Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar
Krivoship-shatun mexanizmi
Download 1.01 Mb.
|
Diyorbek Abdiev.Tribologiya MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tribotexnika
Krivoship-shatun mexanizmi- Ichki Yonuv Dvigatellarining asosiy ishchi mexanizmi bulib, dvigatel ish jarayonini amalga oshirishda qatnashadi va kengayagan gazlar bosimini qabul qilayotgan porshenning ilgarilanma-qaytma xarakatini tirsakli valning aylanma xarakatiga o'zgartirib beradi. Krivoship- shatun mexanizmi detallarini shartli ravishda qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas guruhlarga ajratish mumkin.Qo'zg'almas detallarga silindrlar bloki, blok kallagi, gilza, blok -karter ostidagi poddon,tirsakli val podshipniklari bilan boglanuvchi elementlar (qistirma,bolt,gayka va h.k) kiradi.Bularning xammasi dvigatel korpusini tashkil etadi. Ko'zg'aluvchan detallarga porshen,porshen xalqalari,porshen barmogi,shatun,sirpanish podshipniklari (vkladish),tirsakli val va aylanma tebranishlarni so'ndirgich bilan maxovik kiradi. Suv bilan sovitiladigan dvigatellarda karter silindrlar bloki bilan yaxlit quyma qilib yasaladi,ichida suyuqlik yurishga kovaklari bor. Blok- karter dvigatelni asosi (ostov) bo'lib unga mexanizm detallari qotiriladi. Barcha havo bilan sovitiladigan dvigatellarda karter aloxida yasaladi va unga silindr bloki o'rnatiladi. Har qaysi silindr bloki alohida karterga o'rnatiladi. Blok- silindrda sovitish uchun qovurg'alar bor va unga porshen-shatun guruh o'rnatiladi,gilza vazifasini blok-tsilindr bajaradi. Dvigatel mexanizmlardagi barcha detallar blok-karterga va blok-silindrga o'rnatiladi. Krivoship-shatun mexanizmni asosiy detallar bo'lib tirsakli val va porshen shatun guruh detallari hisoblanadi.Tirsakli val o'zak bo'yin orqali podshipniklar yordamida blok-karterga yotqiziladi va shatun bo'yinlarga porshen-shatun guruh detallar qotiriladi.Tirsakli val orqa tomoniga maxovikoʻrnatiladi.Old tomonida harakat tarqatuvchi silindr shesternyalar boʻladi.
Tribotexnika-mashinalarni ishqalanishi, moylanishi va yeyilishi haqidagi fan bo'lib hozirgi kunda o'zining rivojlanishini yangi bosqichi boshlanishida turibdi. Eski tushunchalar hozircha o'zining pozitsiyasini mustahkam egallab turibdi, yangisini esa holati hozircha yetarlicha mustahkam emas va faqat asta-sekinlik bilan e'tirof etilmoqda xolos.U yoki bu fanning yutuqlari obyektiv qonunlar bilan aniqlanadi, ammo fanni muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun uning magistral yo'nalishlarini bilish zarur. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling