8.Murakkab hisob yuritish stavkasi bilan operatsiyalar
Hisob yuritish operatsiyalaridagi amaliyotda ayrim paytlarda hisob yuritishning murakkab stavkasidan foydalaniladi. Bunday holatlarda diskontlash jarayoni sekinlashtirish bilan amalga oshadi, chunki davr mobaynidagi har bir qadamda hisob yuritish stavkasi (yuqorida zikr etilganidek oddiy hisob yuritish stavkasi singari) dastlabki summaga nisbatan emas, balki bundan avvalgi qadamda aniqlangan diskont miqdoriga kamaytirilgan summaga nisbatan qo‘llaniladi.
Yillik hisob yuritish stavkasi bo‘yicha diskontlash:
P=S(1-dc)ⁿ
Diskontlash jarayonida murakkab yillik hisob yuritish stavkasi bo‘yicha diskontli ko‘paytiruvchilarning ifodalari maxsus jadvallarda keltiriladi.
Masala. 5 ming rubl xajmidagi moliyaviy instrument sotuvida diskontning summasi qancha bo‘ladi, agarda uning so‘ndirilishi davri 2,5 yilga teng bo‘lsa va sotib oluvchi 8% ga teng bo‘lgan murakkab yillik hisob yuritish stavkasidan foydalangan bo‘lsa?
P = 5 x (1- 0,08) 2∙5 = 5 x 0,8118 = 4,059 ming rub.
Bu yerda diskont 5 - 4,059 = 0,941 ming rublga teng bo‘ladi.
Diskontli ko‘paytiruvchilarning o‘zaro nisbati (hisob yuritishning oddiy va murakkab stavkalari). Ushbu nisbatlar operatsiyaning muddatiga bog‘liqdir. 1 yildan kam bo‘lgan muddatda hisob yuritishning murakkab stavkasi oddiy stavkaga qaraganda nisbatan kattaroq diskontni beradi. muddat o‘zayishi bilan hisob yuritishning oddiy va murakkab stavkalari qo‘llanilishidan olingan natijalar orasidagi farq oshib boradi. Buni quyidag rasm va jadvaldan ko‘rishimiz mumkin.
Ris. 2, Murakkab (dc) va oddiy (d) hisob yuritish stavkalar bo‘yicha diskontlash.
2- jadval
(d = dc =8%) Diskontli ko‘paytiruvchilarning taqqoslamasi
Diskontli ko‘paytiruv
chilar
|
Ssudaning muddati
|
30 kun
|
180 kun
|
1 yil
|
5 yil
|
10 yil
|
50 yil
|
(1-nd)
(1-dc)ⁿ
|
0,9933
0,9931
|
0,96
0,9592
|
0,92
0,92
|
0,6
0,6591
|
0,2
0,4344
|
─
0,0155
|
Do'stlaringiz bilan baham: |