Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1-bob. 탄생 – tavallud
Download 0.68 Mb.
|
Koreys madaniyatida inson hayoti bilan bog’liq marosim va qarashlar. Kurs ishi
III. XULOSA
Dunyoda qancha xalq bo’lsa, har birining boshqalarnikiga o’xshamagan betakror madaniyati mavjud. Aynan mana shu madaniyat millatni borligini, tirikligini ko’rsatib turadi. Inson hayoti bilan bog’liq bo’lgan koreys xalq marosimlarini o’rganish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi: Koreys xalqining ko’p asrlik qarashlari, marosimlari koreys xalqining qadimgi diniy e’tiqodlaridan biri bo’lgan shomonizmda mujassamlashgan. Shomon yoki koreyschasiga mudan – ruhlar bilan udumlarni amalga oshiruvchi marosimlarni o‘tkazish uchun xizmat qilgan, ya’ni tiriklar va o‘liklar dunyosi o‘rtasida vositachi bo‘lgan. Odamlar shomon baxtsizlikni haydaydi, kasallarni davolaydi, boqiy dunyodan foniy dunyoga baxayr ketishni ta’minlaydi, tiriklar va o‘liklar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan munozara va ixtiloflarni hal qiladi, deb ishonishgan. Koreyada shomonlik har bir narsa paydo bo‘lishi va tabiatni qurshagan predmetlar, xususan, tosh va daraxtlar, tog‘ va suv oqimi, samoviy jismlar, minglab ruh va jinlarga ta’zim qilishgan. Shomonlar haqida dastlabki ma’lumotlar Silla davri Vanxo qirolligiga borib taqaladi. Kim Busikning «Samguk sagi» va Kim Iryonning «Samguk yusa» asarlarida shomonlik haqida oz bo‘lsa-da ma’lumotlar uchraydi. Qadimgi Koreyada shomonlik qo‘rquv va irim-sirim dini hisoblangan, ammo zamonaviy avlod vakillari uchun shomonlik go‘zal va badiiy milliy madaniyat elementi bo‘lib qoladi. Shomonlik odatlari musiqali teatr namoyishlari va marosim raqslari elementlariga ega bo‘lib, yovuz ruhlarni haydashda foydalanilgan. Daosizm, konfutsiychilik va buddizm kabi diniy-falsafiy ta’limotlar keng tarqalsa-da, xalq shomonlik e’tiqod va odatlardan voz kechmadi. Aksincha bu diniy-falsafiy ta’limotlar shomonlikka xos ba’zi bir elementlarni o‘zlashtirdi va tinch-osuda mavjud bo‘lishda davom etdi. Shomonlik koreys xalqining yashirin dini va madaniyatining muhim aspekti bo‘lib qoldi. Kurs ishining 1-bobida farzand tug’ilishi bilan bog’liq xalq urf-odatlari va marosimlari o’z aksini topgan : uy ruhlarini o’ziga xos ovqatlantirish udumi; alohida hurmatga sazovor ruhlar: ajdodlar ruhi «조왕신» («Chovansin»); bo‘lajak chaqaloq himoyachisi «삼신할머니» («Samsin xalmoni») – Samsin momo; tug‘ruqni qabul qilish; bola tug‘ilishi bilan birinchi navbatda uning kindigini bog‘lash va uni saqlash; bola dunyoga kelgach, uyning darvozasiga qamishdan to‘qilgan arqon «금줄» («kimchjul») osib qo‘yilishi; yangi tug‘ilgan chaqaloqqa kiyim kiydirish odati; birinchi yuz kunlik; birinchi tug’ilgan kun va h.z. Koreyada inson hayoti 4 davrga bo’linib, bu gvanhonsangje deb nomlanadi. Ushbu to’rt marosim: ulg’ayish ( 관례), to’y (혼례), o’lim yoki dafn (상례), ajdodlarni xotirlash (제례). Gvanhonsangje har bir so’zning birinchi bo’g’inidan iborat umumiy atama (gvallye, hollye, sangrye, jerye). Gvanhonsangje so’zi birinchi marta Ye-gi (예기) klassik kitobida ishlatilgan va shu vaqtdan beri turli marosimlarni tasvirlaydigan boshqa asarlarda ham qo’llanilgan. Shunga o’xshash to’y va boshqa marosimlar Uch qirollik davridan beri kuzatilgan. 관례(ulg’ayish marosimi) – bu jamiyat voyaga etmaganlar kattalar sifatida tan olinadigan yoshga yetib kelganini bildiradi. Pandnoma ruhida yozilgan Osiyo klassik adabiyoti Yeseo (예서)da gvallye quyidagicha sharhlangan: “Kattalardek ma’suliyat uyg’otish va o’z majburiyatlarini bajarishga undash”. 2-bobning 2.2. qismida koreys milliy to’ylariga xos bo’lgan marosimlar tadqiq etilib, ushbu marosimlarni anglatuvchi 의혼, 면약, 동선동분, 얀지, 친영, 전안례, 대례, 사주단자, 택일, 의양단자, 납폐, 혼서, 채단, 초례 kabi azaldan sayqallanib, rivoj topib kelayotgan milliy birliklar o’rganildi. 상례 (dafn marosimi) – inson dunyodan ko'z yumgach o'tkaziladigan marosim bo'lib, dunyoning ko'p joylaridagi e'tiqodiy qarashlar singari koreys xalqida ham o'lim faqatgina jismning yashashdan to'xtashi emas, balki ruhning bir dunyodan boshqa dunyoga o'tishini anglatadi. Oila a’zolarining xohishiga ko’ra, marhum yoqiladi yoki ko’miladi. 재례arvohga, o'liklarning ruhiga va jinlarga, shu jumladan xudoga ham qurbonliklar keltirish marosimidir. Xitoy ta'siri ostida bo'lgan Sharqiy Osiyo madaniyatida Yangi yil yoki Chuseok uchun marosim Chalye deb nomlanadi (차례). Tor ma'noda, bu tushuncha Sharqiy Osiyo xitoylari ta'sirida bo'lgan madaniyatda xudoga sadoqatni ifodalaydi. Keng ma'noda esa, bu shamanizm, ajdodlarga sig'inish va animizmga tegishli bo'lgan qurbonliklarni o'z ichiga olgan barcha marosimlarni anglatadi. Koreys xalqida ham inson va uning manfaatlari, qadr-qiymati har narsadan ustundir. Inson hayoti bilan bog’liq koreys xalq marosimlarini o’rganish jaryonida turli qiziqarli va kerakli ma’lumotlar o’rganildi, koreys milliy qadriyatlari, urf-odatlari, qisman bo’lsa-da Koreya tarixi haqida ma’lumotga ega bo’lindi. Ushbu marosimlarning ayrimlari o’zbek milliy urf-odat va qarashlari bilan o’xshash bo’lsa (chilla, beshik to’y; sovchilik, sarpo va sep yig’ish, “tog’ora oshi”, “qiz chaqirdi”, “kuyov oshi”; “yetti”, “yigirma”, “qirq”, “mato ulashish”, “yil oshi”), ayrim urf-odat va marosimlar faqat koreys xalqigagina xos bo’lgan o’ziga xosliklarni ochib berishi aniqlandi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling