuyoq-sigir); Tirnoqqa zor o’tdi (tirnoq-farzand.
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik) - vazifa asosida ma’no ko’chishi. Bunda so’z
ma’nosi vazifaga ko’ra ko’chadi. Masalan: o’q qadimda kamon o’qi ma’nosida
qo’llangan. Hozirda miltiq o’qi, pistolet o’qi ma’nolarida qo’llanadi; kotib, pero,
qalam so’zlarida ham vazifaga ko’ra ma’no ko’chishi ro’y bergan.
Kinoya-qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o’zgalar “gapi”, “so’zi”.
Kinoya bilan aytilgan so’z qo’shtirnoqqa olinadi. Kinoya bilan aytilgan so’z teskari
ma’noda tushuniladi.
Salima “a’lochi” qiz (ikkichi).
So’z ma’nosi ko’chishi natijasida o’z va ko’chma ma’no hosil bo’ladi.
So’zning nutq tarkibi (gap)dan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi o’z ma’no (asosiy
ma’no, bosh ma’no) deyiladi. So’zning nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida
ifodalagan ma’nosi ko’chma ma’no hisoblanadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling