Darsning maqsadi: Gavda muskullari va uni tashkil qiluvchi orqa muskullarni tuzilishi, joylashishi hamda vazifasini o`rganish.
Kerakli asboblar: planshet, mulyaj, tablitsa, qog`oz, qalam, chizg`ich, o`chirg`ich.
Ishning borishi: Laboratoriya darsi davomida talabalarga gavda muskullari hamda aniq bilim va ko`nikma hosil qilinadi. Buning uchun avvalo ma’ruza darsida o`tilgan asosiy dalillar keltiriladi. So`ngra talabalar bilimlarini amalda qo`llab, ushbu yuqorida keltirilgan gavda muskullarining barchasini ketma-ket yozib, o`lchamlari olinib, rasmlari chiziladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Gavda muskullarini joylashgan o`rniga qarab ketma- ket yozing.
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. Ko`krakning yuza mushaklari.
2. Qorinning mushaklari.
3. orqa yuza mushaklari.
2-ish. Yelka kamari muskullarining tuzilishi va birikishi.
Nazariy tushuncha. Yelka kamari muskullarini oltita muskul tashkil etadi bular quyidagilar:1. Del’tasimon muskul ko`krak o`simtasi akromial o`simta o`mrov suya-gidan 3 qism bilan boshlanib, yelka suyagining g`adir-budir joyiga birikadai.
Muskulning oldingi qismi yelkani bukadi. Orqa qismi – yelkani gorizontal sathgacha ko`taradi. O`rta qismi-yelkani rostlaydi.2. Qirra ustki muskul kurakning shu nomli chuqurchasidan boshlanadi va yelka gumbazi ostidan o`tib, yelka suyagini katta dumbog`iga birikadi. Yelkani chetlashtiradi va deltasimon muskul o`rta dastalarini bo`lib hisoblanadi.
3.Qirra osti muskuli kurakning shu nomli chuqurchasidan boshlanib, yelka suya-gining katta dumbog`iga beriladi, yelkani tashqariga qarab buraydi.4.Kichik dumbaloq muskul kurakning tashqi chetidan boshlanadi va yelka suyagini katta dumbog`iga birikadi: yelkani tashqariga qarab buraydi.5.Katta dumaloq muskul kurakning tashqi chetidan yelka suyagi kichik dumbog`ining qirrasiga boradi. Yelkani pastga va orqaga tortib, shu bilan uni ichkariga qarab buraydi.6.Kurak osti muskuli kurakning shu nomli chuqurchasini boshdan oyoq egallab turadi va yelka suyagining ichki dumbog`iga biri-kadi.Yelkani ichkariga qarab buraydi, yelka bo`g`imining xaltasini tarang tortib hara-katlar vaqtida uning qisilib qolishiga to`sqinlik qiladi(3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |