Reja: Kirish. Bob


Integrastiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasi


Download 58.37 Kb.
bet7/12
Sana17.06.2023
Hajmi58.37 Kb.
#1538712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xavogul kurs ishi

Integrastiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasi: Integrastiyalashgan darslarni tashkil etish uchun avvalo qaysi darslar integrastiyalash uchun mos kelishini aniqlab olish kerak. Bunday darslarning asosi – turli fanlar asosiy mavzulari mazmunining yaqinligi va mantiqiy aloqalarida ko`rinadi. Savod o`rgatish darslari (o`qish va yozishga o`rgatish). Integrastiyalangan darslar. Bunday integrastiyalangan ta’lim – bu sinfdan tashqari o`qish. Bu erda yaxlit jarayon kechadi:
a) kitob o`qish asbobi sifatida o`qish darslarida olgan o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish;
b) matn ustida ishlash;
v) suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilar dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida ishlatadigan o'qishning ikki turi baholanadi: o'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish; ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish. Tadqiqotning konseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion (ilmiy ommabop ) matnlarni o'qiyotganda o'qish qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi: aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish; xulosalarni shakllantirish; ma'lumotlarni talqin va sintez qilish; mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.
Natijalarni baholash tartibi PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qo'llaniladi: javobni tanlash usulidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi; mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi; erkin javob berishg kerak bo'lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.
Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qo'llaniladi. PIRLS 2011 PIRLS 2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 o'quvchi qatnashdi. Rossiyadan, PIRLS-2011 tadqiqotida mamlakatning 42 mintaqasidagi 202 ta ta'lim muassasalarining 4461 boshlang'ich maktab bitiruvchilari qatnashdilar. An'anaga ko'ra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida so'zlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning ta'lim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin o'quvchilar qatnashgan. 2011 yil ma'lumotlariga ko'ra Gonkong, Rossiya, Finlyandiya va Singapurda o'quvchilar o'qishni yaxshi o'zlashtiradilar. Ushbu davlatlarning to'rtinchi sinf o'quvchilari barcha ishtirok etgan boshqa davlatlar orasida eng yaxshi natijalarni ko'rsatdilar. Ushbu mamlakatlarning o'rtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi to'rt mamlakatning natijalaridan ancha past.
Rus o'quvchilarining o'rtacha balli 568. PIRLS tadqiqotlarining 4 martalik natijalari3:
PIRLS 2001: 1)Shvetsiya - 561 ball 2)Niderlandiya - 554 ball 3)Angliya - 553 ball
PIRLS 2006: 1)Rossiya - 565 2)Gonkong - 564 3)Kanada - 560
PIRLS 2011: 1)Gonkong - 571 2)Rossiya - 568 3)Finlandiya – 568
PIRLS 2016: 1)Rossiya - 581 2)Singapur - 576 3) Gonkong - 569
2021 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan PIRLS baholash tizimi o'qishning asosini qamrab oluvchi keng qamrovli maqsadlarga asoslangan - adabiy tajriba, ma'lumot olish va undan foydalanish, Internetda ma'lumot qidirish.
PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLSdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:

  1. Global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish;

  2. Yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish;

  3. Ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish;

  4. PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'qishni takomillashtirish;

  5. Adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;

  6. O'qishni va o'qitishni o'rganish.


    1. Download 58.37 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling