Reja: Liderga qo’yiladigan zamonaviy talablar


Download 34.85 Kb.
bet4/8
Sana11.02.2023
Hajmi34.85 Kb.
#1189934
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tashkilot madaniyati tushunchasi va mohiyati

Didaktik ta’riflar – madaniyat inson o’rgangan narsasi (genetik asosda o’tgan emas). Masalan, “Madaniyat insonlarga xos bo’lgan va ularning xulqini belgilaydigan yuksak maqsadlar, boyliklar hamda hayot haqida tasavvurlardan iboratdir. Madaniyat bolalikdan tarbiyalanadi va o’zlashtiriladi hamda avloddan – avlodga o’tadi”.
Antropologik ta’riflar – madaniy antropologiya o’rganadigan predmetidir. Masalan, “Madaniyat – bu turmushni barcha sohalarida inson jamiyatining faoliyati natijalari hamda millat, sinf, insonlar guruhining ma’lum vaqt mobaynida turmush tarzini belgilaydigan barcha omillarning (g’oyalar, e’tiqod, odatlar, an’analar) jamlanmasidir”.
Madaniyatning ta’riflari ko’p bo’lishiga qaramasdan, uchta umumlashtiruvchi qoida mavjud:
1). Madaniyat – bu tug’ma emas, o’rganilgan narsa;
2). Madaniyatni har xil ko’rinishlari o’zaro bog’liqdir;
3). Jamiyatning barcha a’zolariga yagona madaniy boyliklar xosdir va aynan madaniyat har xil ijtimoiy guruhlar chegarasini belgilaydi.
Madaniyatni barcha ta’riflaridan mazkur tadqiqotda qo’llanadigan qoidalarni tanlab olamiz:
* madaniyat – bu inson hayotining betakror hodisasidir, inson jamiyati yoki ijtimoiy guruhi o’ziga xos madaniyatsiz mavjud bo’lmaydi;
* madaniyat – insonlarni birgalikdagi hayotiy faoliyatining mahsulidir;
* madaniyat ijtimoiy maqsadlar, boyliklar, qoidalar, odatlar, andozalar tizimida namoyon bo’ladi;
* madaniyat genetik asosda meros bo’lmaydi, balki o’rgatish usuli bilan o’zlashtiriladi;
* insoniyat yagona ijtimoiy jamoa hisoblanmaydi, insonlarning turli populyatsiyalari turli xildagi milliy, etnik, mintaqaviy, ijtimoiy madaniyatlarni yaratdilar;
* madaniyat o’zgaruvchan bo’lib, o’zini o’zi rivojlantirish va o’zini o’zi yangilashga, insonlar manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishning yangi shakl hamda usullarini yaratishga qodir;
* madaniyat insonlarni jamoat hayotiy faoliyatining mahsuli bo’lsa ham, uning amaldagi yaratuvchilari va bajaruvchilari bo’lib alohida shaxslar hisoblanadi;
* til va madaniyat yaqindan bog’liq va o’zaro ta’sir ko’rsatadi, madaniyat ko’proq til orqali o’tadi, madaniy madellar esa, o’z navbatida, tilda aks ettiriladi;
* madaniyat jamiyat va uning a’zolari o’zlarini namoyon qilishlari uchun, jamoa hamda uning a’zolari o’zining guruhiy va shaxsiy o’zligini anglashlari, “o’zini” va “begona”larni farqlash uchun xizmat qiladi.
Keng ma’noda “madaniyat” – bu sivilizasiyadir, masalan g’arb yoki sharq madaniyatidir. Undan keyin mamlakatlar yoki millatlar, masalan, amerika yoki rus madaniyati turadi. Har bir mamlakat ichida etnik madaniyatlar ajratiladi. Professional madaniyati ham bo’lishi mumkin. Har bir nisbatan ijtimoiy guruh o’z madaniyatini yaratadi. Demak, madaniyat insonni yashash muhiti hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida madaniyat – har bir tashkilotni yashash muhiti hamda ajralmas qismi hisoblanadi.
Tashkilot nima degani? “Tashkilot – bu insonlarni mustahkam birlashmasining shakli bo’lib, ular ma’lum guruh maqsadlarni ko’zlab, ular bilan bog’liq manfaat va ehtiyojlarni qondiradilar”. Tashkilot a’zolarining soni turlicha bo’lishi mumkin: 3- 4 tadan bir necha mingtagacha. Asosiysi – ushbu insonlarni aniq tuzilma va yagona maqsad birlashtiradi.



Download 34.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling