Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini longityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan.
Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bog‘liq emasligini boshqa tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir.
Intellekt tushunchasi psixologiyada aqliy iste’dod yoki qobiliyat deb yuritiladi. Chet el psixologiyasida qobiliyatni iqtidor jihatdan o‘lchash uchun xarakterlar berish intellekt tushunchasi kiritilgan. O‘z davrining yirik psixologlari hisoblangan Kettl, Termen, Spirmen va boshqalar XIX asrning oxiri va 20 asrning boshlarida inson qobiliyati darajasini o‘lchash uchun turli xarakterdagi intellektual testlarni ishlab chiqarganlar.
Intellektual testlar AQSH Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarida o‘quvchilarni saralashda harbiy xizmatga va havo flotiga kadrlarni rahbarlik lavozimiga kishilarning loyiqligini aniqlashda intellektual testlardan foydalanilgan. Hozirgi davrda o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida qabul qilish protsessida kiruvchilar saviyasini aniqlashda testlar tadbiq qilinmoqda. Bundan tashqari testlar intellektlarni o‘lchash qobigʻidan tashqari chiqib inson bilish protsesslari shaxslarning xususiyatlarini va holatlarini o‘rganishga ham ishlatilmoqda. Intellektual testlar yordamida aniqlash uchun aqliy iste’dod koeffitsiyenti hisoblab chiqariladi va uni « IQ » deb belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |