Reja: Kirish. Bob

Mamlakatimizda PRLSni o’takazilish tartibi

Download 58.37 Kb.
bet12/12
Sana17.06.2023
Hajmi58.37 Kb.
#1538712
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xavogul kurs ishi

Mamlakatimizda PRLSni o’takazilish tartibi

2021 yilda o'tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o'quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi. Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016 yillarda o'tkazilgan bo'lib, 2021 yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Har besh yilda o'tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmasini xalqaro darajada baholaydi.
Mazkur dastur 4-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholaydigan TIMSS dasturini to'ldirishga yo'naltirilgan bo'lib, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro markazi, IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi. O'quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan ob'ektiv testlarni o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalardan so'rovnomalar o'tkazilib, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga doir qimmatli ma'lumotlar to'planadi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi15.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir. Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o'qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya'ni “badiiy tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi. O'z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to'rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish; to'g'ridan-to'g'ri xulosalar chiqarish; kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish; g'oyalar va axborotni talqin qilish va uyg'unlashtirish.
Tadqiqotda O'zbekistonning boshlang'ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o'qiydi? O'zbekiston o'quvchilarining o'qish savodxonligi qay darajada? O'qish 4-sinf o'quvchilari uchun sevimli mashg'ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishga qanday hissa qo'shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o'qishni o'rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O'zbekiston o'qishni o'rgatish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o'ziga xosligi bormi, agar shunday bo'lsa u nimada namoyon bo'ladi? Boshlang'ich sinflarimizning o'qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o'qituvchilari foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o'rganiladi.
Shuningdek, tadqiqotda ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish va tahlil qilish maqsadida anketa so'rovnomalari ham o'tkaziladi. Jumladan, o'quvchilar so'rovnomasi orqali ishtirokchi haqida ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, maktabga, o'qituvchiga, o'quv faniga munosabat, o'quvchilar o'rtasidagi munosabat, o'quv fanlari bo'yicha o'zini baholash, sinfdan tashqari mashg'ulotlar to'g'risida ma'lumotlar to'planadi. O'qituvchilar so'rovnomasi o'qituvchilar haqidagi ma'lumotlar, maktabning jihozlanishi, xavfsizlik, maktab muhiti, o'qitish usuli, malaka oshirish masalalarini o'z ichiga oladi. Ota-onalar so'rovnomasida ota-onalar haqidagi ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash, maktabga qabul qilinishidan avvalgi ko'nikma va malakalari, ota-onalarning maktabga va o'qishga munosabati o'rganiladi. Maktab ma'muriyati so'rovnomasi orqali maktab quvvati, joylashuvi, jihozlanishi, ta'limiy resurslar, maktabda o'quv jarayonining tashkil etilishi, maktab muhiti o'rganilib, tahlil etiladi.
Tadqiqotning 2016 yil natijalariga ko'ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etgan bo'lsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik o'quvchilar matnni o'qish va tushunish bo'yicha eng yuqori natijalarni ko'rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang'ich sinf o'quvchilari ushbu mezon bo'yicha dunyoda yetakchilik qildi. Mazkur davlatlarda o'qish savodxonligi bo'yicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bog'liq: uydagi kitoblar va raqamli qurilmalarning mavjudligi, ziyoli ota-onalar va ularning kitobga bo'lgan muhabbati, bola maktabga borgunga qadar o'qish-yozishni o'rganganligi hamda maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichining yuqoriligi16.
PIRLS tadqiqotida O'zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, o'quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. 🇺🇿Mamlakatimiz 2021-yilda ilk marotaba PISA (15-yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur) va PIRLS (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish darajasi va sifatini baholash) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi.
Mamlakatlarda baholash daftarlarining taqsimlanishi. Har bir ishtirokchi mamlakatda o‘quvchilarga beriladigan savol-topshiriqlarning bir xilligini ta’minlash maqsadida barcha 18 ta matn har bir mamlakat uchun taqsimlab chiqilgan, ammo o‘quvchi kontingentining o‘rtacha o‘qish qobiliyatidan kelib chiqib, murakkab va oson baholash daftarlari turli proportsiyada taqsimlab chiqilgan.

XULOSA
Mazkur kurs ishimda xalqaro baholash dastur talablari va ta‟lim tizimiga joriy etish tamoyillari haqida so‟z yuritish bilan birga, PISA, PIRLS xalqaro baholash dasturlarining muhim belgilari xorijiy olimlar fikrlariga, ilmiy-tadqiqot ishlariga tayangan holda ochib berilgan
Yuqoridagi talablarning ta‟lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta‟lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta‟lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg’or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Davlatimizga ta‟lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta‟lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o’rni to’g’risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi. O`quvchilarni xalqaro PISA, PIRLS baholashning asl mohiyati o‟quvchilarda tafakkur uyg`oqligi, ularni ixtirochi, ijodkorlikka o`rgatishning asosiy belgisi hisoblanadi. O‟zbekistonda ta‟lim tizimiga xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o’quvchilarning bilim darajasini baholash va monitoring qilishning ”Milliy dasturi”ni yaratish hozirgi kun talabiga mos keladi. Yana shuni aytish joizki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o’zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi.
So'nggi yillarda yurtimizda yuz berayotgan keskin yangilanish va tub o’zgarishlar insoniyat hayotidagi barcha sohalarni globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlari nuqtai nazaridan yangicha qarashlar, tushunchalar va munosabatlar bilan qayta ko’zdan kechirishni taqazo etmoqda. Hozirgi kunda butun dunyo bo’ylab har bir sohada globallashuv va integratsiya jarayonlari o’z aksini ko’rsatmoqda. Shu qatorda ta'lim ham davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylandi va ushbu sohada ta'limni yangicha innovatsion g’oyalar asosida rivojlantirish bo’yicha islohotlar amalga oshirila boshlandi. Jamiyat va hayotda sodir bo’layotgan yangilanishlar ta'lim tizimiga ham yangicha innovatsion yondashuvni, ta'lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiya jarayonlarini yanada tezlashtirishga zamin yaratadi, natijada yangicha innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish dolzarb masalalar qatoridan joy oldi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda xorij tajribalarni o’rganish, tizimga xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizim bilan qiyosiy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, tizimda taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

 Колягин Ю.М. Об интеграции обучения и воспитания в начальной школе. // Начальная школа. - 1998. -Л 3. - С. 18.
2 Copyright © 1996–2023 Pearson All rights reserved.
3 info@tdpu.uz tel:(+998) 71 202 44 21
4 Copyright © 1999 – 2023, Новости Узбекистана – UzReport.news. Свидетельство о регистрации № 0605, выдано Узбекским агентством по печати и информации 14.12.2009 г.
5 IEA Amsterdam. Keizersgracht 311. 1016 EE Amsterdam. The Netherlands. Phone: +31 (0)20 625 3625. Email: secretariat@iea.nl. Web: www.iea.nl. IEA Amsterdam. Keizersgracht 311. 1016 EE Amsterdam. The Netherlands. Phone: +31 (0)20 625 3625. Email: secretariat@iea.nl. Web: www.iea.nl
6 P01_IR_FrontMatter.qk
7 Mullis, I.V.S., Kennedy, A.M., Martin, M.O., & Sainsbury, M. (2006). PIRLS 2006 assessment framework and specifications, (2nd ed.). Chestnut Hill, MA: Boston College.
8 TIMSS & PIRLS International Study Center 188 Beacon St., Chestnut Hill, MA 02467, USA. Tel +1-617-552-1600. Fax +1-617-552-1203
9 TIMSS & PIRLS International Study Center 188 Beacon St., Chestnut Hill, MA 02467, USA. Tel +1-617-552-1600. Fax +1-617-552-1203
10 TIMSS & PIRLS International Study Center 188 Beacon St., Chestnut Hill, MA 02467, USA. Tel +1-617-552-1600. Fax +1-617-552-1203
11 Mualliflik huquqi © 2019, Ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) PIRLS 2021 baholash qamrov doirasi Ina V.S. Mullis va Michael O. Martin, muharrirlar Noshirlar: TIMSS & PIRLS xalqaro tadqiqotlar markazi, Lynch ta’lim maktabi, Boston kolleji, Ta’lim sohosidagi yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)
12 IEA Amsterdam. Keizersgracht 311. 1016 EE Amsterdam. The Netherlands. Phone: +31 (0)20 625 3625. Email: secretariat@iea.nl. Web: www.iea.nl. IEA Amsterdam. Keizersgracht 311. 1016 EE Amsterdam. The Netherlands. Phone: +31 (0)20 625 3625. Email: secretariat@iea.nl. Web: www.iea.nl
13 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi‖ 2019-yil 29-apreldagi PF-5217 sonli Farmoni
14 Copyright © 1996–2023 Pearson All rights reserved.
15 Copyright © 1999 – 2023, Новости Узбекистана – UzReport.news. Свидетельство о регистрации № 0605, выдано Узбекским агентством по печати и информации 14.12.2009 г.
16 Copyright © 1999 – 2023, Новости Узбекистана – UzReport.news
Свидетельство о регистрации № 0605, выдано Узбекским агентством по печати и информации 14.12.2009 г.

1 Колягин Ю.М. Об интеграции обучения и воспитания в начальной школе. // Начальная школа. - 1998. -Л 3. - С. 18.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling