Reja: Kirish. Bob


Download 58.37 Kb.
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi58.37 Kb.
#1538712
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xavogul kurs ishi

Isbotlash bosqichida: O`qituvchi O`quvchilarni dunyoqarashini o`stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag`barlantiradi. O`quvchilar o`z irodalarini dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo`naltiradilar.
Mazmunli bosqichi: O`qituvchi yangi O`quv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O`quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o`zlashtiradilar.
Vositalarni tanlash bosqichi: O`qituvchi bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi turli predmetlarni, ko`rgazmali vositalarni, darsliklarni, jadvallarni, savolnomalarni, amaliy vazifalarni tanlaydi. Bu vositalar O`quvchilarga ko`chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakteridagi integratsion masalalarni hal qilishga yordam beradi.
Natijali bosqich: O`qituvchita’limberish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integrastiyani amalga oshirish uchun pedagogic bilimlarni qo`llaydi. O`quvchi bilimlar tizimida, umumlashtirib ularni amalda qo`llaydi.
Nazorat qilish bosqichi: O`qituvchi bir-biri bilan bog`langan predmetlarga O`quvchilarning tayyorgarligini nazorat qiladi, o`zlashtirishlarini baholaydi. O`quvchilar o`z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo`yicha o`z-o`zini ham, ularni birlashtirish ko`nikmalarini ham nazorat qiladilar.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida boshlang`ich ta’limda integrastiyani amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalar aniqlandi:
Usul va vositalar nomi

  1. Evristik suhbatlar.

  2. Umumiy suhbatlar.

  3. Ekskursiyalar.

  4. Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asar materiallari asosida nutq o`stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar.

  5. Ta’limning ko`rgazmali metodlari.

  6. Mustaqil ishlar.

  7. O`qish, matematika darslarida og`zaki rasm chizish.

  8. Imo-ishorali ko`rinishlar (pantomimalar).

  9. Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o`qish.

  10. Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda).

  11. O`lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish, echish va boshqalar.

Ta’limni tabaqalashtirishni rad etmaydigan, uni to`ldiradigan integrastiyani ta’lim tizimiga kiritish, jamiyatga yaxlit dunyoqarashga, o`zidagi bor bilimlarini mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondoshish qobiliyatiga ega bo`lgan bilimdon yoshlarni tarbiyalab, kamolga etkazishda an’anaviy predmetlarga bo`lib o`qitishga nisbatan ko`proq yordam beradi. O`quvchilar nutqini “Tabiatshunoslik” hamda “Ona tili” fanidan atamalar bilan boyitishda berilgan umumiy ma’noli atamalarning xususiy ma’nolarini topish, ularni esa o`z navbatida, muayyan uyadosh so`zlarga ajratish, “Tabiatshunoslik” sohasiga oid atamalarning ma’nosini sharhlash va izohlash, bunday atamalarning kichik izohli lug`atini tuzish, berilgan atamalar uyasini davom ettirish, atamalarni alifbo tartibida joylashtirish, har ikki fanga oid atamalarning talaffuzi va imlosi ustida ishlash singari ijodiy-amaliy ishlar nutqni rivojlantirishda muhim o`rin tutadi. Ayniqsa, berilgan maqollardan “Tabiatshunoslik” faniga oid atamalarni topish, ularni izohlash, ular asosida matnlar yaratish, bunday matnlarni dialoglarga aylantirish kabi ish turlari O`quvchilarning so`z boyligini oshirishga imkon yaratadi.
Sub’ekt fikr bayon etishi uchun uning o`z so`zlari bilan qayta hikoya qilishga doir mashqlar bajartiriladi. Bunday mashqlar O`quvchilarning nutqiy malakasini oshiradi, berilgan topshiriqqa ijodiy yondashtiradi, ularni fikrlashga undaydi. O`quvchilarning nutqiy ta’sirchan, mantiqiy jihatdan asosli, yoqimli bo`lishi uchun ularning nutq ijodlariga to`liq erkinlik berish taqozo etiladi. Buning uchun esa darsda xalq maqollaridan foydalanish ham samarali usul hisoblanadi.
Maqol kishi esida qoluvchi, o`ylashga fikr mulohaza yuritishga undaydigan janrdir. Shuning uchun ham “Tabiatshunoslik” hamda ona tili darslarida undan foydalanish, uni bahs-munozaraga aylantirish, ma’nosini izohlatish kabilar foydadan holi emas.
Bunda sinf O`quvchilariga maqollar bo`lib beriladi. O`qituvchi darsning bu qismiga «Maqol – chaqilmagan yong`oq» deb sarlavha qo`yadi. O`quvchilarga o`ziga tushgan maqollarni ma’nosini aytib berishlari talab qilinadi. Berilgan maqollarning tarkibida albatta o`simliklarga oid atamalar mavjud bo`lib, avvalo o`sha atamaning ma’nosi izohlanadi, so`ngra maqol sharhlanadi. Masalan,
Tol eksang, tagini ho`l qil,
Uzum eksang, tagini cho`l qil.
Maqolni quyidagicha izohlash mumkin:
Ma’lumki tol suvga chanqoq o`simlik bo`lib, u suv bo`ylarida yaxshi rivojlanadi. Uzum daraxti esa har doim ham suv talab qilavermaydi. Uni ba’zi-ba’zida sug`orib turish maqsadga muvofiqdir. Ho`l-namlik, cho`l-quruqlik. Daraxtlarning asosiy farqlanadigan xususiyati ho`l va cho`l ekanligi bo`lib, ular antonimlik xususiyatiga egadir. Har ikki so`z bir tovush bilan (h - ch) farqlanadi.
Ma’lumki, atrofimizni o`rab olgan tabiat tirik va o`lik jismlardan iborat. Ona tili ta’limi jarayonida tovushlarni o`rganishda ham “Tabiatshunoslik” darsi bilan bog`lash mumkin. Ya’ni talaffuzda bir-biriga o`xshash so`zlarni farqlashda, ularga ma’nodoshlar, uyadoshlar, zid ma’noli so`zlarni topishni talab qiluvchi topshiriqlar berish samarali usullardan sanaladi. Masalan, daraxt so`zining ma’nodoshlari: daraxt, nihol, ko`chat…uyadoshlari: terak, tol, archa, qayrag`och…
O`quvchilarga talaffuzimizdagi bir-biriga o`xshash so`zlarni farqlashda (“Tabiatshunoslik” faniga oid), ularga ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli so`zlarni topishni talab qiluvchi topshiriqlar berib, ushbu topshiriqlarni bajartirsak, bu O`quvchilarning kamol topishida, fikrlash darajasining o`sishida, bilim olishga havasini uyg`otishda nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot uslubi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir4.
Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.
O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida o'qishini ikki turi baholanadi:

  1. O'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish;

  2. Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.

Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni o'qiyotganda o'qish qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi:

  • aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;

  • xulosalarni shakllantirish;

  • ma'lumotlarni talqin va sintez qilish;

  • mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.

Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500 dan 800 tagacha, o'quvchilarning o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, PIRLSda esa, taxminan 1000 ta so'zdan iborat bo'ladi.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda o'quvchiga unchalik tanish bo'lmaydi.
PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:

  1. Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O'quvchilar matnni yaxlit o'zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog'liq holda tushunadi. Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.

  2. Yuqori daraja (550 ball) – O'quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o'z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi.

  3. O'rta daraja (475 ball) – O'quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o'z xulosalarini chiqaradi.

  4. Quyi daraja (400 ball) – O'quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo'lgan xabarni ajratib oladi.

Natijalarni baholash tartibi. PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qo'llaniladi:
- javobni tanlash usulidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- erkin javob berishg kerak bo'lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.
Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qo'llaniladi.
Tadqiqot natijalari.

  1. PIRLS-2001 tadqiqotida 35 ta davlat ishtirok etgan5. Tadqiqotda 4-sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligi baholangan.

  2. PIRLS-2006 tadqiqotida 40 ta davlatdan 215 000 ga yaqin o'quvchilar ishtirok etgan6. 2006-yildagi tadqiqotda baholash testi to'rtta jarayonni ko'rib chiqdi: aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni olish; to'g'ri xulosalar qilish; g'oyalar va ma'lumotlarni talqin qilish va umumlashtirish; tarkib, til va matn elementlarini tekshirish va baholash;

  3. PIRLS-2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 o'quvchi qatnashdi. An'anaga ko'ra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida so'zlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning ta'lim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin o'quvchilar qatnashgan7.

  4. PIRLS-2016 tadqiqot natijalari 2017-yil 5-dekabrda chop etildi8. Ushbu siklda ikkita qo'shimcha tashabbus qo'llanildi: 1)PIRLS savodxonligini baholash (ilgari prePIRLS nomi qoʻllanilgan) qamrov doirasi va hajmi boʻyicha PIRLSga teng va PIRLS kabi oʻqish tushunchasini aks ettiradi. 2) 2016-yilda joriy etilgan ePIRLS – oʻquvchilarning onlayn oʻqish paytida ma’lumot olish va undan foydalanish qobiliyatini kompyuterda oʻqishni baholash tashabbusi. Baholash ilm-fan va ijtimoiy fanlar bo'yicha maktabga o'xshash haqiqiy topshiriqlar bilan qiziqarli, simulyatsiya qilingan internet muhitini o'z ichiga oladi. Ushbu ePIRLS onlayn o'qish yutuqlari shkalasi mamlakatlarga to'rtinchi sinf o'quvchilarining onlayn o'qish ko'rsatkichlarini PIRLS o'qish yutuqlari shkalasidagi ko'rsatkichlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.Mamlakatlar boʻyicha talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha PIRLS-2016 natijalariga koʻra, 18 ta davlatda oʻrtacha koʻrsatkich yuqoriroq, 13 mamlakatda bir xil oʻrtacha yutuq va 10 mamlakatda oʻrtacha koʻrsatkich pastroq boʻlib, 50 ta davlatning 48 tasida qizlarning oʻqish darajasi oʻgʻil bolalarga qaraganda yuqori boʻlgan9. PIRLS-2016 tadqiqot natijalariga ko'ra, o'rtacha o'qish darajasi eng yuqori bo'lgan o'nta mamlakat: Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Gonkong, Irlandiya, Finlandiya, Polsha, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Tayvan va Angliya davlatlaridir10.

  5. PIRLS 2021 xalqaro tadqiqoti mazkur dastur doirasidagi 2001, 2006, 2011 va 2016-yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlarning davomi hisoblangan beshinchi davriylik sanaladi. Har bir oʻtkaziladigan PIRLS tadqiqotida ishtirok etuvchi mamlakatlar soni ortib bormoqda. PIRLS 2021 xalqaro tadqiqotida taxminan 70 ga yaqin mamlakatlar, benchmark ishtirokchi sifatida qatnashadigan hamda 2001-yildan buyon avvalgi sikllarda ishtirok etgan koʻpgina boshqa mamlakatlar qatnashishi belgilangan. Har bir baholash sikli oʻtkazilishi bilan PIRLS tadqiqotlari qamrov doirasining yangilab borilishi ishtirokchi mamlakatlarga oʻzlarining yangidan-yangi gʻoyalari hamda ularning oʻquv dasturlari, standartlari, qamrov doiralari va yoʻriqnomalari haqida soʻnggi ma’lumotlarni oʻrtoqlashish imkonini beradi. Bu esa qamrov doiralarini ta’limiy jihatdan mos boʻlishiga sharoit yaratib, har bir oʻtkaziladigan baholash jarayonlarining bir-biriga bogʻliqligini oshiradi va qamrov doiralari, topshiriqlar hamda tartiblarni yanada takomillashishiga xizmat qiladi. PIRLS 2021 xalqaro tadqiqotida qamrov doiralari PIRLS 2021 ensiklopediyasida koʻrsatib oʻtilgan koʻrsatmalar, oʻquv tadqiqoti va ishirokchi mamlakatlardan tanlab olingan milliy tadqiqot koordinatorlari (NRC) tomonidan berilgan taqrizlar yordamida toʻplangan ma’lumotlardan foydalanib yangilanadi11. 2021-yilda o'tkazilgan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o'quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etdilar. Tadqiqotning natijalari 2022-yil dekabr oyida e'lon qilinadi12.


  1. Download 58.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling