Reja: Liderga qo’yiladigan zamonaviy talablar
Madaniyat, tashkilot, korporativ madaniyat
Download 34.85 Kb.
|
Tashkilot madaniyati tushunchasi va mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsiologik ta’riflar
- Tarixiy ta’riflar
- Me’yoriy ta’riflar
- Psixologik ta’riflar
3. Madaniyat, tashkilot, korporativ madaniyat.
“Madaniyat” kabi tushunchani ta’riflash oson emas. Madaniyat – bu insonlarni birlashtiruvchi narsa. Madaniyat yoki sivilizatsiya keng ma’noda – bu bilimlar, tasavvurlar, san’at, axloq, qonun, an’analar, shuningdek, jamiyat a’zosi sifatida inson o’rgangan qobiliyatlar va odatlar yig’indisidir.Madaniyat – bu insonlarning ma’lum guruhiga mansub bo’lgan hayotning betakror tarzidir. Madaniyat – bu muloqot orqali beriladigan bilimlar, jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilinadigan hamda ularning jamoat tuzilmalarida aks ettiriladigan odob qoidalaridir. Madaniyat – bu moddiy fenomen emas, u buyumlar, insonlar, axloq yoki hissiyotlardan tarkib topmaydi. Madaniyat – bu inson tafakkuridagi buyumlar haqida tasavvurlar, qabul qilish modellari va mazkur buyumlarning o’zaro bog’liqligini anglash degani. Madaniyat – bu shunday narsaki, unga mazkur ijtimoiy guruhning barcha yoki deyarli barcha a’zolari mansub bo’lib, uni kattalar kichkinalarga beradilar, bu narsa mazkur ijtimoiy guruhni dunyo haqidagi tushunchasini va xulqini shakllantiradi. Eng muhimi, bizning hissiyotlarimiz, fikrlarimiz, axloqimiz tasodifiy emas, balki milliy madaniy meros hamda tarixiy rivojlanishning natijasidir. Bularning hammasini biz boshqa madaniyatlar namoyandalari bilan uchrashganimizda his etamiz. Madaniyat- bu birgalikdagi tajriba (milliy, etnik, diniy) bo’lib, umumiy til, muloqot tarzi, urf-odatlar, e’tiqodlar, tasavvurlar va boyliklarda aks ettiriladi. Ushbu mavzuda “madaniyat” tushunchasi san’at, musiqa, adabiyotni o’z ichiga olmaydi. Mazkur tushunchaning 250 tadan ortiq ta’rifi berilgan. Bulardan: Sotsiologik ta’riflar - bunda madaniyat ijtimoiy hayotining omili, insonlarni jamoat faoliyatini ta’minlaydigan g’oyalar, tamoyillar, ijtimoiy institutlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Masalan, “Madaniyat – bu inson shaxsiyatining ijtimoiy jihatini o’zlashtirilgan va o’rganilgan axloq nuqtai nazaridan belgilovchi omildir. Madaniyat va uni qabul qilgan shaxs o’zgaruvchan bo’lib, ikkalasi ham shart-sharoit hamda vaqt ta’sirida o’zgaradi”. “Madaniyat – bu aqlning jamoat dasturlash bo’lib, insonlarning bir kategoriyasini boshqasidan ajratib turadi”. Tarixiy ta’riflar – madaniyat, jamiyat tarixining mahsuli bo’lib, inson o’rgangan tajribasini avloddan - avlodga berish yo’li bilan rivojlanadi. Masalan, “madaniyat – bu birgalikdagi faoliyat natijasi bo’lib, madaniyatni asosiy tarkibiy qismlari – bu insonlarni aniq belgilangan guruhi hamda ular turmushining ma’lum tarixi hisoblanadi. Madaniyat shunday usullarni belgilaydiki, ularning yordamida turli jamiyatlar ma’qullangan axloq me’yorlarini andazalashtiradilar, shuningdek, jamiyat axloqni nomuvofiq modellarini qabul qilmaydigan usullarini ham”. Me’yoriy ta’riflar – ularga ko’ra madaniyat mazmunini insonlar hayotini tartiblashtiruvchi me’yorlar va qoidalar tashkil qiladi. Masalan, madaniyat – “bu insonlar tomonidan inson ahloqi va faoliyatining tabiiy shakllariga qo’shimcha ravishda tashkil qilingan sun’iy tartib va obyektlar, olingan bilimlar, o’zligini anglash hamda atrofdagi olamni ramziy belgilash jamlamasidir. Yana bir ta’rifga ko’ra, madaniyat – bu qabul qilish, tasavvur etish, baholash va harakat uchun bilimlar hamda me’yorlar tizimidir”. Psixologik ta’riflar - ular madaniyatni insonlarning ahloq psixologiyasi bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Masalan, “madaniyat – bu hayot tarzi bo’lib , biz unda yashaymiz, o’ylaymiz, his qilamiz va bir-birimiz bilan so’zlashamiz. Bu bir guruh insonlarni birlashtiruvchi “elim”dir. Bu jamiyatda insonlar xudqini boshqaradigan dastur bo’lib, ulardan nima kutilishini hamda ushbu kutish o’zini oqlamasa, nima sodir bo’lishini tushunishga yordam beradi. Madaniyat insonlarning maxsus guruhini mazkur vaqt mobaynida ta’riflaydigan g’oyalar, odatda, ko’nikmalar, usullar sifatida ko’rish mumkin”. Download 34.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling