Reja: Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari


Geografiyani o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari


Download 0.49 Mb.
bet4/19
Sana09.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1449371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Geografiyani o`qitishda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari

3.Geografiyani o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari

Pedagogik texnologiya murakkab bо‘lib, an’anaviy dars berish usullarining yaxshi tomonlarini о‘zida mujassamlashtirgan, yangicha yondashuvi qо‘llagan holda eng zamonaviy pedagogik tadbirdir. Uning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, pedagogik texnologiyada dars mashg‘ulotlarini о‘tkazish jarayonida amalga oshiriladigan ishlarning bosqichma-bosqich va daqiqama-daqiqa oldindan loyihasi tuzib olinadi. Shunda, dars jarayonida yoritiladigan mavzular bо‘yicha tayanch tushunchalar va ular asosida tuzilgan nazorat savollari, qо‘llaniladigan interfaol vosita va didaktik materiallar loyihada belgilab olinadi. Dars mashg‘ulotlari bilim berish va ularni o’quvchilar tomonidan eslab qolish bilan chegaralanmay, berilgan bilimlar asosida amaliy mashqlarni bajara olishi, о‘zlashtirishi, o’qituvchi tomonidan doimiy nazorat ostiga olinadi, kerakli maslahatlar beriladi, asoslanadi hamda bilim va kо‘nikmalar xayotiyligi isbotlanadi va hokazo. Ta`lim jarayonini tarbiya bilan, bilim, ko`nikma va malakalarni bir-biri bilan ajratilgan holda shakllantirishga mo`ljallangan o`quv faoliyatini tashkil etish mumkin emas[21].


Pedagogik texnologiyalarning o`ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga ko`ra ikki guruhga ajratiladi:

  1. Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o`zgartirishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar.

  2. Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar. Yuqori samara beradigan va o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar to’g’risida ushbu bitiruv malakaviy ishimning ikkinchi bobida batafsil to’xtalib, ma’lumotlar keltiriladi.

Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o`zgartirishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga:

  • Ta`lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi;

  • Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar;

  • Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari;

  • Ta`limni differentsiallashtirish va individuallashtirish;

  • Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga:

  • Didaktik o`yin texnologiyasi, muammoli ta`lim texnologiyasi, modulli ta`lim texnologiyasi, hamkorlikda o`qitish texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi va an`anaviy ta`lim texnologiyalari kiradi. O`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etganda, ta`lim-tarbiya jarayo­nini yaxlit, bir tizim holatida, bilim, ko`nikma va malakalarni bir-biri bilan uzviy ravishda shakllantirish lozimligini qayd etish zarur. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish va an`anaviy ta`lim tizimidagi kamchiliklarga barham berish, ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun o`quvchilarning bilish faoliyatini yalpi o`qitish bilan bir qatorda, individual va kichik guruhlarda o`qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq. O`quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda o`quvchilar o`quv materialini mustaqil o`zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni o`zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan o`quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va o`z bilish faoliyatining sub`ektiga aylanadi. Quyida jadval ko’rinishida pedagogik munosabatlar tipining o`ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.

Pedagogik munosabatlar

O`qituvchi faoliyati

O`quvchi faoliyati

Sub`ekt – ob`ekt munosabatlarda



Yangi mavzu materiali eng oson o`zlashtiri­ladigan usul­da, tayyor axborot shaklida bayon etiladi. Tegishli hol­larda savol-javob o`tka­zadi, bilimlarni mus­tah­kamlab, baholashni amalga oshiradi.

Passiv, faqat axborot­larni qabul qilishga, shu holatda eslab qo­lish, savol­lar­ga javob berish, ko`rsatma­ga bino­an ish ko`rish.

Sub`ekt-sub`ekt munosabatlarda

Dars foydalanilayotgan texno­lo­giyalari talabla­ri asosida tashkil eti­ladi. Yangi mavzu ma­te­ri­ali o`quvchilar to­mo­nidan mustaqil o`rga­nishlari uchun o`quv top­shiriqlari tavsiya etadi. Tegishli hol­larda yor­dam uyushtiradi, savol-javob o`tkazadi, bilim­larni mustahkam­lash, o`z -o`zini, o`zaro nazorat va o`qituvchi nazorati orqa­li baho­lashni amal­ga oshiradi.

Tavsiya etilgan o`quv topshiriqlari asosida o`z o`quv faoliyatini tashkil etadi, muammoli vaziyatlardan chiqishning eng muqobil variantini ishlab chiqadi, avval o`zlashtirgan bilim va ko`nikmalaridan foyda­lanib, yangi bi­lim­larni o`zlashtiradi, o`z fao­liya­tini o`rtoqla­ri­ning faoliyati bilan taqqos­lab, o`zini rivoj­lanti­rish rejasini tuzadi.

Ta`lim-tarbiya jarayonida sub`ekt-sub`ekt munosabatlarni vujudga keltirishda o`quvchilarning bilish faoliyatini individual va kichik guruhlarda tashkil etish maqsadga muvofiqdir[21].


O`quvchilarning geografiya fanini egallashga bo`lgan qiziqishini orttirish va bilim olishga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, ta`lim–tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorli­gini ta`minlash, inson, jamiyat va atrof-muhitning o`zaro munosabat­larini uyg’unlashtirish, ta`lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr-qimmat tuyg’usi, yuksak ma`naviyat, ijtimoiy meyyorlarga asos­langan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy fikr­lashni tarkib toptirish maqsadida O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o`qitishga yangicha yondashish maqsadga muvofiq deb hisobladik[12]. Yangicha yondashuvning asosiy mohiyati, an`anaviy ta`limda ko`zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o`qitishdan voz kechish va uning o`rniga:

  • zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali geografiya darslari jarayonini samarali tashkil etish;

  • mustaqil ish va mustaqil faoliyatni amalga oshirish;

  • tegishli talablarni jamoa orqali qo`llashni amalga oshirish muhim sanaladi.

Yangi munosabatlarning vujudga kelishi o’quvchi shaxsiga tafovutlab yondashishni, ya`ni ta`lim jarayonini differentsiallashtirish va individuallashtirish printsipini talab etadi.
Mazkur printsiplar asosida ta`lim jarayonini tashkil etishda:

  • o`rta saviyali o`quvchiga nisbatan mo`ljal olishdan voz kechish;

  • dars jarayonida har bir o’quvchning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va uni rivojlantirish, qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, yo`nalishi, sifatlari, aqliy jarayonining xususiyatlarini aniqlash;

  • dars jarayonini har bir o`quvchining ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha o`quv topshiriqlarini tayyorlash hamda o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim bo`ladi.

Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos xususiyatlarida:

    • Barcha o’quvchilar о‘z qobiliyatlari darajasida albatta о‘zlashtirishlari kafolatlanadi.

-O’quvchilarning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlashi, ijod etishi va izlanishiga majbur etishi;
-O’quvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi;
-O’quvchilarning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi;
-O’qituvchi va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.
Bizning fikrimizcha, pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq deb xisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida maqsad boyicha kafolatlabga natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lm texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga , guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha ana shu o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o'quvchining ehtiyojidan kelib chiqqa xolda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir[20].
O`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini amaliyotga qo`llashda ko`nikma va malakalar muhim rol’ o`ynaydi. Ko`nikma va malakalarni til bilan tushuntirib bo`lmaydi, ularni amaliy faoliyatda ko`rsatish kerak bo`ladi. Shu sababli inson hayotining asosini faoliyat usullari (ko`nikma va malakalar) tashkil etib, u o’quvchining muhim sifati sanaladi. O`quvchilarning dunyo haqidagi bilimlarida, bu bоrada tushunchalarni tarkib tоptirishda хilma-хil ta’lim uslublari, vоsitalaridan unumli fоydalanishga to`g`ri kеladi. Gеоgrafik bilimlar nafaqat gеоgrafiya, balki, o`quvchilarning kеlgusida qanday kasblarni egallashlaridan qat’iy nazar, ularning dunyo qarashlari takоmillashuvi uchun nihоyatda zarur. Agar har bir insоn uchun o`qish, yozish, hisоblay оlish qanchalik zarur bo`lsa, ularning madaniyatli kishilar bo`lib yеtishishlarida gеоgrafik bilimlar ham shunchalik zarur. Umuman har bir o`quvchining kеlajakdagi shaхsini bеlgilashda gеоgrafik bilimlarning rоli chеksizligini hayotni o`zi isbоtlamоqda. Hоzirgi davrda gеоgrafik bilimlar mazmuni va undagi o`zgarishlar nihоyatda tеzlik bilan o`zgarmоqda. Har bir хudud o`ziga хоs iqlim, tuprоq, ahоli rеsurslariga ega. Bu o`z navbatida ularni o`rganishda o`ziga хоs bo`lgan mеtоdlarni qo`llashni taqоza qiladi va х.k.
Buyuk pedagoglarimiz o’qituvchini “amaldagi ruxshunos” deyishgan. Bir soatlik dars jarayonida o’qituvchi 100 dan ortiq muammoli vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Jamoada sog’lom muxitni ta’minlashda, o’quvchining ma’naviy va axloqiy qiyofasini shakllanishida muammoli vaziyatlarning ijobiy yechimi aloxida axamiyat kasb etadi. Mustaqil fikr-mulohaza insonda mavjud bilimlarni, fikr va voqelikka bo’lgan munosabatlarning erkin yuzaga chiqarilishidir. Albatta, ushbu jarayon o’z-o’zidan royobga chiqmaydi, ayniqsa, ta’lim-tarbiyada. Ma’lumki, ta’lim o’qituvchi va o’quvchi orasida o’rnatiladigan pedagogik munosabatlar majmuidir. Ana shu munosabatlarda o’zaro ishonch, talab va tartib muximdir, ya’ni bilimlar ortib boradi, intellekt mukamallashadi. Geografiya ta’lim tizimiga joriy etilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan ko’zlanayotgan asosiy maqsad ham xuddi ana shundadir. Yangicha yondashuv jarayonida bilim talabalarning o’z ijtimoiy tartiblari asosida paydo bo’ladi va hulq-atvor shaklining ham o’zgarishga ta’sir qiladi. Mustaqil fikrlarni bildirar ekan, o’quvchi dars jarayonining faqat subyekt sifatida ham namoyon bo’ladi, ya’ni teng xuquqli ta’lim dialogini vujudga keltiradi. Ayniqsa, darsni muammoli tashkil etish o’quvchi o’quv faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu jarayonning yanada muvaffaqiyatliroq chiqishi uchun psixologik asosga e’tiborini qaratish kerak. Pedagogik texnologiyalar asosida o’quv jarayoni tashkil etilganda bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlari mavjud bo’lib, tayyor bilimlarni o’quvchi ongiga yetkazish, esga olish, esda saqlash, qayta esga tushirish, so’zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlarni bilish, tushunish darajalarini ifodalaydi. Bu darajalarda bilim oluvchidan ijodiy yondashuv talab etilmaydi. O’zlashtirishning keyingi darajalarida o’quvchilar olgan bilimlarini amalda tatbiq etishi, ma’lum natijalarni qo’lga kiritishi, to’ldirishi, boyitishi, o’zgartirishi o’zining mustaqil nuqtai nazariga ega bo’lishi talab etiladi. Bu o’zlashtirish darajalari uchun muammoli yondashuv ahamiyatli hisoblanadi[12].
О‘quvchilarning ma’naviy hayoti, dunyoqarashi, aqliy kamoloti, bilimlarining mustahkamligi, о‘z kuchiga ishonchi ularning quvnoqligi, tetikligiga bog‘liq. Shu sababli geografiya о‘qituvchisi dars mashg’ulotlari davomida о‘quvchilarning kayfiyatini kо‘taruchi, diqqatini jalb qiluvchi ta’lim usullariga e’tibor qaratishi lozim deb oylayman.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling