Reja: Ichki muhit to'qimasi haqida tushuncha


Download 55.5 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1648807
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qon va limfa

Eritrositlar odamda va sut emizuvchilarda yuqori darajada differensiallashgan yadrosiz hujayra elementlardir. Eritrositlar qonning eng ko'p sonli hujayralari hisoblanib, 1 mm 3 qonda o'rtacha 4-5 mln.gacha bo'ladilar. Eritrositlarning soni yoshga va organizmning fiziologik xolatiga qarab o'zgarishi mumkin.
Eritrositlar sonining ortishiga eritrositoz (polisetimiya), kamayishiga eritropeniya (oligomiya, anemiya) deyiladi. Qonda eritrositlarning shakli ikki tomoni botiq disklar shaklida, surtma preparatlarda esa dumoloq-doira shaklida bo'ladi. Ayrim patologik holatlarda eritrositlarning shakli urchuqsimon, noksimon va boshqa turda bo'ladilar. Ularning shaklini o'zgarishiga poyklositoz deyilib, kasalliklarni doagnostikasida muhim ahamiyatga ega. Eritrositlarning o'rtacha diametri 7, 5 m bo'lib, 7 mkm.dan kichik bo'lsa – mikrositlar, 8 mkm.dan katta bo'lsa, - makrositlar deyiladi.
Qonda eritrositlarning rangi sarg'ish, yashil-somon rangga ega. Gimza-Romanovskiy usuli bilan bo'yalganda eritrositlar kislotali bo'yoqlar (eozin) bilan qizil bo'yaladi.
Eritrositlar qonning osmotik bosimini o'zgarishiga juda sezgir bo'lib, gipotonik suyuqliklarda ular shishib yoriladi, natijada ularning tarkibidagi gemoglabin plazmaga chiqib ketadi – bu xolatga gemoliz deyiladi. Gipertonik suyuqliklarda, aksincha eritrositlar bujmayib qoladilar.
Eritrositlar tarkibini 60% suv, qolgan 40% quruq modda tashkil qilgan bo'lib, quruq moddaning taxminan 95%-gemoglabindan tashkil topgan. Gemoglabinning tarkibini gem (4%) va globin (96%) tashkil etadi.
Eritrositlar to'qimalarga kislorod va to'qimalarda hosil bo'lgan karbonat angidridni o'pkalarga tashib beruvchi yagona xujayralardir (transport vazifa).
Eritrositlar gazlar almashinuvida qatnashishdan tashqari, o'zlariga har-xil moddalarni, aminokislotalarni va toksinlarni ham yutadilar – bu jarayonga adsorbsiya deyiladi.
Leykositlar. Bu termin yunoncha leikos so'zidan kelib chiqgan bo'lib, oqish-ma'nosini anglatadi.
Leykositlar organizmda turli-tuman vazifalarni, jumladan trofik va himoya funksiyasini o'taydilar. Ularning himoya vazifasi yot zarrachalarni fagositoz qilish, antitelalarni ishlash, immunitet hosil qilish bilan ifodalanadi.
Sog'lom odamlarda o'rtacha 1 mm 3 qonda 6-8 ming leykosit bo'lib, ularning sonini ortib ketishiga – leykositoz, kamayishiga – leykoseniya deyiladi. Bu holatlar fiziologik va patalogik, ya'ni kasalliklar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Barcha leykositlar sitoplazmasida maxsus donachalar bo'lish va bo'lmasligiga qarab 2 ta gruppaga ajratiladi.
1) Donali va 2) donasiz (granulasit va organulasitlar) leykositlar.
Donali leykositlarning granulalari qanday bo'yoqlar bilan bo'yalishiga qarab, eozinofillar, bazofillar va neytrofillarga bo'linadilar.
Agranulasitlar o'z navbatida monosit va limfositlarga ajratiladi.
Granulasitlarning barcha turlarini tuzilishlari bir-birga o'xshasada, ularning donalarining tarkibi bilan farq qiladilar.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling