Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar


Download 1.01 Mb.
bet4/9
Sana17.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1025815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diyorbek Abdiev.Tribologiya MI

Sirpanish ishqalanish- bu bir jism ustida boshqa bir jism yuzasi bo’ylab boshqa bir jism sirpanib harakatlanganida vujudga keladigan ishqalanishdir.Masalan, stol ustidagi kitobni siljitganda, sirpanish ishqalanish bo’ladi.
Dumalanish ishqalanish-Bir jism ikkinchi jism yuzasi bo’ylab sirpanmasdan dumalasa, bunda hosil bo’lgan ishqalanish dumalsh ishqalanish bo’ladi.Masalan, g’ildiraklar g’ildiraganda, bochka yoki g’o’lalar dumalatilganda, dumalanish ishqalanish namoyon bo’ladi. Dumalanish ishqalanish hosil bo’lishining asosiy sababi g’ildirak tegib turgan sirtning og’irlik kuchi ta’sirida chuqurcha paydo bo’lib deformatsiyalanishidir.G’ildirak sirti va u dumalayotgan sirt qanchalik qattiq bo’lsa, g’ildirak dumalayotganda shuncha kam deformatsiyalanadi va dumalanish ishqalanish kuchi F shuncha kichik bo’ladi.
Deformatsiya ( lotincha; deformatio — buzilish) (Mexanik kuchlanish):
1)Fizikada — tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Chuqurroq o'rganilganda cho'zilish-siqilish, buralish, egilish va siljish turlariga bo'linadi. Jismga tasir qiluvchi kuchlarning turiga qarab deformatsiya turlarini kuzatish mumkin. Tashqi kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin deformatsiya yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik deformatsiya, saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik deformatsiya yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism deformatsiyasiga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi.

Elastik deformatsiyalanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastik deformatsiyalanadi. Plastik deformatsiya temperatura, tashki kuch va deformatsiya tezligiga bogʻliq. Tashqi kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, deformatsiya vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura koʻtarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi deformatsiya aktiv (faol), tashqi kuch kamayib borgandagi deformatsiya passiv (sust) deformatsiya deyiladi. Deformatsiyaning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq deformatsiyaning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy deformatsiya deyiladi. Deformatsiya qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h.k.ni hisoblashda tatbiq qilinadi;


Smola (rus.) — yuqori molekulali organik birikma. Amorflilik, isitilganda asta-sekin yumshashi, eritilganda yopishqoq xilga kelishi, organik erituvchilarda eriganda parda hosil qilishi va suvda erimasligi koʻpchilik Smolalarning tavsifli xossalaridandir. Smola tabiiy va sintetik Smolaga boʻlinadi. Kanifol, dammara, kopal, sandarak, kahrabo va bitumlar tabiiy Smolaga kiradi. Ilgari tabiiy Smola lok, yelim, qogʻoz, grammofon plastinkalari va boshqa i.ch.da keng qoʻllangan. Hozirgi zamonaviy sanoatda tabiiy Smola oʻrnini istiqbolli sintetik Smola egallamoqda. Fenolformaldegid, polivinilxlorid, karbolid, melaminformaldegid, poliamid va boshqa Smola sintetik Smolaga taalluqlidir. Sintetik Smola plastmassa, lok, yelim, sintetik tola, plyonka, elektr izolyasiya materiallari, organik shisha va b. olishda ishlatiladi.
Moylash tizimi- moy nasosi, radiator va moy tozalash filtrlaridan iborat bo'lib, dvigateldagi ishqalanuvchi detallarni moylashni va ularni qisman sovitishni ta'minlaydi. Tirsakli valning o'zak va shatun podshipniklari juda og'ir sharoitlarda ishlaydi. Shuning uchun moyni shunday miqdorda berish kerakki, u nafaqat podshipniklarni moylashi, balki ishqalanish natijasida ajralgan barcha issiqlikni ham olib ketishi kerak. Masalan, tirsakli val bo'yinlariga moyning yetarli miqdorda bormasligi - podshipnikning ishqalanishi natijasida hatto chidamli qotishmalarining erib ketishiga olib keladi.
2-rasm.Tayanch podshipniklardagi moylash kanallarining profili:

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling