Reja: Ichki muhit to'qimasi haqida tushuncha
Download 55.5 Kb.
|
Qon va limfa
Limfa va uning tarkibi.
Odam organizmida va barcha umurtqali xayvonlarda qon tomirlardan tashqari limfa tomirlari ham mavjud bo'lib, ularning bo'shlig'ida (ichida) oqsil tabiatga ega bo'lgan va o'z tarkibida shaklli elementlarni saqlagan sarg'imtir rangdagi suyuqlik – limfa oqadi. Limfa limfaplazmadan va shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfaplazma kimyoviy tarkibi bilan qon, plazmasiga yaqin bo'lib, faqat undan tarkibida oqsillarni ancha kam bo'lishi bilan farqlanadi. Limfaplazmada oqsillardan tashqari neytral ёg'lar, oddiy karbon suv, fermentlar, erigan mineral tuzlar va mikroelementlar bo'ladi. Shaklli elementlariga asosan limfositlar (95-98%) va monositlar kiradi. Limfa tarkibida donasiz leykositlardan tashqari, ularning boshqa turlari, xattoki juda kam miqdorda eritrositlar ham uchrashi mumkin. Limfa to'qima va organlarning limfatik kapillyarlarida hujayra oraliq suyuqlik hisobiga hosil bo'lib, limfatik tomirlar orqali limfa tugunchalariga quyuladi. Bu yerda limfa suyuqligi barcha yot antigenlardan tozalanadi. (biologik filtr) va limfositlarga va makrofaglarga boyiydi. Limfa tugunlarida limfa tomiriga o'tib va nixoyat ko'krak limfa tomiri orqali venaga quyuladi. Shuni ta'kidlash o'rinliki limfa kapillyarlari qon kapillyarlariga o'xshasada, bir qator xususiyatlari bilan farq qiladilar. 1. Limfa kapillyarlarining diametri keng bo'lib uchi berk naychalar shaklida boshlanadilar. 2. Limfa kapillyarlarining endoteliy hujayralari yirikroq bo'lib, qon kapillyarlari endoteliyadan birnecha marta kattaroqdir. 3. Limfa kapillyarlarida bazal membrana va perisitlar bo'lmaydi. Shu sababli limfa kapillyarlarining endoteliysi birktiruvchi to'qimaning oraliq asosiy moddasiga bevosita tutashadi (K.A.Zufarov). Limfa suyuqligining 3 xili tafovut qiladi. 1. Periferik limfa (Limfa tuginigacha). 2. Oraliq limfa (Limfa tugunidan o'tgandan so'ng). 3. Markaziy limfa (Ko'krak limfa tomirlari). Limfa tarkibi organizm xolatiga qarab o'zgarib turadi. Qon yaratilishi – Gemositopoez. Gemositopoez (yunoncha haemocyti-qon hujayralari, poiesis - yaratish) qon shaklli elementlarini homila davrida va yetuk organizmda yaratishi jarayonlarini o'z ichiga olib, ularni o'rganish muhim ahamiyatga ega. Embrionda dastlabki qon hosil bo'lishi homila taraqqiyotining 3 haftasidaq sariqlik xaltasida mezinxima hujayralarining orolchalaridan rivojlana boshlaydi – intravaskulyar yo'l bilan eritrositlar, leykositlar esa ekstravaskulyar yo'l bilan, so'ngra 5 haftalardan boshlab sariqlik qop atrofiyaga uchrab, xususiy embrionda qon ishlanish boshlanadi. Eritrositlar va leykositlar jigar, taloq, timus, suyak ko'migi va limfa tugunlarida yaratiladi. Embrion taraqqiyotining V xaftasidan boshlab jigar embrionda qon yaratilishining markaziy organi bo'lib xizmat qiladi, suyak ko'miklarida qon yambrion taraqqiyotining oxirgi oylaridan boshlab ishlanadi. Yetuk organizmda qon asosan suyak ko'migida, taloq, limfa tugunchalari va ayrisimon bezda ishlanadi. Barcha qon shaklli elementlari uchun yangona boshlang'ich hujayra - qonning o'zak hujayralari – gemositoblastlardir. O'zak hujayralar qon yaratilishining barcha yo'nalishlarida, ya'ni eritropoez, granulositopoez, agranulasitopoez, limfositopoez, monositopoez va trombositopoezda rivojlana oladigan hujayralar sinfiga kiradi Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling