Reja: mavzu: мurakkab psixik jarayonlar хоtira haqida tushuncha Таfakkur haqida tushuncha


Download 336.83 Kb.
bet14/17
Sana16.06.2023
Hajmi336.83 Kb.
#1505414
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3-mavzu. Murakkab psixik jarayonlar

Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo boʻlishi va ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson fikr yurityaptimi yoki yoʻqmi buni bilish qiyin, vaholanki, u oʻzicha goʻyo savollarga javob topadiganday, shirin his-tuygʻularni boshdan kechirayotganday boʻladi, shuning uchun koʻpincha "tilimning uchida turibdi" deyiladi. Odamlar qandaydir matn yoki muammo, masala ustida bosh qotirib, oʻtirganlarida fikr yuritish mutlaqo beixtiyor roʻy berib qoladi va ular asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi.
Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va soʻzlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oily matematika masalalarini yechish mahalida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir.
Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi.

Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri boʻlib, tadrijiy ravishda izchil oʻzaro bogʻlangan jarayonlardan tashkil topadi, dastavval savollar tugʻiladi, vazifa aniqlanadi, masalani echish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala bu bajarilishi yoki hal qilinishi zarur boʻlgan vazifa koʻpincha ifodalanishi shart boʻlgan maqsadni ham aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni topishga gumon va hayajon, shubha qislaridan xalos etishga qaratilgan maylidir.
Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quyidagicha aks ettiriladi:
qoʻyiladigan savollarga javob berish, masalani yechishga yordam beradigan yoʻllar, usullar, vositalar, qoidalar va koʻnikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar.
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. Yuqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellect - quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.

Download 336.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling