Reja: Hozirgi ish yuritish hujjatlari va ularning o'ziga xos jihatlari
Download 40.98 Kb.
|
RASMIY XUJJATLAR VA MAXSUS TURDAGI HUJJATLARINI BIBLIOGRAFIYA TUZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Bibliografiya haqida tushuncha
„Bibliografiya“ so‘zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda biblion- „kitob“, grapho - „yozaman“ degan ma’noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko‘chirib yozish ma’nosida qo‘llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O‘sha paytda bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o‘qishni bilish talab qilingan bo‘lsa-da, bu ish juda yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog‘oz kashf bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda ipakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo‘lyozma shakllarini tarqatishgan. Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari yozma madaniyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, Vizantiyaning bibliografik yodgorliklari, Shumerning bibliografik matnlari, amerikalik tadqiqotchi S. N. Kramerning va boshqa Assuriya madaniyati namoyandalarining asarlarida tasdiqlangan. Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda yer yuzidagi birinchi kutubxonalar Qadimgi Shumerda paydo bo‘lgan. Shumer xonligidagi kutubxona xodimlari loytablichkalardagi klin yozuvlarini katta yopiq qutilarda va savatlarda saqlaganlar. Nishopur saroyida Lagash arxeologlari tomonidan minglab (20000 dan ko‘p) ana shunday loy-tablichkalar topilgan. Ana shunday katta fondga ega bo‘lgan kutubxonalar jamg‘armasidan o‘ziga kerakli tablichkani 7 topishning o‘zi bo‘lmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari bunday holatdan chiqa bilganlar. Ular har bir qutini yoki savatni alohida o‘ziga xos va undagi materiallar mazmuniga muvofiq nomlar bilan ataganlar . Shu bilan bog‘liq holda bibliografiyaning ijtimoiy vazifasi haqida turlicha fikrlar paydo bo‘ldi. Ancha vaqt amaliy faoliyat sohasi, ilmiy fan, alohida bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik qo‘llanmalarning yig‘indisi sifatida qo‘llanib kelindi. Sobiq ittifoq davrida ham bunday yondashish bibliografiya fanining rivojlanishiga, bibliografik faoliyatning takomillashuviga salbiy ta’sir etdi. 1950 — 1960- yillarda bibliograf olimlar, o‘qituvchilar, amaliyotchilar bibliografiya tushunchasi, „bibliografiya — faoliyat“, „bibliografiya — bibliografik qo‘llanma yoki ularning yig‘indisi“, „bibliografiya — bibliografik fan“ kabi nazariy masalalarni ishlab chiqdilar. Natijada birinchi marta „1648-70. Tushuncha va izohlar“ nomli davlat standarti qabul qilindi. Keyinchalik 1978- yildan kuchga kirgan „GOST 7.0-77 Bibliografiya. Tushunchalar va izohlar“ izohli lug‘ati qabul qilindi. Unda bibliografiyaning ilmiy-amaliy faoliyati iste’molchiga bibliografik ma’lumotni tayyorlab, yetkazib beruvchi faoliyat ekanligi, bibliografiyaning tarixi, metodikasi, tashkil etish nazariyasini o‘rganuvchi ilmiy fan sifatidagi xususiyatlari ochib berildi. Bibliografiyaning ijtimoiy vazifalari va ahamiyati ham yoritildi, bibliografiyaning maqsadi jamiyatda matbuot asaridan foydalanishga ta’sir etish deb tushuntirildi. 1986-yili „Bibliografik faoliyat. Asosiy tushuncha va izohlar“ nomi bilan GOST 7.0-84 qabul qilindi. Bunda bibliografiya tushunchasi umuman tushib qolgan, bibliografik faoliyat esa bibliografik axborotga bo‘lgan talabni bajaruvchi axborot faoliyati sifatida keltiriladi. 2000- yil 1- iyuldan Rossiyada „Axborot-kutubxonachilik faoliyati, bibliografiya“ nomi bilan GOST 7.0-99 kuchga kirdi. Unda bibliografiyaga quyidagicha ta’rif beriladi: Bibliografiya — bibliografik axborot tayyorlashni, uni tarqatishni va undan foydalanishni ta’minlovchi axborot infratuzilmasidir. Buni anglash uchun boshqa turdagi axborot infratuzilmalari va bibliografik axborotni tushunib olish zarur. Davlat standartida axborot infratuzilmasi axborot 11 resurslariga iste’molchilarning kirib borishini ta’minlovchi axborot markazlari, ma’lumotlar banki va bilimlarning, aloqalar tizimining yig‘indisi deb ta’rif beriladi. Axborot markazi — axborotni yig‘ish, tahliliy qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot. Axborot resurslari umumiy ma’noda ishonchli axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, u matbuot asari va elektron hujjat ko‘rinishida bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, bibliografiya — matbuot asarlari, elektron hujjatlar haqida axborot tayyorlab, berish hamda ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy va amaliy faoliyat. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, uslubiyati bilan shug‘ullanadigan fan bibliografiya fanidir. Bibliografiyashunoslik — bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodologiyasi, texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning o‘zida bibliografik faoliyatning jarayonlarini, ayrim turlarini va qirralarini nazariy, tarixiy, metodik va tashkiliy nuqtayi nazardan u yoki bu bilim sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish va tadqiq qilish talab etiladi. Bu bilan xususiy bibliografiyashunoslik shug‘ullanadi. Bibliografiyashunoslik termini XVIII asrda G‘arbiy 11 Yevropada paydo bo‘ldi Bibliograflar tarkibidagi birinchi yo'nalish bo'yicha to'rtta ilmiy fanlar, bibliografiya tarixi, bibliografiya tarixi, bibliografik faoliyatni tashkil etish, bibliografik ishlarning umumiy metodologiyasi va texnologiyasini tashkil etish. Ba'zi bir jihatlardagi bibliografiyani hisobga olgan holda, umumiy bibliograflarga kiritilgan. Umumiy bibliograflarda markaziy o'rin bibliografiya nazariyasi va tarixining mazmuni va qadriyatlarini egallaydi. Ikkita boshqa fanning doirasida, bibliografik tadbirlarga doir amaliy va uslubiy muammolar ishlab chiqilgan. Ikkinchi ("mavzusi") bibliograflarni farqlash yo'nalishi individuografik fanlar bo'yicha taqqoslash, natijalar nazariy, tarixiy va tashkiliy va uslubiy va uslubiy va uslubiy qo'llanmadan iborat bo'lgan bibliografik tadbirlar jarayonlari bilan bog'liq Ko'rish nuqtalari. Shu asosda xususiy bibliograflarning fanlari va individual muammolari shakllanadi (masalan, bibliografik manbalar, bibliografiya yoki bibliografik xizmat va boshqalar) shakllantiriladi. Bibliografiyashunoslik — bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodologiyasi, texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning o‘zida bibliografik faoliyatning jarayonlarini, ayrim turlarini va qirralarini nazariy, tarixiy, metodik va tashkiliy nuqtayi nazardan u yoki bu bilim sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish va tadqiq qilish talab etiladi. Bu bilan xususiy bibliografiyashunoslik shug‘ullanadi. Bibliografiyashunoslik termini XVIII asrda G‘arbiy Yevropada paydo bo‘ldi. XX asrning 70- yillarida aniq ilmiy izohga ega bo‘ldi. Buning 4 ta tarkibiy bo‘limi: nazariyasi, tarixi, metodi, tashkiliy bo‘limi mavjud. Bibliografiya nazariyasi — bibliografiyaning mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini o‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushunchalar tizimini ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik amaliyotni ilmiy tahlil qilishning metodologik negizini ishlab chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik fanlarning axborot faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va kutubxonashunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan o‘zaro aloqasini tahlil qiladi. Rus bibliografiyasining, jumladan, hamdo‘stlik mamlakatlari bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa qo‘shgan A. I. Barsuk, M. G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina, Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. Mamontov, I. G. Morgenshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. Sokolov, S. A. Trubnikov, Y. M. Tugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini o‘rganadi. Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy- 13 ma’naviy 12 hayoti bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur bibliograflar N. V. Zdobnov, M. V. Mashkova, L. M. Ravich, S. A. Reyser, B. A. Semyonovker, K. R. Simonlar o‘rganganlar. O‘zbekiston bibliografiyasi, umuman, O‘rta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek bibliograf olimlaridan M. M. Turopov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov, H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib o‘rganganlar. Bibliografiya texnologiyasi — axborot resurslarini, bibliografik mahsulotlarni qayta ishlab chiqish mahorati. U axborotni yig‘ish, tashkil etish, saqlash, to‘plash, qayta ishlov berish, qidirish, xulosa qilish, nusxa ko‘paytirish, uni uzatish va tarqatishni ta’minlovchi texnologik komplekslarni takomillashtirishda ishtirok etadi. Bibliografiyaning metodikasi — bibliografiyaning nazariyasi, tarixi, texnologiyasi, amaliyoti bilan uzviy bog‘liq. U bibliografik axborot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazishning maqsadga yo‘naltirilgan usullari va uslublari yig‘indisidir. Bibliografiyaning metodikasini ishlab chiqishda bibliograflardan M. A. Briskman, M. P. Bronshteyn, M. P.Gastfer, M. A. Sakdova, S. P. Bavin, S. V. Bushuyev, G. E. Mironov, A. M. Gorbunov, O. A. Gurbolikova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi M. Y. Nosirova, M. Turopov, Sh. M. Shamsiyev, H. Mamatraimovalar faoliyat ko‘rsatadilar. Bibliografiyani tashkil etish — mamlakatda kutubxonachilik va axborot markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkonini yaratish uchun xizmat qiladi. Bibliografiyaning ahamiyati Har bir davrda jamiyat taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz amalga oshmaydi, doimo insoniyat ma’naviy bilimga, dunyoni bilishga, ilm olishga, o‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va hodisalar, ularning mohiyati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, ularning asl mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishilarni ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi adabiyotlar haqida tezkorlik bilan, maqsadga mos holda ma’- lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar — bibliografik mah13 sulotlardir. Turli xil yo‘nalishda tuzilgan bibliografiyalarning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi: 1. Bibliografiya undan oldingi davrda yaratilgan madaniy boyliklarimiz, kitobatchilik, nashriyotchilik ishi tarixi haqida, rivoji haqida ma’lumot beradi. 2. Adabiyotlarning mazmuni, maqsadi, undagi asosiy masalalar, muammolar bilan tanishtiradi. 3. Kitobxon uchun yangi ma’lumot beradi. 4. Kitobxonga o‘qish uchun eng zarur adabiyotlarni tavsiya qiladi. 5. Kitobxonga adabiyot tanlashda yordam beradi. 6. Adabiyot tavsiya etadi. 7. Jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, biror-bir sohada muvaffaqiyatlarga erishishda turtki bo‘ladi. 8. Shaxsiy hayotida o‘zgarishlar bo‘lishi uchun zamin yaratadi. 9. Kitobxonda o‘qish madaniyatini, axborot bilan ishlash madaniyatini tarbiyalaydi. 10. Ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixni o‘rganish uchun muhim manba bo‘lib qoladi Xulosa Hujjatlar uzoq vaqtdan beri mavjud. Ular yozuv bilan birga paydo bo'lishdi. Hujjatlarning asosiy funktsiyalari - ma'lumotni joylashtirish va keyinchalik uzatish, axborotni yozish va ularni saqlash. Ushbu vazifalarni bajarishda turli xil, jumladan, rasmiy hujjatlar qo'llaniladi. Ular foydalanadigan ijtimoiy hayot sohalari juda xilma-xildir. Rasmiy hujjatni tashkil etuvchi ikkita qism mavjud. Bu axborot va huquqiy element. 70-yillarning boshlarida. Arxivga yangi kontseptsiya kiritildi. Bu "hujjatli axborot" atamasi bo'ldi. Buni ommaviy axborot sifatida tushunish yoki inson fikrlash shakllari va turli ma'lumotlarning turlari darajasida qayta ishlash va qayta ishlash va saqlash uchun moddiy tashuvchida saqlangan bo'lishi kerak. Hujjatning mavjud ta'riflarini tahlil qilib, uning talqiniga bir necha yondashuvlar ajratildi. U: Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolisliktlir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi lalablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi. Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni “harakat nomi” deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002. 2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993. 3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003. 4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998. 5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992. https://azkurs.org/. https://fayllar.org/ Download 40.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling