Reja: mavzu: мurakkab psixik jarayonlar хоtira haqida tushuncha Таfakkur haqida tushuncha


Download 336.83 Kb.
bet10/17
Sana16.06.2023
Hajmi336.83 Kb.
#1505414
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
3-mavzu. Murakkab psixik jarayonlar

Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bogʻlanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish jarayonidir.
Klassifikasiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga oʻxshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom ogʻirligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. Oʻrganish uchun qulaylik tugʻdirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda koʻpchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga boʻlishga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga boʻlish klassifikasiyalash yoki turkumlarga boʻlish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar muqovasiga va shu kabi boshqa belgilariga qarab turkumlariga boʻlish mumkin.
Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan oʻrniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa oʻtkazilishi, makoniy tizimga namuna boʻla oladi.
Tafakkur shakllari va turlari
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Hukmlar
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Hukmlar ob’ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato boʻladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan oʻzaro bogʻliq boʻlgan belgilar, alomatlar hukmlarda bogʻliq ravishda koʻrsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib koʻrsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini oʻtkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini oʻtkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir.
Moddiy olamda haqiqatdan bogʻliq boʻlmagan narsa hukmda bogʻliq qilib koʻrsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida yomgʻir yogʻyapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga boʻlinishi mumkin:

Download 336.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling