Rеjа: Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli


Download 37.63 Kb.
bet12/15
Sana11.11.2023
Hajmi37.63 Kb.
#1767325
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Rеjа Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli-fayllar.org

Dinamik stereotip
Dinamik stereotip deb bir vaqtda bir tartibdagi shartli reflekslarning uzluksiz ravishda tartib bilan kelishi va nerv tizimida bu tahsirlarga javob qaytarilishidir. Odamda bir necha yillar davomida shartli reflekslarning izchillik bilan kelib, miya po’slog’ida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarini hosil bo’ladi. Dinamik stereotip xar bir odam uchun o’ziga xos bo’lib, odamdagi odat va malakalarning asosi hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalar bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida dinamik stereotipii hosil bo’lish jarayonlarini tekshirish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. M-n: Darslarni fiziologik asosda tashkil etish, kun tartibini tuzish, ovqatlanish, mehnat va dam olishni va boshqa faoliyat turlarini o’quvchilar nerv tizimida dinamik stereotipi vujudga keltirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Oliy nerv faoliyatining tiplari
Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po’slog’ida joylashgan nerv markazlarining normal funktsiyasiga yoki ulardagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir-biriga munosabatiga bog’liq.
Gippokrat odamlarda to’rtta temperament: xolerik (jonsarak), sangvinik, flegmatik va melanxolik (nimjon) turlarini aniqlagan. Tiplar sof holda kamdan-kam uchrab ko’pincha bitta individumda har xil tiplarga xos belgi va xususiyatlar aralashib ketadi.
I.P.Pavlov miyaning nerv hujayralaridagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir - biriga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan.
Kuchli, qo’zg’oluvchan, muvozanatlash-magan, jonsarak tip
Qo’zg’alish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlash-magan, qo’zg’alish tormozlanishdan ustun turadi.
SHartli reflekslar sekin paydo bo’ladi, o’rta o’zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez soviydi, emotsional, bilar – bilmas javob berib o’z fikrini maqullaydi.
Topshiriqlarni vaqtida bajarmaydi, sekin paydo bo’lgan shartli reflekslar tez so’nadi, maktab hayotiga ko’nikishi qiyin , nutqi tez va qo’pol, xarakteri o’zgaruvchan.
O’z xissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga ega bolalar.

Download 37.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling