Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1-bob. 탄생 – tavallud


Tadqiqot ishining obyekti


Download 0.68 Mb.
bet2/10
Sana20.11.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1787491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Koreys madaniyatida inson hayoti bilan bog’liq marosim va qarashlar. Kurs ishi

Tadqiqot ishining obyekti. Ishning obyekti sifatida koreys xalq marosimlari va qadriyatlari masalasi tanlandi va bu inson hayoti – tug’ilish, to’y va o’lim bilan bog’liq marosimlar misolida ko‘rib chiqildi.
Ishning maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishimizning maqsadi Koreya tarixi va madaniyatiga qiziquvchilar uchun koreyslarning uzoq tarixiy davr bilan bog'liq bo'lgan dunyoqarashi va tafakkur tarzini, ularning hayotida oilaning o’rni, inson qadr-qiymati va bu borada azaldan mavjud bo’lgan rasm-rusum va odatlarni yoritishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar qo’yildi:
- 한국의 문화 – “Koreys madaniyati” chet elliklar uchun qo’llanma kitobi asosida mavzuni tarjima qilish;
- shomonizm e’tiqodining koreys xalqi kundalik turmushidagi o’rnini aniqlash;
- koreys xalqi hayotida oilaviy urf-odat va an’analarni chuqur o’rganish va tahlil qilish.
Ishning o‘rganilishi. Mavzuni yoritishda chet elliklar uchun mo’ljallangan koreys madaniyati bilan tanishtiruvchi qo’llanmalar nazariy asos bo‘lib xizmat qildi.
Ishning yangiligi. O’zbek tilida nashr etilgan koreys tili va madaniyatiga oid qo’llanmalar kamligi bois, ushbu kurs ishi materiallaridan “Mamlakatshunoslik” fanidan seminarlar, amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda, shuningdek, koreys tilidan dars berish amaliyotida foydalanish mumkin.
Ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Umumiy hajmi 29 bet.

II.ASOSIY QISM

  1. BOB. 탄생 – TAVALLUD

    1. Shomonizm e’tiqodida Samshin – farzandga baxt olib keluvchi xudo

Koreya yarimorolida sodir bo‘lgan tarixiy voqealar katta va kichik avlod vakillari o‘rtasidagi muayyan ziddiyatlar bilan bog‘liq asosiy konfliktni anglab yetishga yordam beradi. Neolit davrida Koreya hududiga o‘rnashib qolgan insonlar tabiatni ilohiylashtirishgan, unga son-sanoqsiz ruhlarni joylashtirishgan, dunyoqarashlari animizmga asoslangan. Shuningdek, ular inson ruhining abadiyligiga ishonishgan. Shuning uchun murdalarning boshlarini sharqqa – quyosh chiqishiga qarab joylashtirib, dafn etishgan.
Neolit davri odamlari insonlarga yaxshilik olib keluvchi yaxshi ruhlar, baxtsizlik keltiruvchi yovuz ruhlar borligiga ishonishgan. Shomon yoki koreyschasiga mudan – ruhlar bilan udumlarni amalga oshiruvchi marosimlarni o‘tkazish uchun xizmat qilgan, ya’ni tiriklar va o‘liklar dunyosi o‘rtasida vositachi bo‘lgan. Odamlar shomon baxtsizlikni haydaydi, kasallarni davolaydi, boqiy dunyodan foniy dunyoga baxayr ketishni ta’minlaydi, tiriklar va o‘liklar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan munozara va ixtiloflarni hal qiladi, deb ishonishgan. Koreyada shomonlik har bir narsa paydo bo‘lishi va tabiatni qurshagan predmetlar, xususan, tosh va daraxtlar, tog‘ va suv oqimi, samoviy jismlar, minglab ruh va jinlarga ta’zim qilishgan.
Shomonlar haqida dastlabki ma’lumotlar Silla davri Vanxo qirolligiga borib taqaladi. Kim Busikning «Samguk sagi» va Kim Iryonning «Samguk yusa» asarlarida shomonlik haqida oz bo‘lsa-da ma’lumotlar uchraydi. Qadimgi Koreyada shomonlik qo‘rquv va irim-sirim dini hisoblangan, ammo zamonaviy avlod vakillari uchun shomonlik go‘zal va badiiy milliy madaniyat elementi bo‘lib qoladi. Shomonlik odatlari musiqali teatr namoyishlari va marosim raqslari elementlariga ega bo‘lib, yovuz ruhlarni haydashda foydalanilgan. Daosizm, konfutsiychilik va buddizm kabi diniy-falsafiy ta’limotlar keng tarqalsa-da, xalq shomonlik e’tiqod va odatlardan voz kechmadi. Aksincha bu diniy-falsafiy ta’limotlar shomonlikka xos ba’zi bir elementlarni o‘zlashtirdi va tinch-osuda mavjud bo‘lishda davom etdi. Shomonlik koreys xalqining yashirin dini va madaniyatining muhim aspekti bo‘lib qoldi.
Uch podsholik davrida (miloddan avvalgi 57 yil eramizning 676 yillari) va Koryo qirolligi (918–1392 yy.) marosim odatlari rivojlanishda davom etdi, ammo Choson davri (1392 –1910 yy.) va Yapon okkupatsiyasi (1910 – 1945 yy.) davriga kelib shomonlik quvg‘inga uchradi. Koreys shomonizmining o‘ziga xos xususiyati shomon qo‘shiq aytib va raqsga tushib ruhlardan yerga baraka so‘rash orqali ruhlarga qurbonlik keltiruvchi «gut» hisoblanadi. Har bir hududda shomonlar o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Jumladan, janubiy hududlarda shomonlik avloddan-avlodga o‘tadigan meros bo‘lsa, markaziy hududlarlarda odatda, «ruhlar o‘rnashib olgan» odamlar shomon bo‘lishadi. «Gut»ning asosiy turiga «pyolsingut» (qishloq osuda hayoti va farovonlik uchun duolar o‘qish), «pyongut» (oila a’zolaridan birining sog‘lig‘ini so‘rab o‘qiladigan duo) va «naragut» (qirol oilasi amriga ko‘ra o‘tkaziladigan odat)lar kiradi. Vaqti-vaqti bilan «gut» qishloqdagi qurbonlik qilish bilan birga o‘tkazilib, hatto hududiy bayramga aylanib ketadi. Jumladan, «Kannin Tanogut» festivali har yili Kannin shahrida Oy kalendari bo‘yicha 5 may kuni o‘tkaziladi.
<< 아이를 가지기 원하는 집안이나 장차 아이가 태어날 집안에서는 삼신할미를 모셨습니다. 삼신할미가 아이를 점지해주고, 생명을 주고, 아이를 건강하게 키워 준다고 믿었던 것입니다. 그래서 전통적인 가정에서는 삼신할머니를 상징하는 삼신주머니나 삼신바가지를 매달아 놓았습니다. 이렇게 정성껏 빌어 아이를 낳게 되면 산모는 삼신에게 바쳤던 쌀과 미역으로 밥과 국을 지어 먹었습니다. 아이의 아버지는 깨끗한 짚을 추려 왼손으로 새끼를 꼬아 '금줄'을 만듭니다. 아들일 경우 고추와 청솔, 숯을 달아 대문이나 부엌문에 겁니다. 반대로 딸을 낳으면 청솔가지와 숯을 끼워 걸어 둡니다. 바깥의 부정이 들어오지 못하게 하고 사람의 출입도 금한다는 의미가 있습니다.
'금줄'은 21일만에 걷는데, 아기의 배꼽이 아무는데 적어도 21일 정도 걸린다고 생각했기 때문입니다. 또 3, 7이라는 숫자는 귀신을 막는 좋은 숫자라 여겼습니다. 때문에 7을 세 번 반복하는 기간인 21일동안 '금줄'을 매다는 것입니다. 궁중에서도 '금줄'을 매달았는데, 이때 새끼 줄이 아니라 쑥을 엮은 줄을 달았다고 합니다>>.
<< Farzandli bo’lishni xohlagan va farzand tug’ilishi kutilayotgan oilalarda Samshinxalmoniga e’tiqod kuchli bo’lgan. Samshin xalmoni farzand beruvchi, bolaga g’amxo’rlik qiluvchi, uni sog’lom o’stiruvchi Xudo deya ishonilgan. Shu sababdan koreys milliy oilalari uylariga samshingxalmoni timsoli bo’lgan “삼신주머니” (“samshinjumoni”) yoki “삼신바가지” (samshinbagaji) ni ilib qo’yishgan. Samshin xalmoniga duo qilib farzand ko’rgan ayol Samshinxalmi (Samshin xalmoni)ga atab olib qo’yilgan guruch va 미역 – dengiz o’tlarini pishirib yegan. Bolaning otasi esa qamishdan to’qilgan arqon “금줄” (“kimchjul” – oltin arqon) ni tayyorlagan. Agar o’g’il farzand tug’ilsa oshxona devoriga arqonda ko’mir, qizil garmdori va qarag’ay novdalari, qiz tug’ilsa ko’mir, qarag’ay shoxchasi va bir tutam oq qog’oz ilib qo’yilgan. 금줄 21 kun davomida ilingan turgan, chunki chaqaloqning kindigi qanchalik kichkina bo’lmasin 21 kun davomida ilashib turadi deb o’ylangan. Shuningdek, 3 va 7 raqamlari ham yovuz kuchlarni haydovchi xosiyatga ega sonlar hisoblangan. Shu sababli 금줄 7 kundan 3 marta – 21 kun davomida saqlangan. Saroylarda esa qamish emas, shuvoqdan to’qilgan arqonlardan 금줄 tayyorlangan>>.
Koreys xalqida quyidagi ruhlar alohida hurmatga sazovor bo’lishgan: ajdodlar ruhi “조왕신” (chovansin); bo’lajak chaqaloq himoyachisi “삼신할머니” (samshin xalmoni) – Samshin momo. Tug‘ruqni doya yoki qaynona qabul qilgan. Agar tug‘ruq jarayonida murakkabliklar bo‘lsa, er ham ishtirok etgan. Bola tug‘ilishi bilan birinchi navbatda uning kindigini bog‘lash va uni saqlash muhim hisoblangan. Bola tug‘ilgandan uch kun o‘tgach, kimdir bola kindigini kichkina sopol ko‘zachaga solib, ustini yopib, yerga ko‘mgan bo‘lsa, kimdir suvga oqizib yuborgan, boshqalari esa o‘tda yondirishgan. Bola dunyoga kelgach, shu zahoti uyning darvozasiga qamishdan to‘qilgan arqon «금줄» («kimchjul») osib qo‘yishgan. Arqon darvozada 21 kun osig‘liq turgan. Bu xonadonda yangi chaqaloq dunyoga kelganligi, uyga kirish mumkin emasligidan dalolat bergan. Shu bilan birga to‘qilgan arqonga farzandning kimligini ko‘rsatuvchi belgi ham qo‘yilgan. Agar o‘g‘il farzand tug‘ilsa, arqonga quritilgan qizil gamdori, qiz farzand tug‘ilsa bir tutam oq qog‘oz yoki shuvoq shoxchasi qo‘shib ilib qo‘yilgan. Keyingi bosqich bu yangi tug‘ilgan chaqaloqqa kiyim kiydirish odati. Birinchi marotaba yangi tug‘ilgan chaqaloqqa kiyimni birinchi haftaning oxirida kiydirishgan.













Arvohlarni quvish ramzi

Tiriklik, yaratuvchanlik, arvohlarni quvish, tikuvchilik ramzi

Tozalik, soflik, arvohlarni ushlab qoluvchilik ramzi

Kimchjul ilib qo'yilgan uy




    1. Download 0.68 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling