Reja: kirish I bob. Yoshlar turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari
Download 0.72 Mb.
|
O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo korxonalari
- Ishlab chiqaruvchi korxonalar
- 1.2. Yoshlar turizmini rivojlantirishda davlat ustuvorligi
Transport korxonalari – bu korxonalar ham turmahsulot tarkibidagi asosiy xizmatlardan biri bo‘lgan tashish xizmatlarini ko‘rsatishadi. Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‘rinlardan birini egallashi shubilan ifodalanadiki, barcha turistik yo‘nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun transport bo‘lishi tabbiy hol bo’lib qolmoqda.
Savdo korxonalari – turistik asbob-anjomlar va suvinerlarni sotishga mo‘ljallangan magazinlarni kiritishimiz mumkin. Bunday magazinlarda turistlar turizmning turiga qarab, masalan alpinism bilan shug‘ullanuvchilar o‘ziga zarur bo‘lgan anjomlarni sotib olishlari mumkin. Ishlab chiqaruvchi korxonalar – bu korxonalar bevosita turistik suvinerlar, mehmonxonalar uchun mebellar, turistik asbob-anjomlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishadi. Joylashtirish xizmatlarini taqdim qiluvchi korxonalar – Turizm industriyasining yana bir muhim tashkil etuvchisi bu turistlarni joylashtirish bo‘lib hisoblanadi. Joylashtirish - turizm industriyasining eng muhim elementlaridan biri hisoblanib usiz turizmni tasavvur etib ham bo‘lmaydi. Bu turistlarni qabul qilib olish va o‘z turistik resurslarini ishlatishdan qat’iy nazar va kata daromad olishga tashna bo‘lgan har qanday turistik mintaqa iqtisodiyotining eng muhim talabidir. Mehmonxona industriyasi insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy toyifaga xos bo‘lgan mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an’analaridan kelib chiqadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mutlaqo transit turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistik markaz va joylar mavjud. Lekin bu holda yaxshi foyda olish uchun turistik mahsulot tovarni tashkil qiluvchi xususiyatga ega bo‘lish kerak. 1.2. Yoshlar turizmini rivojlantirishda davlat ustuvorligi Mamlakatimizda turizm faoliyatiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy - huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmokda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taa’luqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining va boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo‘riqnoma, ko‘rsatma va tartiblari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda. Davlatning turizm sohasidagi siyosati davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling