Reja: Ichki muhit to'qimasi haqida tushuncha


Download 55.5 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1648807
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qon va limfa

Neytrofillar – leykositlarning eng ko'p sonli hujayralari bo'lib, 65-70% ni tashkil qiladi. Ularning shakllari yumoloq, diametri qonda 7-9 mkm.gacha bo'ladi.
Donachalar maydaroq sitoplazmada bir tekis tarqalgan bo'lib, tarkibida gidrolitik fermentlar, ayrim donachalarda kislotali fosfataza, proteazalar bo'lsa ikkinchi xil donachalarda ishqoriy fosfataza bo'ladi.
Neytrofillar tashqi tomondan qalinligi 10 nm va ko'p sonli psevdopodiyalari bo'lgan notekis hujayra qobig'i bilan o'ralgan.
Neytrofillarning yadrolarini shakliga qarab, segmentyadroli, tayoqcha yadroli va yosh neytrofillarga bo'linadilar. Segment yadroli neytrofillar eng yetuk hujayralar hisoblanib, yadrosi 3-4 ta aloxida segmentlarga bo'lingan. Tayoqchasimon yadroli neytrofillarning yadrosi ham segmentlashgan tayoqcha yoki «S» shaklida bo'ladilar va ular barcha leykositlarning 2-4% tashkil qiladilar. Yosh neytrofillar (metamiyelositlar)ning yadrosi loviyasimon yoki taqasimon bo'lib, o'rtacha 0, 5% gacha bo'ladilar.
Ayollarning yetuk neytrofillarida maxsus xromatin tanachalari yoki Barr tanachalari uchraydi. Ular yadro qobig'i ostida baraban tayoqchasi yoki uzilayotgan tomchi holatida bo'ladilar.
Neytrofillar psevdopodiyalari yordamida aktiv harakat qilish qobiliyatiga ega bo'lib, organizmning to'qimalarini yallig'lanish yoki yemirilish joyiga yetib boradi. Bu yerda neytrofillar yot zarrachalarni, yemirilgan xujayra bo'laklarini va mikroorganizmlarni fagositoz qiladi. Shu xususiyati uchun ham neytrofillarni – mikrofaglar ham deb yuritiladi.
Neytrofillar moddalar almashinuvida ham faol ishtirok etadilar, ularning o'rtacha hayoti 10 sutkaga teng bo'lib, to'qimalarga qondan chiqgandan so'ng tez nobud bo'ladilar.
Eozinofillar neytrofillarga nisbatan birmuncha yirikroq hujayralar bo'lib, diametrlari 10-11 mkm. bo'ladilar va leykositlarning 2-5% tashkil qiladi.
Eozinofillarning yadrolari ham segmentlangan bo'lib, neytrofillardan segmentlarning soni ko'pincha 2 ta (pensne shaklida) bazan 3 tagcha bo'lishi va donachalarning o'ziga xos tuzilishi bilan farqlanadilar. Donachalar kislotali bo'yoqlar bilan yaxshi bo'yalib, tarkibida kislotali fosfataza, arilsulfatazadan tashqari, oksidlanish fermentlari-piroksidaza, gistaminaza, katalazalar bo'ladi.
Eozinofillar aktiv harakatlanish va fagositoz jarayonida qatnashish qobiliyatiga ega. Eozinofillar sonini ortishiga – eozinofiliya (allergik kasalliklarda) kamayishiga – eozinopeniya deyiladi. Ular o'rtacha 10-12 kun yashaydilar.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling