Reja: Loyihalashning umumiy qoidalari va ishlash davomiyligi


 Foydalanish ishonchliligi


Download 467.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi467.17 Kb.
#1479006
1   2   3
Bog'liq
6-Mavzu. Avtomobilsozlikda loyihalash qoidalari va uslublari

2. Foydalanish ishonchliligi. 
Mashinaning ishonchliligi quyidagi belgilardan yig’ilgan:yuqori ishlash 
davomiyligi, to’xtovsiz ishlash, falokatsiz ishlash, ish jarayonining ustivorligi, 
xizmat ko’rsatishning sodda va qulayligi, ta'mirlararo vaqtning uzoqligi va 
ta'mirlash ishlari hajmining ozligi.
Ishonchlilikni aniqlaydigan belgilar ko’p bo’lganligi uchun yagona mezon 
o’rnatish ancha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Ko’pchilik xollarda ishonchlilikni 
aniqlashdamashina nosozliklaridan kelib chiqadilar. 
Mashinaniishonchliligininosozliklar chastotasi, nosozliklar oralig’ida 
mashinani to’xtovsiz ishlashi, xizmat muddatida nosozliklar chastotasini o’zgarish 
qonunlari, nosozliklarni og’irlik darajasi, nosozliklarni bartaraf qilishdagi 
ishlarning narhi va vaqti bilan tavsiflash mumkin. 
Nosozliklar og’irlik darajasi bo’yicha yengil, o’rta va og’ir nosozliklarga 
bo’linadi. 
Yengil nosozliklar - xizmat ko’rsatuvchi xodim tomonidan bartaraf qilinishi 
mumkin bo’lgan nosozliklar. 
O’rta nosozliklar - mashinani bir muncha vaqt to’xtatishga, qisman 
bo’laklarga bo’linishi, detal almashtirishni, ta'mir xizmatini jalb qilinishi talab 
qilinadigan nosozliklar. 
Og’ir nosozliklar - mashinani muhim qismlariga tegishli va uni uzoq vaqt 
to’xtatishga sabab bo’ladigan xalokatli to’xtatishlar. 
Vujudga kelishi bo’yicha konstruktiv, texnologik deffektli, noto’g’ri 
foydalanishdan va tasodifiy nosozliklarga bo’linadi. 
3. Loyihalash uslublarida boshlang’ich ma’lumotlar. 
Loyihalash uchun quyidagilar boshlang’ich ma'lumot bo’lishi mumkin: 
buyurtmachi tomonidan berilgan mashinaning ishlash sharoitini va jarayoni 
o’lchamlarini belgilaydigan texnikaviy topshiriq (ilmiy) konstruktorlar guruhi yoki 
loyiha tashkilotlari tomonidan ilgari surilgan texnikaviy topshiriq, ilmiy tadqiqot 
yoki uning tajriba natijalari asosida yaratilgan na’munaviy mashina, ixtirochilik 
taklifi yoki uning tajriba natijalari asosida yaratilgan na'munaviy mashina, 
ko’chirish yoki o’zgartirishlar bilan ishlab chiqariladigan xorijiy mashina. 
Birinchi hodisa ko’proq umumiy bo’lib loyihalash jarayonida kuzatish 
mumkin. Texnikaviy topshiriqlarga tanqidiy nazardan yondashish kerak



konstruktor mashina ishlaydigan sohani yaxshi bilishi lozim. U topshiriqni 
tekshirib ko’rishi va kerak bo’lsa o’zgartirishlar kiritishi lozim. 
Tanqidiy yondashish buyurtmachialohida zavod yoki sanoat tarmog’i bo’lsa 
juda 
zarurdir, 
chunki 
buyurtmachiningtalablarini 
qondirishdan 
tashqari, 
loyihalangan mashinani boshqa zavod va qo’shni tarmoqlarda ham qo’llanilishini 
ta'minlash kerak. 

Download 467.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling