Reja: Gormonlar Aminokislotalar Vitaminlar Fermentlar Gormonlar
Download 41.05 Kb.
|
Garmonlar vitaminla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vino ishlab chiqarish sanoatida
- “Mantulina”
- Alkogolsiz ichimliklar va pivo ishlab chiqarish sanoatida
Novvoychilikda lipoksigenaza fermentlarining qo’llanilishi tufayli non mahsulotlarining hajmi ortishi, shirinligi, g’ovakligi, uzoq muddat sifatining yo’qolmasligini oldini olishni ta’minlash mumkin.
a-Amilaza va glukoamilazalar kraxmalning fermentativ parchalanishini ta’minlaydilar, bu jarayonda hosil bo’lgan glukoza hisobiga tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladigan glukozali mahsulotlar olish mumkin. Bu jarayonda glukozani turli moddalardan olish mumkin: kartoshka kraxmali, bug’doy va makkajo’hori donlari. Bunda kraxmalning yo’qotilish darajasi pasayadi, qayta ishlangan makkajo’horidan olinadigan oqsilning sifati ortadi. Vino ishlab chiqarish sanoatida va meva- sabzavotlar sharbatlari ishlab chiqarish sanoatida eng avvalo olinadigan suyuqlikning miqdori va uning konsentrati miqdori ortadi, sharbatlarning yuqori sifatli tozaligi ta’minlanadi, chunki bu jarayon spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish sanoatida ularning saqlash muddati va tozaligini ushlab turishda muhimdir. Bunday meva sharbatlari tarkibida pektin mavjud bo’lib, u odam ichak tizimidagi zararli mikroblar chiqarib yuborilishini ta’minlaydi. Shakar ishlab chiqarish texnologiyasida β- fruktofuranozidaza fermentini qo'llab turib, saxarozani yuqori temperaturada kislotali gidrolizlashda hosil bo’ladigan zararli oksimetilfurfurolsiz yuqori darajada gidrolizlashga erishish mumkin. Hozircha bu metoddan Moskvadagi “Mantulina” nomli shakar tozalash zavodida tajriba sifatida qo’llanilmoqda. Spirtli ichimliklar ishlab chiqarish sanoatida amilo- va proteolitik fermentlar preparatlarini qo’llab mahsulotning unumini 90%ga yetdi. Bunda solod(yanchilgan g’alla)ning ko’p qismi ferment preparati bilan almashtiriladi va natijada ko’plab miqdorda g’alla donlarini tejash va kraxmalning yo’qotilish chiqimini pasaytirishga erishildi. Alkogolsiz ichimliklar va pivo ishlab chiqarish sanoatida kompleks preparatlar – amilolitik ,proteolitik fermentlar va sellyulazalardan foydalaniladi. Buning natijasida ekish uchun mo’ljallangan arpa chiqimi kamaytirildi, uning o’niga turli xil donlar aralashmasidan foydalanildi, va kraxmalning yo’qotilish chiqimi ham kamaydi. Birgina solodlanmagan donlarning o’zidan pivo ishlab chiqarish hajmi 15-25% ga orttirildi. Gollandiyada 100% solodlanmagan mahsulotlardan tajriba asosida pivo ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Download 41.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling