Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar
a- vtulkadagi kanal; b, v
Download 1.01 Mb.
|
Diyorbek Abdiev.Tribologiya MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yopishqoqlik
a- vtulkadagi kanal;
b, v - vkladishlardagi kanallar; - g, d- xalqali moy ushlagich kanallar; e- rezina vkladishdagi qalin devorli (10 mm dan yuqori) polli ikki tomoni ochiq kanal; j- kuchli preslangan rezina podshipnikning ko'nalang kesimi; z- yig'ma bakaut va tekstolit podshipniklarning ikki tomoni ochiq kanali. Ortiqcha moylash ham yaxshi emas, masalan, yonish kamerasiga moyning tushishi qurum hosil bo'lishiga va dvigatelning qizib ketishiga sabab bo'ladi.Dvigatel moyi - uglevodlar va turli xil qo'shilmalardan (8 ,14%) iborat bo'lgan murakkab aralashma. Qo'shilmalar ishqalanuvchi detallaming yeyilishini kamaytiradi (yeyilishga qarshi), metallarning korroziyasini ozaytiradi (korroziyaga qarshi) hamda ko'pik hosil bo'lishiga (ko'pikka qarshi) va yuqori solishtirma yuklanishda ishlaydigan ishqalanuvchi yuzalarning tirnalishiga yo'l qo'ymaydi. Oksidlanish, oksidlanish jarayoni — tor maʼnoda — turli moddalarning kislorod bilan birikishi. Kengroq maʼnoda — atomlar yoki ionlar elektronlarni tortib olishi bilan sodir boʻladigan kimyoviy reaksiya. Yopishqoqlik, -oquvchan moddalar (suyuqliklar va gazlar)ning ulardagi bir qismning ikkinchi qismga nisbatan harakatiga (siljishiga) qarshilik koʻrsatish xossasi. Yopishqoq oqishning asosiy qonunini I. Nyuton topgan (1687). SI tizimida dinamik Yo. birligi p — Pas (SGSda — puaz)da ifodalanadi. Turgʻunlashgan laminar oqishda doimiy tarzda gazlar va normal (nyuton suyuqliklari deb ataluvchi) suyuqliklarning yopishqoqligi oʻzgarmas kattalik; u tezlik gradiyentiga bogʻliq boʻlmaydi. Erigan metallar ham odatdagi suyukliklar kabi yopishqoqlikka ega boʻladi. Suyuq geliy alohida yopishqoqlik xossasiga ega. 2,172 K trada u oʻta oquvchan holatga oʻtib, uning yopishqoqligi nolga teng deb qaraladi. Molekulyar kinetik nazariya yopishqoqlikni molekulalarning harakati va oʻzaro taʼsiri xususiyatlari bilan tushuntiradi. Yeyilish — buyumlar sirtining oʻzaro ishqalanishi, tashqi muhitning bevosita taʼsiri tufayli ularning oʻlchamlari, shakli, massasi yoki sirtqi holatining asta-sekin oʻzgarishi. Mashina detallari, inshootlarning qismlari, kiyimlar va boshqa uchun yeyilish ishqalanish sharoitiga, materialning xossasiga va buyumning tuzilishiga bogʻliq boʻladi. Tashqi taʼsirlarning tabiatiga koʻra buyumlarning sirtqi qatlamlari abraziv, mexanikaviy, kimyoviy oksidlanib, termik yeyilish xillariga boʻlinadi. Abraziv yeyilishga asosan ishqalanish sabab boʻladi. Mexanikaviy yeyilishda ishqalanish, ezilish, toliqish natijasida buyum oʻlchamlari va massasi yoki ish sirtining holati oʻzgaradi. Kimyoviy, oksidlanib va termik yeyilishda buyum ob-havo (yogʻingarchilik, haroratning keskin oʻzgarishi, chang) va emiruvchi (oksidli va ishqorli) muhitlar taʼsirida korroziyalanib (metallda), eskirib yeyiladi. Yeyilish buyumlarning sifatini pasaytirishga, isteʼmol (ishlatish) qiymatini yoʻqotishga olib keladi. Mashina detallarining yeyilishini kamaytirish uchun maxsus moylar va surkov moylarini ishlatish, zanglashga chidamli materiallardan foydalanish va boshqa tavsiya etiladi. Buyumlar (mashina detallari va boshqa ishqalanuvchi buyumlar) materialining yeyilishga karshilik koʻrsata olish xususiyati eyilishga chidamlilik deb ataladi. U ishlash jarayonida buyumning massasi kamayishi va oʻlchami kichrayib borishi bilan baholanadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling