Reja: Insulin dorilari


ICHISHGA ISHLATILADIGAN GIPOGLIKEMIK DORI VOSITALARI


Download 73.5 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1081202
1   2   3
Bog'liq
Qandni kamaytiradigan dori vositalarining qliniq va farmaqologiq tavsifi

2. ICHISHGA ISHLATILADIGAN GIPOGLIKEMIK DORI VOSITALARI
Sulfamochevina unumlari. Farmakodinamikasi.
Sulfamochevina dorilari oshqozon osti bezining rhujayralaridan insulin ajralib chiqishini kuchaytiradi; glukoza ta’sirida chiqadigan insulinga to‘qimalar hujayrasi sezuvchanligini oshiradi; mushak, jigar hujayralarining glukozani yutishini kuchaytiradi; yog‘ to‘qimasi lipolizini susaytiradi.
Sulfamochevina dorilarining tasnifi
Bu guruhdagi dorilar shartli ravishda 2 avlodga bo‘linadi, yuqori samarador va kam zaharli.
1avlod sulfamochevina dorilariga karbutamid, tolbutamid, xlorpropamidlar kiradi.
2avlod dorilariga glibenklamid, glibornurid, glizoksepid, glipizid, glikvidon, gilklazidlar kiradi.
Ular oshqozonichak tizilmasidan yaxshi so‘riladi, birbiridan organizmdan ajralishi (eliminatsiya) bilan farqlanadi.
Sulfamochevina dorilarining farmakokinetiq ko‘rsatkichlari 35jadvalda keltirilgan,


35 j a d v a l


Sulfamochevina dorilarining farmakokinetik ko‘rsatkichlar



Kinetik ko‘rsatkichlari

Glibenklamid

Xlorpropa
mid

Tolbutamid

Sutkalik mivdori, mg

2,5—15

125—500

500—200

So‘rilishi, %

48—84

296

289

Yutsori mdsdori (daq)

220—240

60420

180—300

Insulin ajralish vaqti

120 daq.

60—120 daq

90 daq.

Yarim chitsish vaqti (ooat)

1016

24—42

5—6

Ta’sir davomiyligi

12 soatgacha

24 soatgacha

12 soatga

Oqsillar bilan bogl. %

99

96

95—97

Umumiy ajralib chiqishi

1kuni 59%,

10—14 kun

1kuni 80%,


keyingi 5

davomida

keyingi 5


kun davomi

100% chshf!b

kun davomi


da 95%

ketadi.

da 95% chi




qadi.

Tolbutamid (butamid, aglitsid, arkozal, diabetsid diabetol, orezan, rastinon, tolbusal) va karbutami; (bukarbon, nadisan, alentin, diabetsid, glyutsidoral invenol, lidozal, orabetik, oranil, sulfadiabet) jigarda karboksillanish yo‘li bilan faolsiz metabolit ko‘rinishida buyraklar orqali 1 —15 soatdan keyik chiqa boshlaydi, yuqori ta’siri 4—8 soatdan keyin kuzatiladi, ta’sirining davomiyligi 12 soatga teng. Bulardan farqli o‘laroq xlorpropamid (bioglyumin, katanil, diabamid, galiron) organizmda kam metabolizmga uchraydi, asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali chiqib ketadi. Ta’siri 3 soatdan keyin boshlanadi, ta’sirining davomiyligi 24 soatga yaqin. Siydik ajralishini kamaytiradi, shuning uchun qandsiz diabetda ishlatiladi. Eliminatsiyasining o‘ziga xosligi sababli surunkali buyrak yetishmovchiligida organizmda to‘planish xavfi bor.
Amaliyotda glibenklamid kengroq ishlatiladi, uzoqroq ta’sir qiladi, asosan jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan faolsiz metabolit ko‘rinishida chiqib ketadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligiga kam ta’sir qiladi.
Insulin ajralib chiqishini kuchaytiruvchi glikvidon ta’sir mexanizmi jihatidan glibenklamidga yaqin, ammo organizmdan tezroq chiqib ketadi. Yarim chiqib ketish vaqti 4—5 soatga teng. Boshqa sulfamochevina Dorilardan farqi dorining 95% oshqozonichak tizilmasi, 5% esa siydik orqali chiqib ketganligi sababli buyrak yetishmovchiligi bor bemorlarda va nefropatiyaning boshlang‘ich bosqichlarida ishlatiladi. Ta’siri 60—90 daqiqalardan keyin kuzatiladi, eng yuqori ta’siri 2—3 soatdan keyin kuzatiladi.
Siklamid (agliral, diaboral) butamidga nisbatan kam zaharli va kam faolroq.
Xlotsiklamid (oradian) — siklamidga nisbatan faolroq, boshqa sulfamochevina unumlariga chidamli bemorlarda samarali hisoblanadi.
2avlod qandli diabetga qarshi dorilariga xos ta’sirlardan tashqari, gliklazid (diabeton, diamikron) qon shakllarining yopishqoqlik xususiyatini kamaytiradi, dorining bu xususiyati uni boshqa angioprotektorlarsiz ishlatishga imkon beradi.
Ishlatilishi. Sulfamochevina dorilari qandli diabetning II turida ishlatiladi. Qandli diabetning boshqa turlarida ham insulin bilan birga ishlatish mumkin. Dorilarni ta’siriga qarab 15—40—60 daq. ovqatlanishdan oldin 2—3 marta tavsiya qilinadi.
Sutkasiga 40 TB da insulin olayotgan bemorlarga tavsiya qilinmaydi. Nahorga qonda qand miqdori 11 mmol/l, ovqatlanishdan keyin esa 14 mmol/l ga oshgan bemorlarni sulfamochevina dorilariga o‘tkazish mumkin.
Davolashni dorini katta miqdorlarda berishdan boshlab, qonda qand miqdori normaga tushgach erishilgan samarani saqlab turuvchi dori miqdori berib turiladi. Dori miqdorini ko‘paytirish terapevtik samarani kuchaytirmaydi, dorining salbiy ta’sirlarini ko‘paytiradi.
Turg‘un terapevtik samara 5—7, ba’zan 14 kundan keyin kuzatiladi. Doriga chidamlilik rivojlanishining oldini olish uchun dorilarni vaqtivaqti bilan almashtirib turish yoki ma’lum kunlarda insulin berish tavsiya qilinadi.
Tavsiya etilmaydi. I tip qand kasalligida, qand ka
salligining og‘ir ko‘rinishlarida, koma va komadan ol
dingi holatlarda, homiladorlikda, buyrak, jigar yetish
movchiliklarida, ketoatsidozda sulfamochevina unumla
ri tavsiya etilmaydi.
Salbiy ta’sirlari. Dori miqdori oshib ketganda, yetarli uglevodlar qabul qilinmaganda, alkogol ichilganda, sulfamochevina unumlari ta’sirini kuchaytiradigan dorilar bilan birga ishlatilganda qonda qand miqdorining kamayish belgilari kuzatilishi mumkin; allergik dermatit, teri toshmalari ko‘rinishidagi allergik belgilar: ko‘proq ishtahaning pasayishi, qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketish belgilari; jigar, buyraklar, ko‘mikning zararlanish (pansitopeniya, leykopeniya, neytropeniya va trombotsitopeniya) belgilari kuzatiladi.
Sulfamochevina unumlari tavsiya qilinganda har oyda qondagi va siydikdagi qand miqdorini nazorat qilib turish tavsiya etiladi.
Uzaro ta’siri. Salitsilatlar, butadion, silga qarshi dorilar, levomitsetin, tetrasiklinlar, kumarin unumlari, siklofosfamid, MAOfalajlovchilar va betafalajlovchi dorilar sulfamochevina unumlari bilan qo‘shib ishlatilganda ularning salbiy ta’siri kuchayadi.
Ichiladigan kontratseptiklar, aminazin, simpatomimetiklar, kortikosteroidlar, qalqonsimon bez gormonlari, nikotin saqlovchi dorilar sulfamochevina unumlarining gipoglikemik samarasini kamaytiradi.



Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling