Reja: kirish I bob. Yoshlar turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 0.72 Mb.
bet8/14
Sana26.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1655819
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi

Bevosita hissa-bu hissa to’g’ridan to’g’ri turist bilan bo’g’liq bo’lib, ya’ni unga xizmat ko’rsatuvchi turistik korxonalar (mehmonxonalar, transport, ko’ngil ochar markazlar, diqqatga sazovor joylar, mehmonxonadagi qo’shimcha xizmatlar, oziq-ovqat va ichimlik xizmatlari, chakana savdo, transport qo’shimcha xizmatlari, madaniy, sport, sog’likni qayta tiklash bilan bo’g’liq ximzatlar, ichki sayyohlar xarajatlari, tashrif buyurgan turistlar xarajatlarini o’z ichiga oladi.
Bevosita hissa 1.061 mlrd so’mni tashkil qilgan bo’lib, (YaIM ning 0.9% i) 2014-yilda uning hissasi 5.1% ga o’sishi kutilgan va keyingi yillarda har yili 6,2% dan o’sib borsa, 2024-yilga borib, bevosita hissa 2.030 mlrd so’mga(YaIM ning 0.9%i) yetishi kutilmoqda. 6
2-jadval
Yoshlar turizmning O’zbekiston iqtisodiyotiga qo’shgan hissasi
(2018-yil haqiqiy qiymatida)7





O’zbekiston mlrd so’m,

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

1. Tovar va xizmatlar eksporti

360.5

513.0

572.8

427.5

556.3

524.9

526.6

1022.4

2. Mahalliy sarf xarajatlar(hukumat xarajatlari ham kiradi)

954.6

970.2

1179.7

1271.7

1380.9

1480.4

1585.1

2857.1

3. Davlat miqyosidagi turizm iste’moli

1315.2

1483.2

1752.4

1699.2

1937.2

2005.3

2111.7

3879.5

4. Turizmni ta’minlovchilar tomonida qilingan savdo sotiq

-621.9

-693.0

-817.9

-797.4

-910.9

-943.3

-995.1

-1849.5

5. YaIM dagi bevosita hissasi(=3+4)

693.2

790.1

934.6

901.8

1026.4

1061.9

1116.6

2330.0

6. Bevosita va majburiy sarflar yig’indisi

578.5

659.4

779.9

752.6

856.5

886.2

931.8

1694.1

7. Kapital invistitsiyalar

448.1

488.8

529.4

521.7

563.3

602.5

647.6

1188.2

8. Davlat invistitsiyalari

134.5

170.5

192.8

202.3

219.5

236.7

255.2

484.3

9. Import tovarlar va bilvosita xarajatlar

-36.8

-30.2

-32.0

-37.3

-43.2

-46.4

-51.6

-119.8

10. Majburiy xarajatlar

425.9

505.7

616.2

588.6

659.3

689.1

729.0

1326.7

11. YaIM dagi
Umumiy hissa
(=5+6+7+8+9+10)

2243.5

2584.3

3020.8

2929.6

3281.8

3430.0

3628.6

6603.6

12. Sohada ishlovchilar ta’siri (‘000) Soha bevosita ishlovchillar

84.7

93.3

106.8

100.0

110.5

111.1

113.8

168.1

13. Turizm sohasida bevosita va bilvosita ishlovchilar

281.7

313.7

355.3

333.7

362.8

368.3

379.0

556.1

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida yurtimizda ichki turizm qay darajada rivojlanganini hamad bunda yoshlar turizmining ulushini ko’rishimiz mumkin.
Albatta keyingi o’n yillikda bundan ham yuqori natijalarga erishamiz. Buning uchun eng avvalo mavjud resurslarimizdan oqilona foydalanib bilishimiz, turizm industriyasidan tushayotgan daromadlarni optimal ravishda to’g’ri yo’naltira olishimiz kerak. Qolgan turizm rivojlangan davlatlar kabi yo’llarni o’rganib chiqib, bizga mos keladiganini yurtimizda tadbiq qilishimiz shart va zarur.
II BOB. O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishda jahon tajribasi
2.1. O`zbekistonda yoshlar turizmi uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlili
Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiy jihatdan har tomonlama o’sib bormoqda.
Buni davriy iqtisodiy ko’rsatkichlarda ham ko’rishimiz mumkin. Mustaqillik yillarida yurtboshimiz tomonidan olib borilgan oqilona siyosat tufayli mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va samarali tarzda o’tib bo’ldi. Aynan, iqtisodiyotning siyosatdan ustun qilib belgilanganligi mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini kafolatlaydi.
Turizm – bevosita mijozlarga yuqori darajali xizmat ko’rsatishni talab qiladigan soha. Turizm sanoati mamlakatimiz miqyosida yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Ushbu sohaning dunyo miqyosida eng serdaromad ekanligini hisobga olib, O’zbekistondagi turistik imkoniyatning yuqori ekanligidan aytish mumkinki, iqtisodiyotimizda turizmning ulushi ortishi aniq. Ushbu soha serdaromadliligi jihatdan jahonda mashinasozlik va neft-gaz sohasidan keyin uchinchi o’rinda turib, mamlakatimiz YaIM dagi ulushi esa 2 % dan ko’ptoqni tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkich yurtimizdagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib baholanadigan bo’lsa, aytish kerakki bu raqamni yanada yuksaltirish mumkin.
O’zbekistonda turizmni har tomonlama rivojlantirish va qo’llab quvvatlash maqsadida mamlakatimiz hukumati tomonidan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2016-yil 2dekabrdagi “O’zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4861 – sonli farmonida quyidagi masalalar alohida belgilab o’tilgan:

  • Respublika hududida turizmni rivojlantirishni kompleks amalga oshirish, yangi turdagi maxsus turizm yo’nalishlarini tashkil qilish va ularni sayyohlarga taklif etish;

  • O’zbekistonda yangi turdagi joylashtirish vositalarini ko’paytirish. Jumladan, kempinglar, yo’l usti mehmonxonalari kabilar bularga misol bo’la oladi;

  • Mamlakatimizda o’z faoliyatini yo’lga qo’ygan yoki boshlash arafasida bo’lgan turizm faoliyati sub’ektlariga, xususan mehmonxona biznesi sohasida qo’shimcha imtiyozlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qo’llabquvvatlash;

  • tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun qo’shimcha xizmatlar sonini va sifatini oshirish. Asosan, axborot taqdim etish tizimini takomillashtirish va boshqalar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, yurtimiz turizmida mavjud qator muammolarni birin-ketin, samarali hal qilish orqali yaqin kelajakda yuksak natijalarga erishish imkoniyati mavjud bo’lib, quyidagi dolzarb muammolar shular jumlasidandir:

  • jahon tajribasidan foydalangan holda yangi turistik infratuzilma turlarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish;

  • xorijiy turistlarni mamlakatimizga jalb qilishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotda qo’llash;

  • sayyohlikka oid axborotlar to’plash va ijtimoiy statistika yuritish bo’yicha metodlar ishlab chiqish;

  • mamlakat aholisi o’rtasida turistik mafkura va madaniyatni yuksaltirish;

  • turizm sohasi uchun malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;

  • individual va rejasiz tashrif buyurayotgan sayyohlarga qo’shimcha qulayliklar yaratish va boshqalar.

Aynan yuqorida keltirilgan dolzarb muammolar tufayli turizmda ko’zlangan yuksak maqsadlar zabt etilmayabti va bunda bir qancha to’siqlar mavjud. Hozirgi kunda mutaxassislar tomonidan ushbu muammolarni bartaraf qilish maqsadida turli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ularning amaliyotga oqilona tadbiq qilinishi orqali rivojlanishning dastlabki bosqichlarini o’tash mumkin. Xususan, mamlakatimizda dunyoning yetakchi tajribalaridan foydalangan holda yoshlar turizmini joriy qilish orqali turli muammolarga samarali yechim toppish mumkin.
Yoshlar turizmi – bu sayohatning har xilligidir, bunda yoshlar bir maqsadda va dunyoni bilish istagi bilan o`zlarining o`rtoqlari bilan dam olishadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek: “Biz hozir faqat turizmni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan tuzilmaga doir masalalarni tasdiqladik. Bu choralar turizmning O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga qo‘shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar bilan kuchaytirilishi zarur” .
Darhaqiqat, respublikamizda yuqorida keltirilgan amalga oshirilgan islohotlar natijasida turizm sohasining jadal va barqaror rivojlanib borishi Buxoro viloyatida turizm sohasining alohida tarmoq sifatida keng taraqqiy qilib borishiga muhim zamin yaratdi. Bugungi kunga kelib, eng muhim ustuvor sohalardan biriga aylandi.
Chunki, turizm sohasi o‘z navbatida sayyohlik sohasining rivojiga bog‘liq bo‘lib, uning taraqqiyotini belgilovchi omil hisoblanadi. Bu borada olimlarning ta’kidlashicha, sayohat boshqa xalqlar haqida bilim beradi va masofaviy jihatdan uzoq bo‘lgan davlatlarni ham bir-biriga yaqinlashtiradi.
Shu bilan birga, turizm sohasi o‘z navbatida mehmondorchilik sohasi bilan birgalikda jahondagi xizmatlar, yalpi ichki mahsulot va investitsiyalarning tarkibidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Buni bevosita Buxoro viloyati turizmi sohasining statistikasi raqamlarida yaqqol kuzatish mumkin [4]. Jumladan, viloyatda 2016-yilda 2012-yilga nisbatan viloyatimizda sayyohlik tashkilotlari soni 36 tadan 72 taga yoki 2 barobarga oshgan. Shundan, mehmonxonalar soni 96 tadan 120 taga ko`payganUshbu raqamlar Buxoro shahrida 108 ta, G`ijduvon tumanida 4 ta, Kogon shahar va Kogon tumanida 6 ta va Shofirkon tumanida 2 ta mehmonxonalar mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, turoperator va turagentlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni 16 tadan 30 taga etib,deyarli 2 martaga oshgan..
Shular bilan birga, 2016-yilda 10 ta mehmonxona o‘z faoliyatini boshladi. Bu Buxoro shahrida 9 ta va G`ijduvon tumanida 1 taga to‘g‘ri keladi. Hamda 3 ta turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sayyohlik tashkilotlari ish boshlagan. Bugungi kunda chet el investitsiyasini jalb qilgan holda tashkil etilgan 5 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mehmonxonalardagi o‘rinlar soni 1477 tadan 2300 taga yoki 55 foizga oshdi.
Viloyatda turizm sohasidagi o‘zgarishlar hamda yangi ish o‘rinlarining yaratilishi natijasida bugungi kunda jami sayyohlik tashkilotlarida 450 nafardan ortiq xodimlar mehnat qilib kelmoqda.
Buxoro viloyatiga dunyoning 5 ta mamlakatidan eng ko‘p sayyohlar tashrif buyurdi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling