Reja: kirish I bob. Yoshlar turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari


Davlatning turizm sohasidagi siyosati


Download 0.72 Mb.
bet5/14
Sana26.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1655819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi

Davlatning turizm sohasidagi siyosati – bu turizm industriyasini va turizm bozori sub’ektlarini (turoperatorlar va turagentlar) rivojlantirish, fuqarolarga turizm xizmat ko‘rsatish shakllarini takomillashtirish hamda shu asosda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha davlat faoliyatidir.
Turizm siyosati O‘zbekiston Respubikasining barcha hududida amalga oshiriladi, avvalombor mintaqa alohida sub’ektlar darajasida, undagi mavjud bo‘lgan turizm bilan mintaqa iqtisodiyoti o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlatning turizm siyosati xalq xo‘jalik kompleksini rivojlantirish va konkret maqsadlarga erishish uchun turizm sohasi faoliyatiga davlat ta’sirining shakllari, usullari va ta’sir qilish yo‘nalishlari yig‘indisidan iborat.2
Turizmni rivojlantirishda boshqarish strategik tizimi samaradorligini oshirishga muayan choralarning kompleks ishlatilishini qo‘llash orqali erishish mumkin. Hozirgi paytda respublikada 20 dan ortiq mahalliy va respublika darajasida turizm rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda va yirik loyihalar qabul qilinmoqda.

1-rasm. Turizm sohasini davlat tomonidan boshqarishning yo’nalishlari3
Turizm faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • fuqarolarni dam olish, sayohatga chiqqanda harakatlanish erkinligi va boshqa huquqlarini ta’minlash;

  • tabiiy o‘rab turuvchi atrof-muhitni qo‘riqlash;

  • turistlarni sog‘lomlashtirish, tarbiyalash va ta’lim berishga yo‘nal-tirilgan faoliyatlar uchun shart-sharoitlarni yaratish;

  • fuqarolarni sayohatga chiqqanlardagi ehtiyojlarini ta’minlovchi turizm industriyasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, turizmga doir ob’ektlarni saqlab qolish, tabiiy va madaniy merosimizdan oqilona foydalanish.

Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib, ichki, kiruvchi, ijtiomiy va tashabbuskor turizm turlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hisoblanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling