Reja: Kirish. Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari


Download 93.78 Kb.
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi93.78 Kb.
#1730241
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Kirish Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari


Mavzu: Bozor muvozanati va uning iqtisodiy ahamiyati
Reja:
Kirish.
1. Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari.
2.Bozor muvozanatiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar tahlili.
3. Talab va taklifdagi o`zgarishlarning bozor muvozanatiga ta′siri.
4. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish istiqbollari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Biz va bizni o’rab turgan jamiyat, atrof muhit o’zaro muvozanatda va harakatda. Albatta hamma sohada munosabat va harakatlarda tabiat qonunlarida muvozanat bo’lgani kabi makroiqtisodiy qonuniyatlarda ham muvozanat mavjud. Rivojlanayotgan iqtisodiyot, rivojlanayotgan jamiyat va bozor iqtisodiyoti-bu hozirgi kecha kunduzimizda mamlakatimizda yuz berayotgan hodisalar. Pandemiya oqibatida biroz sustlashgan iqtisodiyotimiz asta sekin yana oldingi holatini tiklamoqda. Bozorlar muvozanati o’z holiga-asliga qaytmoqda . Talab va taklif raqobat kabi bozorni muvozanatga keltiruvchi omillar yana sog’lom ishlashda davom etmoqda. Davlatning bozorga qisman aralashishi oqibatida bozor muvozanati ta’minlanmoqda.
Bozor muvozanati tovarlarga, xizmatlarga va resurslarga talab va taklif o'rtasidagi miqdoriy muvofiqlikda namoyon bo'ladi va resurslarni yetkazib beruvchilar va tovarlar va xizmatlarning iste'molchilari sifati da uy xo'jaliklarining, korxonalar esa resurslarni iste'molchilari va tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilarning manfaatlariga ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu jamiyatdagi umumiy iqtisodiy manfaatlarni maqbul ravishda amalga oshirishdir. Bu yerda biz sog'lom "iqtisodiy qon aylanishi" bilan taqqoslashimiz mumkin, unda iqtisodiyotning "kasalliklari" - inflyatsiya, ishsizlik va hokazo tufayli parchalanish hodisalari bo'lmaydi. Bunday muvozanat g'oyasi butun jamiyat tomonidan talab qilinadi, chunki bu keraksiz sarflangan resurslar va realizatsiya qilinmagan mahsulotlarsiz ehtiyojlarni to'liq qondirishini anglatadi. Mana shu maqsadga erishish yo’lida bizning davlatimizda ham bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda, strategiyalar amalga taqdim qilinmoqda. Bu haqda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida “Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiy islohotlarning mustahkam asosidir”1 deb takidlab o’tdilararki, buning asosida bozor muvozanatini ta’minlash yotadi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Maqsad: Yuqorida bir necha marotaba “Bozor iqtisodiyoti" degan so’zni bir necha bor ishlatdik. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qilinadi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaning buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaning kuchayishi, avval aytib o’tilganidek, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini - o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda. O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi.
Muvozanat modellari iqtisodiy agentlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish uchun ishlatiladi. Ushbu modellar iqtisodiy sub'ektlarning o'zaro ta'sir modellarining yanada umumiy sinfining alohida hodisasidir. Iqtisodiy tizimning muvozanat va muvozanatsiz holatlari muvozanat modellari yordamida o'rganiladi. Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda. Hozirgi kunga kelib, O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot hajmi sezilarli darajada oshib bormoqda, o`znavbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Bu kabi iqtisodiy o`zgarishlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, pul-valyuta va to`lov nizomini mustahkamlanib borishiga asos bo`lmoqda.

Download 93.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling