Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar


Download 1.01 Mb.
bet2/9
Sana17.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1025815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diyorbek Abdiev.Tribologiya MI

Antifriksion materiallar– sirpanib ishqalanish sharoitida ishlaydigan va ishqalanish koeffitsiyenti past boʻlgan mashina de-tallari (podshipniklar, vtulkalar va boshqalar) uchun ishlatiladigan materiallar. Adgeziyaga chidamlilik xususiyati past, yaxshi ishlanuvchan, issiqlik oʻtkazuvchan va xossalari barqaror. Antifriksion materiallar sifatida podshipnik materiallari (PM) keng tarqalgan. Ular antifriksion xossalaridan tashqari zarur turgʻunlik, moy muhitida korroziyaga chidamlilik, yaxshi ishlanuvchanlik va tejamlilik xususiyatlariga ega boʻlishi kerak. Ishqalanish yuzasini hosil qiluvchi PM va podshipnikning boshqa qismlariga qoʻyiladigan talablar turlicha boʻlgani uchun podshipnik mustahkam konstruksiyali material (masalan, poʻlat) dan, ishqalanuvchi yuza esa Antifriksion materiallar qatlami (masalan babbit) dan yasaladi.PM metall va metallmas materiallarga boʻlinadi. Metall PM ga qalay, qoʻrgʻoshin, mis, rux, alyuminiy, ba’zi choʻyanlar asosidagi qotishmalar, metallmas PM ga ba’zi plastmassalar, yogʻoch asosidagi materiallar, grafit-koʻmir materiallar, rezinalar kiradi. Qalay yoki qoʻrgʻoshin asosidagi PM (babbitlar) poʻlat (ba’zan, bronza) sirtiga quyilgan qatlam koʻrinishidagi podshipniklarda ishlatiladi. Mis asosidagi PM ga qalayli, qalay-qoʻrgʻoshinli bronzalar, ba’zi latunlar kiradi. Qalay yoki qoʻrgʻoshin asosidagi, mis asosidagi PM avtomobil podshipniklari tayyorlashda ishlatiladi. 
Friksion materiallar-ishqalanish koeffiseinti katta bo’lishi talab etiladigan, tormoz friksion mufta va uzatma detallari tayyorlanadigan, organik (yog’och, charm, probka, voylok), metal (cho’yan, marganesli po’latlar) asbestkauchikli, plastmassa (tekistolit, asbestekstolit, fibra), metallokiramik (mis vat emir asosida) tarkibli materiallar.
Qattiqlik — metallurgiyada — biror jism (masalan, metall)ning qattiq jismning botishiga koʻrsatadigan qarshiligi; jismning mustahkamlik va plastiklik xossalariga hamda oʻlchash usuliga bogʻliq murakkab xossa. Koʻpincha, qattiqlikni oʻlchash uchun botirish usulidan foydalaniladi. Bunda qattiqlikning qiymati botirish kuchining botirilgan jism sinalayotgan namuna sirtida qoldirgan iziga nisbati bilan ifodalanadi. Jismlarning qattiqligi, odatda,

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling