Reja: Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI


Download 0.49 Mb.
bet7/19
Sana09.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1449371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Geografiyani o`qitishda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI

1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni. T., 1997 y.


2. I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li»
T. «O‘zbekiston», 1992 y.
3. I.A.Karimov «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori».
T., «O‘zbekiston», 1997 y.
4. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
amaliyotga joriy qilish. Toshkent, 2008.
5. Tolipov O‘. Q, Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy
asoslari. Toshkent. “FAN” nashriyoti. 2006 y.
6. Abdug‘aniev I. Geografiya darslarida ta'limning texnika vositalaridan
foydalanish. Toshkent, O‘qituvchi, 1990.
7. Abdieva Z.A. Geografiya fanida noan'anaviy dars usullaridan foydalanish.
Navoiy., 2003

elektron ta'lim resurslari
1. www.pedagog.uz
2. www.Ziyonet.uz
3. http//:tdpu-INTRANET

Atamalar raqamini ularning ta’rifi bilan juftlang.



1.

Ixtisoslashuv

A

(hamkorlik) tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona qatnashadigan ishlab chiqarish shakli.

2

Kooperativlashuv

B

Ishlab chiqarishning asosan bir hil mahsulot chiqaradigan tashkiliy shakli.

3

Sanoat

S

Ishlab chiqarish maqsadlari va texnologik jarayoni nisbatan bir xil bo’lgan va yaxlit boshqariladigan korxonalar guruhi.

4

Majmua

D

Mehnatda band aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi

5

Ishlab chiqarish

E

Milliy iqtisodiyotning moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi muhim tarmog’i.

6

Tarmoqlar

G

Ishlab chiqarishni tashkillashning iqtisodiy samaradorlikka qaratilgan muhim shakli.

7

Mehnat resursi

I

Ishlab chiqarish jarayoni o’zaro bog’langan korxonalarini bir-biriga yaqin joylashtirish-bir shaharga yoki yonma-yon turgan shaharchalarga qurish oqibatida vujudga keladi.

8

Sanoat tuguni

k

Moddiy ne’mat ishlab chiqaradigan barcha ishlab chiqarish korxonalari

Topshiriqning javobi: 1-B; 2-A; 3-E; 4-I; 5-S; 6-K; 7-G; 8-D.


Geografiya darslarida tezkor o’yinlar va o’yin mashqlaridan ham foydalanish muxim o’rin tutadi. Geografik diktant o’quvchilarning o’zlashtirgan nazariy bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llashga imkon yaratib, o’quvchilar bilimidagi tipik xatoliklarni aniqlash imkonini beradi. Shu sababli, barcha iqtisodiy-ijtimoiy, tabiiy geografiya kurslarida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashda geografik diktantlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Masalan, O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kursining “Aholi va inson omili” - Aholi manzillari” mavzusida quyidagi biologic diktantdan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu geografik diktantning birinchi turida o’quvchilardan nuqtalar o’rniga mos keluvchi tushunchalarni qo’yish tavsiya etiladi. 1 -topshiriq:

  1. Aholi o’lganlar soniga nisbatan tug’ilganlar sonining ortiqligi hisobiga ko’payishi ………………- deyiladi.

  2. Aniq bir dastur asosida ma’lum bir vaqtda butun mamlakat aholisining hisobga olish-……………………

  3. Ko’p fuksiyali shaharlarning yonida yo’ldosh shaharlarning vujudga kelishi…………………. deyiladi.

  4. Aholining turli maqsadlarda bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishi …………… deyiladi.

  5. Immigrantlar va emmigrantlar orasidagi farq ……………dir.

  6. ……………-bu ma’lum bir miqdordagi aholi to’plangan va asosan sanoat, transport, madaniy va ma’muriy-siyosiy vazifalarni bajaradigan odamlar yashaydigan joy.

  7. …………….-deb, mamlakatda, hudud va jahonda shaharlarning o’sishi va shahar aholisi salmog’ining oshishiga, murakkab shaharlar shahobchalari, tizimlarining paydo bo’lishi va rivojlanishiga aytiladi.

  8. Aholi ko’payishining vaqt o’tgan sari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’zgarishi ………………deyiladi.

Geografik diktant javoblari: 1.Tabiiy ko’payish, 2.Aholi ro’yxati,` 3.Aglomeratsiya 4. Migratsiya 5. Migratsiya sal’dosi 6. Shahar. 7. Urbanizatsiya, 8. Aholi soni dinamikasi
Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, ta’lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. O`quvchilarning bu faoliyatga kirishi­shi va muayyan ko`nikma va malakalarni egallagandan so`ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o`tkazishi, ya`ni xususiy metodik darajada qo`llashi mumkin.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling