Reja: mavzu: мurakkab psixik jarayonlar хоtira haqida tushuncha Таfakkur haqida tushuncha


Download 336.83 Kb.
bet7/17
Sana16.06.2023
Hajmi336.83 Kb.
#1505414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
3-mavzu. Murakkab psixik jarayonlar

Esda olib qolish jarayonida oʻzlashtirilayotgan materialning ma’noga ega boʻlishi yoki boʻlmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi boʻlib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon boʻlgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng koʻlamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yoʻnalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof" koʻrinishda oʻrganishga harakat qilib ma’no kasb etmaydigan boʻgʻinlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qoʻllanishiga xos toʻgʻri yoʻnalishdir.
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (oʻz-oʻzini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qoʻyilgan ilmiy tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda oʻz oldiga 38 ta ma’no anglatmaydigan boʻgʻinlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qoʻygan. Bu materialni oʻzlashtirish oʻrtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 soʻzdan, 11 ta soʻz oʻzaro bogʻliq boʻlmagan soʻzlardan foydalangan. Bu materialni oʻzlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 / 1 nisbatga toʻgʻri keladi
Esga tushirish va uning turlari.
Oʻtmishda idrok qilingan narsalar, his-tuygʻu, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya poʻstida ilgari hosil boʻlgan nerv bogʻlanishlarning qoʻzgʻalishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma’lum vaqt oʻtkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq boʻlishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam koʻzimizga issiq koʻrinadi, lekin uni qaerda koʻrganimizni eslay olmaymiz. Toʻliq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol oʻynaydi. Masalan, biz bir kishini koʻrib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini
eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan, boʻlib oʻtgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq boʻladi. Masalan, biz she’rni yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon oʻqiganimizni eslay olmaymiz. Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni koʻrib, uning savolini oʻqib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol oʻynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan, she’rni yod olganimizda bir necha satrni oʻqigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya’ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra koʻzdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning koʻlami aniqlanadi.

Download 336.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling