Reja: mavzu: мurakkab psixik jarayonlar хоtira haqida tushuncha Таfakkur haqida tushuncha


Download 336.83 Kb.
bet9/17
Sana16.06.2023
Hajmi336.83 Kb.
#1505414
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
3-mavzu. Murakkab psixik jarayonlar

Analiz va sintez oʻzaro bevosita mustahkam bogʻlangan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan boʻlsa, uni sintez qilib boʻlmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash - shunday bir tafakkur jarayonidirki, bu jarayon vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga oʻxshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta’kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning oʻziga juda oʻxshash boʻlgan narsalardan tafovutini topingiz va uning oʻzida juda uzoq boʻlgan narsalar bilan oʻxshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz".
Abstraksiya - shunday fikr tafakkur jarayonidirki, bu jarayon yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim boʻlmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraksiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi, alomatning oʻzi tafakkurning mustaqil ob’ekti boʻlib qoladi. Abstraksiya jarayoni tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor toʻgʻrisida emas, balki devorning ogʻligi toʻgʻrisida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin.
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, oʻxshash muhim belgilarning shu narsalar toʻgʻrisidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi boʻyicha yagona yoʻnalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga boʻlib oʻrganadilar. Shuningdek, maktab ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish toʻgʻrisida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta’limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qoʻllashni tavsiya etmoqdalar. Ammo oʻquv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi.

Download 336.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling