162
Harakatlanayotgan zarralarga magnit maydon ko’rsatadigan ta’sirdan
siklik
tezlatgichlar
(stiklotron,
stinxrotron,
stinxrofazotron),
magnitogidrodinamik
genyeratorlarda foydalaniladi. Stiklotronning asosiy qismi-kuchli elektromagnitdir, bu
elektromagnitning qutblari orasida yassi stilindrik vakuum kamyera joylashgan.
Kamyera duant deb ataladigan D-simon ikki bo’lak D
1
va D
2
dan iborat. Duantlar
elektrodlar vazifasini ham o’taydi. Ular o’zgaruvchan kuchlanishli
yuqori chastotaviy
genyeratorning qutblariga ulangan. Shuning uchun duantlar
navbatma-navbat goh
musbat, goh manfiy zaryadlanib turadi. Elektr maydon faqat duantlar oralig’idagi
tirqishdagina mavjud bo’ladi. Tezlatilishi lozim bo’lgan
zaryadli zarralar kamyeraga
maxsus qurilma (rasmda S deb belgilangan) oraliq kiritiladi.
Kamyeraga kiritilgan musbat zaryadli zarra darhol
manfiy zaryadlangan duant
tomon tortiladi. Duant ichida zarraning harakati yo’nalishiga pyerpendikulyar bo’lgan
magnit maydon zarrani aylanaviy orbita bo’ylab harakatlanishga majbur qiladi (chunki
bu yerda zarraga Lorenst kuchi ta’sir qiladi). Zarra yarim aylanani bosib o’tgach, yana
duantlar oralig’idagi tirishga etib keladi. Lekin o’tgan
vaqt ichida elektr maydon
yo’nalishini o’zgartirgan bo’ladi. Shuning uchun zarra ikkinchi
duant tomon tortilib
tezlashadi. Ikkinchi duant ichida yarim aylanani bosib o’tadi va yana tirishga etib keladi.
Bu yerda uchinchi marta tezlashadi va hakozo. Har safardan so’ng zarraning tezligi va
orbitasining radiusi ortib boradi. Zarraning traektoriyasi rasmda ko’rsatilgan.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
43.
Douglas C. Giancoli. Physics principles with applications.2014
44. S.P. Strelkov. Mexanika. Toshkent.: O’qituvchi. 1977.
45. I.V. Savelev . Umumiy fizika kursi. 1 tom. Moskva. : Astrel. 2004.
46.
http://www.quantumatomica.co.uk/download. html
47.
http://school-collection.edu.ru
48.
http://phet.colorado.edu./
49.
http://www.falstad.com/mathphysics.html
Do'stlaringiz bilan baham: