Reja: Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari


Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari


Download 0.49 Mb.
bet2/19
Sana09.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1449371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Geografiyani o`qitishda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari

1. Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari.
Geografiya yunoncha “geo” - yer, “grafo” – yozaman degan manoni bildiradi. Geografiya deb - o‘zaro chambarchas bog‘langan, yerning geografik qobig‘ining tabiiy va ishlab chiqarish komplekslarini va ularning tarkibiy qismlarini o‘rganadigan tabiiy (tabiiy geografiya) va ijtimoiy (iqtisodiy geografiya), hamda maxsus geografik fanlar tizimiga aytiladi.
Geografiya ta'limining asosiy masqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Maktab geografiyasini qayta qurishning ilmiy-uslubiy konsepsiyasi»da quyidagicha belgilab berilgan:
- dunyoni yaxlit idrok etishni, geografik qamrovda mushohada yuritishni, bir so‘z bilan aytganda, geografik madaniyatni tarbiyalash; - tevarak-atrofni idrok qilishning muhim vositasi va uslubi bo‘lgan xaritadan mohirona foydalana bilishni o‘rgatish; - har qanday shaxs, tabiat va jamiyat bilan munosabatning eng oqil me'yorlariga amal qilishni, buni muhim sharti esa, ularga kompleks yondashish zarurligini anglatmoq; - har bir fuqoroning o‘zi yashab turgan ijtimoiy muhitda samarali faoliyat ko‘rsatishiga zarur bo‘lgan bilim va malaka berish bilan ruyobga chiqishi va rivojlanishini ta'minlash.
Geografiya ta'limining mazmuni. Geografiya ta'limi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning ajralmas va uzviy bog‘langan tarkibiy qismi sifatida mazkur ta'lim muassasasi oldiga qo‘yilgan umumiy maqsadlarga muvofiq barkamol o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, geografiya ta'limi o‘quvchilarda yer to‘g‘risidagi ilmiy dunyoqarashlarni shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni tarkib toptiradi, dunyo davlatlari va turli regionlarda jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik ob'ekt, jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi, umuminsoniy madaniyatni tarkibiy qismi bo‘lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi.
Demak, kelajak bugungi maktab partasiga о‘tirgan voqealikni serqirra sirlarini bilishga intilayotgan yoshlar qо‘lida ekan, avvalo, ular i’stedodini aniqlash, qobilyat iqtidorini rivojlantirish, intellektual zakovati, ma’naviy aqliy salohiyatini yuksaltirish dolzarb masala bо‘lib xisoblanadi. Bu vazifani xal qilish uchun yoshlarni hayotga, mehnatga tayyorlashning yangi texnologiyasi, metod, usul, vositalardan foydalanish lozim bо‘ladi. Qolaversa yangilangan ta’lim tizimi, mazmuni uchun eski qolipdagi metod, usullarini qо‘llash, mantiqsiz hisoblash, xuddi odamning barcha kiyimlarini yangilashu, oyog‘idagi poyafzalini yirtiq holda qoldirganday bо‘ladi. Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish о‘quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini о‘stirish, pedagogik jarayonda innovatsion texnologiyalardan keng va samarali foydalanishnigina emas, balki, mazkur jarayonni rejalashtiruvchisi, amalga oshiruvchisi va boshqaruvchisi bо‘lgan о‘qituvchining kasbiy saviyasi, kasbiy tayyorgarligini shakllantirish masalasiga chuqurroq yondashuvni talab etadi. Shu sababli mustaqillik sharoitida ta’lim-tarbiya, malakali mutaxassilar tayyorlash, shuningdek, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimiga qо‘yilayotgan talablarning soni har qachongidan ortib bormoqda. Bugungi pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimiga zamonaviy yondoshuvni shakllantirish, bо‘lajak mutaxassis shaxsidagi ijodkorlik, tadqiqotchilik, mustaqillik va bilish faolligi kо‘nikmalarini rivojlantirish oliy ta’lim muassasalarida о‘qitiladigan umumkasbiy fanlarning muhim vazifalaridan sanaladi. Bugungi kunda ta’lim tarbiya jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida qurish, ta’lim islohotlarining maktab oldiga qо‘ygan muhim vazifalaridan biridir. Ta’lim tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish uchun, avvalo о‘qituvchi pedagogik texnologiya tushunchasining mohiyatini bilishi va uning shakllarini mukammal о‘zlashtirgan bо‘lishi lozim.[7] Masalan: о‘qituchi mahoratiga qо‘yiladigan talablar kasbiy layoqat, psixologik-pedagogik tayyorgarlik, о‘quvchilarni mustaqil fikrlashga о‘rgatish mahorati, о‘quv adabiyotlari turlarini bilish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallaganlik, internetning global tarmog‘i bilan ishlash bо‘yicha amaliy kо‘nikmalar, predmetlararo aloqalardan foydalanish mahorati va hakoza. Mamlakatimiz talim sohasida rо‘y berayotgan tub burilishlar har bir talim muassasida didaktik soxasini jonlantirishni talab etadi, yangilikni joriy etish yо‘li esa har doim murakkab va uzoq[8]. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, pedogogik texnologiyalar yaqin yillar ichida didaktik yangilikka kirishishning asosiy manbai bо‘lib qoladi. Ta`lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo`llash uchun geografiya o`qituvchilari maxsus metodik bilim va ko`nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo`ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo`lishlari lozim[12] Pedagogik texnologiya atamaiga shu muammo bo`yicha izlangan har bir olim o`z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta`rif bergan. Hali bu tushunchaga to`liq va yagona ta`rif qabul qilinmagan. Ushbu ta`riflarning ichida eng maqsadga muvofig’i YUNESKO tomonidan berilgan ta`rif sanaladi.
O`qitish jarayonini demokratlashtirishning tub mohiyati o`quvchi­lar­­ning o`quv-bilish faoliyatini tashkil etishda ularga tanlash imkoniyati berilishidir[21].
Geografiya o`qituvchisi o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishda o`quvchilarning xoxishiga ko`ra individual tarzda, juftlikda yoki kichik guruhlarda tashkil etishi lozim. Shuningdek, uy vazifalari ham hamma uchun yagona va majburiy bo`lmasdan bir necha variantda tayyorlanishi va o`quvchilar o`z xoxishiga ko`ra tanlashlari mumkin[12]. Hozir ta’lim-tarbiya sohasida rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri–zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llash bo’lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardandir[13]. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tamonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarning faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo’lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi:

  • ta’lim-tarbiya berish;

  • axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;

  • mustaqil fikrlashga o’rgatish;

  • bilim, ko’nikma, malakalarni o’rgatish va o’zlashtirilishiga erishish;

  • turli metodlarni qo’llash va takomillashtirish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonida insonparvarlik, halqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;

  • o’quvchining tayyorgarlik darajasini, fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigiyenik talablarni hisobga olish.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling