Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar


Download 1.01 Mb.
bet6/9
Sana17.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1025815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diyorbek Abdiev.Tribologiya MI

DVIGATEL- biror turdagi energiyani (masalan, suv, shamol energiyasini) mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashina. Tabiiy energetika resurslari (yonilgʻi, suv energiyasi, shamol energiyasi va boshqalar) ni toʻgʻridan-toʻgʻri mexanik energiyaga aylantiruvchi Dvigatel birlamch ishchi Dvigatel deb ataladi (masalan, bugʻ mashinasi, bugʻ turbinasi va b.). Birlamchi Dvigatel hosil qilgan energiyani boshqa turga oʻzgartiruvchi dvigatel ikkilamchi dvigatel deb ataladi (masalan, elektr yoki pnevmatik dvigatel). Tabiiy energetika resurslari turiga qarab, issiqlik, gidravlik (suv), shamol va boshqa dvigatellar boʻladi. Issiqlik dvigateli oʻz navbatida bugʻ dvigateli va gaz dvigateliga boʻlinadi. Gaz dvigatel ichki yonuv dvigateli deb ham ataladi. Issiqlik dvigateli yadro kuch qurilmalarining tarkibiy elementlari sifatida ishlatilishi mumkin. Dvigatel statsionar (muqim), koʻchma va transport xillariga ham ajratiladi. Statsionar dvigatel bir joyga oʻrnatib ishlatiladi. Ko’chma va transport dvigatel traktor, avtomobil va samolyotlarga oʻrnatiladi. dvigatel asosiy ish organi harakati tarziga qarab, porshenli, parrakli (rotorli) va reaktiv xillarga boʻlinadi (bular quyidagilar; Aviatsiya dvigateli, Avtomobil dvigateli, Reaktiv dvigatel).
Transmissiya (lotincha: transmissio — „uzatish“, „oʻtish“) — dvigateldan ish mashinalari (stanoklar, maydalagichlar va boshqalar) ga yoki mashinalarning ijro mexanizmlariga aylanma harakat uzatish uchun moʻljallangan qurilma. Transmissiya validan ish mashinalariga aylanma harakat uzatish, odatda, yuritma tasmalar (kontrprivodlar) orqali amalga oshiriladi. Keng maʼnoda — transmissiya deganda dvigatel validan mashinaning ish organlariga aylanma harakat uzatuvchi barcha qurilmalar majmui tushuniladi. Masalan, avtomobil yoki traktorga mexanik transmissiya tarkibiga kuch uzatmasi, ilashma (ssepleniye), kardanli uzatma, differensial mexanizm va boshqa qurilmalar kiradi. Kemalar, teplovozlar, yuk avtomobillari, traktorlarda gidromexanik (gidrotransformator va mexanik uzatmalar qutisi), gidrohajmiy (gidromotorli gidronasoslar) va elektromexanik (generator va elektr dvigatellar) transmissiyalardan foydalaniladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling