Reja: kirish I bob. Yoshlar turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 0.72 Mb.
bet2/14
Sana26.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1655819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi

Kurs ishining maqsadi: O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasini tahlil qilish va ularni turizm sohasiga tatbiq etish.
Kurs ishining predmeti: O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi o’rganish.
Kurs ishining obyekti: O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirayotgan turistik obyektlar.
Kurs ishining vazifalari:
1. Yoshlar turizmining mazmuni va mohiyatini o’rganish
2. Yoshlar turizmini rivojlantirishda davlat ustuvorligini aniqlash
3. O`zbekistonda yoshlar turizmi uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlilini qilish
4. Yoshlar turizmini rivojlantirishda jahon tajribasi (Ispaniya misolida)ni o’rganish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.

I BOB. YOSHLAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY

ASOSLARI



    1. Yoshlar turizmining mohiyati va mazmuni

Keyingi yillarda jahon turizmning noan`anaviy turlari: ekoturizm, tarixiyme`moriy, arxeologik, etnografik, diniy, agroturizm, ekstreminal turizm, ko`ngilochar turizm, sarguzasht turizmi favqulotda hodisalar turizmi kabi sohalar tez sur`atlar bilan ommalashib bormoqda. Buning asosiy sababi sayyohlar klassifikatsiyasidagi yosh qatlamining birinchi guruhidagi yoshlar turizmiga bo`lgan talabning oshib borayotganligidadir.
Endi savol tug`iladi:

  • Yoshlar turizmi nima?

  • Yoshlar nimani xohlaydi?

  • Ular uchun qanday turdagi xizmatlar va marshrut yo`nalishlarini taklif qilish kerak?

  • Ushbu marshrutlar narxi qancha bo`lishi kerak?

Yoshlar turizmi – bu sayohatning har xilligidir, bunda yoshlar bir maqsadda va dunyoni bilish istagi bilan o`zlarining o`rtoqlari bilan dam olishadi.
Sayohat buyuk istiqbolni, turli mamlakatlar madaniyati, tarixi va ko`p yangi narsalarni o'rganish imkonini beradi. Yoshlar uchun tez-tez ma'lum chegirma va bonuslar qilishadi va ular bundan katta mamnuniyat bilan foydalanishadi. Xalqaro talaba kartasi mavjud bo'lsa, bu uy-joyga pul tejashga yordam beradi, chunki talaba yotoqxonada tunashi mumkin. Havo va temir yo'l transportiga talaba va yoshlar uchun berilgan bonus sayohatchilar uchun ham jozibador, shuningdek, ularning otaonalari uchun ham, shuningdek, transportga to'lov - bu kata miqdordagi safar xarajatlariga olib keladi. Yoshlar har doim qiyinchilikni yengish uchun, chidamlilikni o'rganish uchun va tashqi dunyodan zavqlanish uchun va o`zlarining maqsadlariga erishish uchun bir necha muammolarni bartaraf qilishlari kerak. Axir, yoshlar uchun sayohat - bu hayot tarzidir.
Har bir kishi uchun o`zining qiziqarli dam olishi bor. Kurort, dengiz, kuni bo`yi o`yin-kulgi va qiziqarli yangi tanishuvlar - deyarli har bir yosh insonning tabiiy hayot ritmidir.
Turizm industriyasi – bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, ko‘ngil ochish ob’ektlari va vositalari, bilim orttirish, davolash, sog‘lomlashtirish, sportga doir, diniy-marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek, turistik-ekskursiya va gidtarjimonlik xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotlar majmuidir.
O‘zbekiston Respublikasining «Turizmto‘g‘risida»gi Qonun daturistik industriya tushunchasi quyidagi tarzda ta’riflanadi: Turistik industriya-turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko‘rsatishini ta’minlovchi turli sub’ektlar (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, ekport muassasalari va boshqalar) majmui.
Bundan kelib chiqib turizm industriyasiga turoperatorlik va turagentlik tashkilotlari, turistlarni tashuvchi, mehmonxonalar va joylashtirish tizimining boshqa korxonalari, umumiy ovqatlanish, attraksionlar va ko‘ngilochar joylari, shuningdek, ular qatoriga bank sohasidagi muassasalar, sug‘urta xizmati va boshqalar kiradi.1 Turizmning maxsus turlarida davolash muassasalari, o‘qitish tizimi muassasalari hamda aniq turistik mahsulotning maqsadlariga muvofiq keladigan sport va boshqa muassasalar ishtirok etishlari mumkin. Bu tashkilotlarning barchasi bir-birlarini uyg‘un ravishda to‘ldirishi va iste’molchi uchun zarur bo‘lgan hamda assortiment bo‘yicha yetarli darajadagi barcha xizmatlarni ko‘rsatadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling