Reja: Ko’krak qafasining yopiq shikastlanishi
Download 63.5 Kb.
|
KO\'KRAK MUSHAKLARI. DIAFRAGMA. ULARNING YOSHGA QARAB O’ZGARISHI. QORIN MUSHAKLARI. QORIN TO’G’RI MUSHAGI QINI. OQ CHIZIQNI HOSIL BO’LISHI. CHOV KANALI. ULARNING YOSHGA QARAB O’ZGARISHI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar
Darsning maqsadi: Yelka kamari muskullariga kiruvchi muskullarni tu-zilishi, birikishi, vazifasi hamda joylashgan o`rnini o`rganish.
Kerakli asboblar: planshet, mulyaj, tablitsa, plakat, qog`oz, qalam, o`chirg`ich. Ishning borishi: Yelka kamari muskullari ma’ruza darsidan foydalangan holda tu-shuntiriladi. Buning uchun plakat, maket, planshet, mulyajlardan foydalangan holda yel-ka kamari muskullari talabalarga tushuntiriladi.So`ngra talabalar olgan aniq ma’lumot-larga tayangan holda yuqorida keltirilgan muskullarni lotincha nomi va ularni joylash-gan o`rni birma-bir aytiladi. Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Yelka kamari muskullarini daftaringiz-ga ketma-ket yozing. Yuqorida keltirilgan muskullar bor rasmlarini al’bomingizga chizing. Qo`lning erkin muskullarini tuzilishi, birikishi va funksiyasi. Nazariy tushuncha. Erkin qo`l muskullari yelka, bilak va panja muskullariga bo`-linadi. Yelka muskullari muskullarning oldingi guruhi va muskullarning orqa guruhiga bo`linadi. Oldingi guruhga 3 ta muskul kiradi. Yelkaning ikki boshli muskuli ikkita boshcha bilan: uzuni-kurak bo`g`in chuqurchasining ustki chetidan va kaltasi kurakning tumshuqsimon o`simtasidan boshlanib, yelka suyagining dumbog`iga umumiy pay bilan birikadi. Bu muskul yelka va bilakni tirsak bo`q`imida bukadi, bilakni tashqariga buraydi, supinatsiya qiladi. Tumshuqsimon yelka muskuli - yelkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi. Yelka muskuli - yelkaning ikki boshli muskuli tagida joylashgan yelka suyagidan boshlanadi, tirsak suyagining dumbog`iga birikadi. Tirsak bo`g`imida bilakni bukadi.Yelkaning uch boshli muskuli uchta boshcha bilan boshlanadi. Umumiy payga tirsak o`simtasiga birikadi. Bilakni yozadi. Tirsak muskuli-kichik, uchburchak shaklda bo`lib, yelka suyagini tashqi o`sim-tasidan boshlanadi va tirsak suyagiga birikadi. Bilakni yozishda qatnashadi. Bilak muskullari o`zining olgan o`rniga ko`ra oldingi va orqa guruhlarga bo`linadi. Oldingi guruh muskullari asosan yelka suyagining ichki o`simtasidan boshlanadi va ikki qavat - yuza hamda chuqur qavat bo`lib joylashgan.Vazifasi jihatidan bular qo`l panjasi barmoqlarni bukuvchilar hamda pranatorga bo`linadi. Orqa muskullarning ko`pchiligi yelka suyagining tashqi o`simtasidan boshlanib, bular ham ikki qavat- yuza va chuqur qavat bo`lib, joylashadi, vazifasi jihatdan esa qo`l panjasi va barmoq-larni yozuvchilar hamda supenatorga bo`linadi. Oldingi guruh muskullari qo`l panjasi va barmoqlarni bukadi, bilaklarni ichkariga bukadi, shuningdek yelka muskullari bilan birgalikda bilakni tirsak bo`g`imida buka-di. Orqa guruh muskullari qo`l panjasi va barmoqlarni yozadi, bilakni tashqariga buraydi, yelka muskullari bilan birgalikda bilakni yozishda ishtirok etadi. Panja muskullari: panjani faqat kaft yuzasida joylashgan. Ular uch guruhga bo`linadi: bosh barmoq dumbaymasi guruhi, kaft chuqurchasidagi muskullar guruhi yoki o`rta guruhi va jimjiloq dumbaymasi muskullaridan iborat. Shunday qilib, panja barmoqlari xususan bosh barmoq o`z muskul apparatiga ega bo`lgani tufayli, katta haraktchanlikni kasb etadi va xilma-xil harakatlarni, jumladan maksimal bukish va yozish harakatlarni bajara oladiki, bu–ish vaqtida nihoyatda muhim. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling