Reja: kirish I bob. Yoshlar turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari


Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi


Download 0.72 Mb.
bet7/14
Sana26.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1655819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi

Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • turizm industriyasi sohasidagi munosabatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yaratish;

  • ichki va jahon turizm bozorlarida turizm mahsulotini siljitishga hamkorlik qilish;

  • turistlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni xavfsizligini ta’minlash;

  • turizm industriyasida standartlash, litsenziyalash, turizm mahsulotini sertifikatlash;

  • turizmni rivojlantirish manfaatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016- yil 2 - dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoninibajarish yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishiga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit kontseptsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

  • turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, O‘zbekiston Respublikasining turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;

  • ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;

  • turizm faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etilishini ta’minlash, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari va turizm ob’ektlari bo‘yicha yagona milliy reestrlarni shakllantirish;

  • turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda va turizm ob’ektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga yo‘naltirilgan turizm xizmatlari ko‘rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, turizm sohasida xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish hamda litsenziyalanadigan va sertifikatlashtiriladigan turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha inspektsiya nazoratini amalga oshirish;

  • turizm sohasini davlat tomonidan va bozor munosabatlari asosida tartibga solishni maqbullashtirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga qarshilik qilayotgan barcha g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;

  • turizm faoliyati sohasida birinchi navbatda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti, turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;

  • turizm faoliyati sub’ektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifat darajasida tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi barcha majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan xalqaro majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuzilmasida mustaqil bo‘linmalar sifatida:

tugatilayotgan «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi huzuridagi «Buyuk ipak yo‘li» reklama agentligi» davlat unitar korxonasi negizida «Milliy turizm mahsulotlarini targ‘ibot qilish markazi» davlat unitar korxonasi;
«Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» unitar korxonasi negizida
«Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» davlat unitar korxonasi;
«Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish markaziy boshqarmasi» davlat korxonasi negizida «Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish markazi» davlat unitar korxonasi;
«Respublika ilmiy-o‘quv konsalting markazi» davlat korxonasi negizida «Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi ga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 43 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasiga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasiga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda, xodimlarning shtatdagi belgilangan umumiy soni doirasida Qo‘mita markaziy apparati va hududiy boshqarmalar tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Qo‘mita huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlashga belgilangan tartibda yordam berildi.

Ekspertlar fikricha ushbu takliflarning amalga oshirilishi natijasida, turizm sohasidan kelib tushadigan daromad,keyingi 5 yil ichida 10barovarga oshadi,hamda xalqaro bozorda O`zbekiston turistik ilg`or davlatlar qatoriga kiradi.
Hozirgi 21-asrda iqtisodiyotning shiddat bilan rivojlanayotgan sohalaridan biri bu albatta turizm sanoatidir. Oxirgi 10 yillikdan ortiq yillar davomida ham jahonda ham mamlakatimizda bu soha sezilarli darajada o’zgarib, serdaromad manbaga aylanib bormoqda. Masalan turizmdan olingan umumiy daromad 2014-yilda
3.628.6 mlrd so’mga yetgan va bu YaIM ning 3.0% ni tashkil qilgan bo’lsa, o’z navbatida turizm sanoatida band ishchilar soni 379000 kishidan ortiqdir. Turizm iqtisodiyotimizning muhim sektori ekanligini anglagan holda, keyingi yillarda soha rivojlanishi uchun 2015-yil 10-martda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston
Respublikasida turizmni rivojlantirishning ayrim masalari to’g’risida” 53-son qarori tasdiqlandi.5 Bu qarorga binoan asosan 2 ta masala turistlar xavfsizligi nuqtai nazaridan ta’kidlab o’tildi.

  1. Turristlar O’zbekistonga kirishining holatini ko’rib chiqish, turistlarining vaqtinchalik qolishi va harakatini ko’rib chiqish O’zbekiston Respublikasi bo’ylab tarixiy va aholi yashash joylarida.

  2. Turistlar uchun kirish man qilingan turistik obyektlar va maydonlarning ro’yxatini qayta ko’rib chiqish.

2013-yilda BTT(Butunjahon turizm tashkiloti) tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida Turizmning yurtimizdagi holati va keyingi o’n yillikdagi ko’rinishi to’g’risida hozirgi kundagi potensialimiz va rivojlanishning statistik ma’lumotlarga tayanib taxminiy ma’lumotlar berildi. Bular quyidagilar:
1) Turizm sanoatining O’zbekiston YaIM ga qo’shgan bevosita hissasi:

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling