Hukmlar sifatiga koʻra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;
Hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukmga;
Hukmlarning munosabatiga koʻra: shartli, ayruvchi, va qat’iy hukmlarga;
Hukm taxminiy koʻrinishga ega boʻlishi ham mumkin.
Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechogʻlik muhim boʻlishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga bogʻliq. Masalan, ertaga yomgʻir yogʻishi mumkin.
Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechogʻlik muhim boʻlishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga bogʻliq. Masalan, ertaga yomgʻir yogʻishi mumkin.
Yakka, yolgʻiz narsa va hodisa toʻgʻrisidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Masalan, Toshkent - Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtidir.
Belgining biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm juz’iy hukm deb ataladi. Masalan, ba’zi metallar elektr tokini oʻtkazmaydilar.
Bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi toʻgʻrisida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi. hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Agar oʻquvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni oʻzlashtira olmaydi.
Hukmda narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta unga tegishli boʻlsa, bunday hukmga ayiruvchi hukm deb ataladi. Masalan, jismlar yo qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda boʻladi.
Xulosa chiqarish
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bogʻlanishi natijasida hosil boʻlgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm boʻlib, ikkinchi hukm yakka hukm boʻladi.
Xulosa chiqarish uch turga boʻlinadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |