Reja: Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari
Geografiya darslarida o‘quvchilarni to‘laqonli o‘quv bilish
Download 0.49 Mb.
|
Geografiyani o`qitishda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari
2. Geografiya darslarida o‘quvchilarni to‘laqonli o‘quv bilish
jarayonini subektga aylantirish yo‘llari. Pedagogik texnologiya o’quv jarayoni(ya’ni o’qituvchining, o’quvchining faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog’langan. Hammamizga ma’lumki, inson hamma sohada biror maqsadga erishish uchun, o’ziga ma’qul bo’lgan yo’l, usul, vositalardan foydalanib, zarur faoliyatni amalga oshiradi. Demak, avval maqsad paydo bo’lsa, keyin shunga muvofiq, mavjud imkoniyatlarga suyangan holdagi faoliyat kelib chiqadi. Ushbu sxemada pedagogik texnologiyaning asosiy tarkibiy qismlari aks etgan. V.P.Bespalko ta’kidlaganidek: «Pedagogik texnologiya-bu о‘qituvchi maxoratiga bog‘liq bо‘lmagan holda, pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, о‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodadash-loyihalashdir». Tarixiy pedagogik texnologiya elementlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida о‘quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda gо‘zal nutq tarkib toptirilgan. Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qо‘llaniladi. Bunda о‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va tо‘g‘ri sо‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga xamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga о‘rgatilgan. Masalan, suqrotona suxbatlar deganda о‘qituvchining о‘quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi notо‘g‘ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan xolda ularni tuzatish yo’liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi. Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin: 1. Savol-javoblar orqali о‘quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash; 2.О‘rganilayotgan mavzuning mazmunini о‘quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu asosan о‘quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bо‘lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi; 3. О‘quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan, rag‘batlantirish usullaridan foydalaniladi; 4. О‘qituvchi о‘zini bilmaydigan odamdek, о‘quvchidek, tutib, savollar berib boradi; 5. О‘quvchining tо‘g‘ri fikrlarini rag‘batlantirish orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, sо‘zlashga jalb qilish; 6. О‘quvchining xato fikrlarini aniqlab borish; 7. О‘quvchining xato fikrlariga nisbatan tо‘g‘ri fikrni о‘qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali о‘quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va о‘quvchini о‘z xatolarini о‘zi tuzatishiga yo’naltiriladi. Bundan kо‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubxasiz bо‘lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular о‘qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo’lishi kabilardan iborat[20]. Ta’lim jarayonida bilim oluvchining faolligi tamoyili pedagogikada eng muhim tamoyillaridan bо‘lib kelgan. Uning mohiyati о‘rganilayotgan predmetni talabalar tomonidan maqsadli va faol qabul qilinishi, anglanishi, qayta ishlanishi va qо‘llanilishidir. T a’lim olishning faolligi o’quvchilardagi yuqori motivatsiya, ular tomonidan yangi bilim va kо‘nikmalarni о‘zlashtirish ehtiyoj sifatida qabul qilinishi, ta’lim jarayoni natijalari samarali bо‘lishi bilan sifatlanadi. Faollik o’quvchilarning barcha faoliyat shakllarida mavjud–о‘zgartirish faoliyati, bilish faoliyati, muloqot va boshqalar. О‘z faoliyati natijasida atrofdagi olamda va insonning о‘zida ma’lum о‘zgarishlar sodir bо‘ladi[19]. Ma’lumki, o’quvchilar geograiya fani doirasida о‘rganilayotgan mavzuga bir hilda yondashmaydilar. Bunga ularning munosabatini qaysi kо‘rsatkichlar orqali aniqlash mumkin? Oquvchilarning darsga bо‘lgan munosabati aynan bilim olishdagi faollik, bilan sifatlanadi. Bu faollik o’quvchini о‘rganish predmetiga “kirib borishining” intensivligi va mustahkamligini belgilab beradi. Faollik tuzilmasi quyidagi tarkibiy qismlar orqali ifodalanadi: ta’limiy vazifalarni bajarishga bо‘lgan tayyorlik; mustaqil faoliyat olib borishga intilish; bajarilayotgan harakatlarni anglanganligi; faollik predmetiga yо‘naltirilgan diqqatning mustahkamligi; о‘z bilim darajasini yanada oshirishga bо‘lgan intilish. O’quvchi ma’lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini belgilab, unda kо‘proq boshqarilayotgan obyekt rolini ijro etadi. Bu darajadagi faoliyat “obyekt faoliyati” deb nomlanadi. Yuqori darajada faollik ta’lim oluvchi faoliyatining birlamchi sababi, manbasi ro’lini о‘ynab, ijodiy, о‘zgartiruvchi sifatga ega. Bunda faoliyatni amalga oshiruvchi o’quvchi subyektdir va faoliyatda uning irodasi ishtirok etadi (“subyekt faoliyati”). Bunday faoliyat quyidagi jihatlar bilan farqlanadi: faoliyat amalga oshirilayotgan vaqtda subyektning ichki sifat va holatining о‘ziga hosligi - maqsadlash, rejalashtirish, natijani oldindan kо‘rishga bо‘lgan ichki motivatsiyaning mavjudligi(vaziyatdan kelib chiqib, biror fakt ta’sirida amalga oshiriladigan birinchi daraja faolligidan farqli); ixtiyoriyligi, ya’ni bu faoliyat subyektning о‘z maqsadi va irodasiga aoslanadi; vaziyatdan yuqoriligi, ya’ni oldindan belgilangan maqsadlar doirasidan chiqib ketishi (faoliyatning kengayishi); mustaqillikka intilish, kо‘zlangan maqsadga erishish yо‘lida izchil va mustaqil faoliyat olib borishi. Subyekt faoliyati jarayonida o’quvchining individualigi, mehnatga layoqati, ijodkorligi, tashabbuskorligi, raqobatbardoshligi va boshqa jihatlari namoyon bо‘ladi. Har bir pedagogik texnologiya o’quvchilar faoliyatini faollashtiruvchi va intensivlashtiruvchi vositalarga ega. Quyidagi vaziyatlar ta’lim mashg‘ulotida eng yuqori faollashtiruvchi samara beradi: hodisa va jarayonlarni mustaqil tushuntirib berish; о‘z nuqtai nazarini isbotlash; munozara va bahslarda ishtirok etish; о‘z guruhdoshlariga yoki о‘qituvchiga savol berish; boshqa o’quvchilar javobiga taqriz berish va javobini baholash;; о‘zlashtirishi past bо‘lgan guruhdoshlariga materialni tushuntirish; о‘z kuchini inobatga olgan holda о‘ziga mos vazifa tanlash; bir muammoning bir necha yechimlarini izlab topish; о‘z harakatlari natijasini tekshirish, ularni (harakatlarni) tahlil qilish; о‘zida shakllantirilgan bilim kо‘nikmalarni qо‘llab, vazifalarni yechish. Geografiya ta’limi jarayonida turli xildagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bugungi kun talabidir. Shuning uchun, ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida keltirilgan dolzarb muammolarni ijobiy hal etishga xizmat qilishi darkor. Pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, o’quvchilarda dars jarayonining ta’sirchanligi va amaliy kо‘nikmaga ega bо‘lishligini kafolatlaydi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling