Reja: Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari
Amaliy mashg‘ulotda ishlash tartibi va reglament
Download 0.49 Mb.
|
Geografiyani o`qitishda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh bilan ishlash qoidalari
Amaliy mashg‘ulotda ishlash tartibi va reglament
Guruhda ishlash va prezentatsiyani yozish - 30daqiqa. Ishning natijalarini taqdimot qilish – 20 daqiqa. Jamoa bо‘lib muhokama qilish (10daq)va guruhni baholash 10daqiqa . 4-ilova
Dars “Zinama-zina o`yini” qoidasiga binoan 2-bosqichda o`tkaziladi. Bosqich. O`quvchilarning o`quv fani bo`yicha tushuncha, g’oyalar va atamalarni o`zlashtirish darajasini aniqlash. Buning uchun o`qituvchi darslikda berilgan atamalar izohidan foydalanib, 3 xil variantda 30 tadan atamalar majmuasini tuzadi. Atamalar yonida uning izohi bo`lishi shart. O`qituvchi bu bosqichda o`quvchilarni teng sonli 6 kishidan iborat kichik guruhlarni tashkil etadi. Har bir gurux “Atamalar” varag’ining variantini tanlab oladi. Quyida shunday “Atamalar varag’i” dan namuna keltiramiz: 1-bosqich uchun savollar to`plami : -Asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iboratdir, ya’ni unda mexnat qurollari (mashinalar, jihozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg‘i va h.k.) ishlab chiqariladi.( javob:Og‘ir sanoat) - Bir yoki birnecha sanoat tarmoqlari tо‘plangan shahar yoki shaharchalardir (javob: Sanoat markazi) - Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda qatnash-adigan va bir-biri bilan elektr liniyalari bilan bog‘langan yirik elektr stansiyalar birlashmasi (javob: Energiya tizimi). va x.k. Kichik guruhdagi 6 o`quvchining bittasi “kichik konsul’tant” vazifasini bajaradi. U o`quvchilarga variantdagi savollarni ketma-ket berib, ularning javobini atamalar izoxi bo`yicha nazorat qiladi. Javob to`g’ri bo`lgan holda ularga avvaldan tayyorlanib, qo`yilgan kartochkalarni berib boradi. Shunday qilib har bir o`quvchi savollarga galma-gal javob berib, bu bosqichda 6 ball to`plash imkoniyati bo`ladi. O`quvchilarning to`plagan bali ulardagi kartochkalar soniga qarab aniqlanadi. Shundan so`ng, o`yinning ikkinchi bosqichi boshlanadi. II – bosqichda o`qituvchi o`quvchilarni to`plagan ballariga muvofiq qayta guruhlaydi. O`qituvchi bu bosqich uchun alohida topshiriqlar tuzadi: II – bosqich savollari: 1 ball to`plagan o`quvchilar guruhi savollari Og’ir va yengil sanoat tarmoqlarini klasterda ifodalang. ball to`plagan o`quvchilar guruhi savollari: O’zbekistondagi yirik kimyo zavodlari ro’yxatini tuzing. ball to`plagan o`quvchilar guruhi savollari: O’zbekiston sanoati va uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar? O`quvchilar bu topshiriqlarni bajarib bo`lganlaridan so`ng, o`zaro savol-javob o`tkazadilar. Har bir guruh o`z topshiriqlarini ko`rgazmali vositalar yordamida bayon etadi. Topshiriqni mukammal bajargan kichik guruhlar rag’batlantiriladi va g’oliblar aniqlanadi. O`qituvchi o`quvchilar javobidagi kamchiliklarni aniqlaydi va unga barham beradi, so`ngra darsni keying o’yin turi bilan davom ettiradi. “Aqliy hujum” quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi: I – bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan o`quvchilardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish. II – bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo`lgan o`quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish. III – bosqich. O`quvchilarning bilish faoliyatini o`quv muammolarini hal etishga yo`naltirish. IV – bosqich. O`quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo`yicha axborotlarini tinglash. V – bosqich. Kichik guruhlar o`rtasida o`quv bahsi va munozara o`tkazish VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash. “Aqliy hujum” da o`quvchilar avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi. O`qituvchi o`quvchilarni teng sonli guruhlarga ajratgandan so’ng, har bir guruh sardorini belgilaydi. O`quvchilarning faoliyatini bilishga yo`naltiruvchi bir nechta muammoli savollar yozilgan quyidagi kartochkalarga qaratadi: Yangi, yuqori texnologiyaga ega bo’lgan sanoat tarmoqlarini qanday izohlash mumkin? Sanoat tarmoqlari qaysi mezonlarga asoslanadi? Respublikada elektr energiya ishlab chiqarishda yetakchi viloyatlarda eliektr muammosining vujudga kelishiga sababi nimada? Guruhdagi o`quvchilar shu savollar yuzasidan maslahatlashib, o`z fikrlarini umumlashtiradi. Har bir guruh sardori guruh fikrini bayon etadi. O`qituvchi guruhlar bayon etgan fikrlarni umumlashtirish dars yakunida amalga oshirilishini e`lon qiladi va navbatdagi muammoli savollar yozilgan kartochkalarni tarqatadi: Respublikadagi asosiy issiqlik elektr stantsiyalarida qaysi yoqilg’i turi arzon va sifatli hisoblanadi? Javobingizni izohlang. O`quvchilar guruhi bu savollarga javob topgandan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarga avval o`zlashtirgan bilimlari va darslikdan foydalanib quyidagi jadvalni to`ldirish va izohlashni topshiradi.
O`quvchilar jadvalni to`ldirib, javoblarini izohlaganlaridan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarning diqqatiga quyidagi savollarni havola etadi: Sho’rolar tizimi davrida O’zbekistonning ijtimoiiy-iqtisodiy rivojlanishi qanday bo’lgan edi? 2. XX asr boshlarida O’zbekistonda sanoatning qaysi tarmoqlari rivojlangan edi? O`quvchilar javoblaridan so`ng, o`qituvchi darsni umumiy yakunlaydi. O`quv baxsi va munozaralarda faol ishtirok etgan talabalar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi. VI. Uyga vazifa berish. VII.Darsni umumiy yakunlash. Endi pedagogik amaliyot jarayonida Toshkent shahri Sergeli tumani 300-umumta’lim maktabining 8-“A”, “V” sinflarida “O’zbekiston sanoati”ning Rangli metallurgiya mavzusini lokal va xususiy metodik darajalarining uyg’unlashtirilgan pedagogic texnologiyalardan foydalanib, o’tkazilgan bir soatlik dars ishlanmasini ko’rib chiqamiz. № 25 - dars Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling