Reja: Magnit maydoni va uni xaraktyerlovchi kattaliklar. Bio-Savar-Laplas qonuni va uning qo’llanilishi. Magnit maydonni tokli o’tkazgichga ta’siri. Ampyer kuchining tadbiqi. Tokli o’tkazgichning o’zaro ta’siri
Download 0,56 Mb. Pdf ko'rish
|
17-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnit maydonni zaryadlangan zarraga ta’siri. Lorenst kuchi.
- Zaryadli zarralarning magnit maydondagi harakati.
13.6-rasm. V vektorning dS sirt orqali oqimi yoki magnit oqimi deganda dF B =B n dS B I dS n в 160 kattalik tushuniladi. Mazkur munosabatdan foydalanib magnit oqimining SI dagi birligi-vebyer (Vb) ni aniqlash mumkin: 1 Vb – magnit indukstiyasi 1Tl bo’lgan bir jinsli magnit maydonda maydon yo’nalishiga pyerpendikulyar ravishda joylashgan 1 m 2 yuzli yassi sirtni teshib o’tadigan magnit oqimdir. Magnit maydonni zaryadlangan zarraga ta’siri. Lorenst kuchi. Yuqorida magnit maydondagi tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch bilan tanishdik. Bu kuchning vujudga kelishini Lorenst quyidagicha tushuntirdi: o’tkazgichda tok tashishda qatnashib tartibli harakat qilayotgan zaryadlarga magnit maydon ta’sir etadi. Lekin bu zaryadlar o’tkazgich sirti bilan chegaralangan hajm ichida harakat qilayotganliklari uchun ularga magnit maydon tomonidan ta’sir qilayotgan kuchlarning yig’indisi tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun Ampyer qonunini ifodasidan foydalanib magnit maydonda harakatlanuvchi zaryadga ta’sir etuvchi kuchni topish mumkin. Bu kuch Lorenst kuchi deb ataladi va bu kuchning matematik ifodasi quyidagicha: F l =Buq sina Lorenst kuchining yo’nalishi ham chap qo’l qoidasi asosida topiladi. Lekin bu yo’nalish musbat zaryadli (q 0) zarralarga magnit maydonda ta’sir etuvchi kuchning yo’nalishi bo’ladi. Manfiy zaryadli (q 0) zarraga ta’sir etuvchi kuchning yo’nalishi esa qrama-qarshi bo’ladi. Lorenst kuchi zarraning harakat yo’nalishiga pyerpendikulyardir. Shuning uchun Lorenst kuchi ta’sirida yo’nalishi o’zgaradi holos. Zaryadli zarralarning magnit maydondagi harakati. Bir jinsli magnit maydonga u tezlik bilan kirgan zaryadli zarraning harakati qanday bo’ladi? Mazkur savolga javob byerish uchun, (5) munosabatga asoslanib, quydagi hollarni muhokama etaylik. Zaryadli zarraning harakati magnit maydon indukstiyasi chiziqlari bo’ylab sodir bo’layotgan holda u va B vektorlar orasidagi burchak 0 yoki ga teng. Zyero, (5) formulaga asosan, F l =0. Demak, mazkur holda magnit maydon zaryadli zarraga tasir etmaydi, zarra magnit maydonda to’g’ri chiziqli tekis harakatini davom ettiravyeradi. 161 Zaryadli zarra B chiziqlariga pyerpendikulyar ravishda magnit maydonga kirgan holda u va B orasidagi burchak /2 ga teng. Shuning uchun zarraga ta’sir etadigan Lorenst kuchining yo’nalishi doimo tezlikka pyerpendikulyar, moduli (F l =quB) o’zgarmaydi. Bunday kuch ta’sirida zarra aylana bo’ylab harakatlanadi. Aylana radiusi R ni quB=mu 2 /R tenglikni echib topish mumkin. R=mu 2 /qB Bundagi m-zarraning massasi, q-zarraning zaryadi. Zarraning bir marta to’liq aylanishi uchun ketgan vaqt B qlm qB mu u u R T ) ( 2 2 2 Zarraning aylanish davri deb ataladi, u zarraning solishtirma zaryadi (q/m) va maydonning magnit indukstiyasiga bog’liq zaryadning tezligiga esa mutlaqo bog’liq emas. 3. Zarra tezligi magnit maydon yo’nalishi bilan ixtiyoriy burchak tashqil etsin. Bu holda tezlik vektori u ni ikki tashqil etuvchiga – B bo’ylab yonalgan u 11 va B ga pyerpendikulyar ravishda yo’nalgan u 1 ga ajratish mumkin. Zyero, zaryadli zarra u 11 tufayli magnit indukstiya chiziqlari bo’ylab to’g’ri chiziqli tekis harakatda, u 1 tufayli esa maydonga pyerpendikulyar tekislikda aylana bo’ylab tekis harakatda qatnashadi. Bu ikki harakatning supyerpozistiyasi (qo’shilishi) zarra harakatini tasvirlaydi: o’qi magnit maydonga parallel bo’lgan vintsimon spiral chiziq bo’yicha zarra harakatlanadi. Download 0,56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling