Reja: Ob’yektlarni matematik yozuvlari, matematik modellari
Download 341.5 Kb.
|
INFORMATIKA FANIDA MODELLASHTIRISH
3. Nofaol va faol tajribaTajriba usuli asosida matematik model qurish uchun nofaol yoki faol tajribalar o`tkazilishi mumkin. Agar tajriba jarayon yoki tizimga hech qanday o`zgartirishlar kiritmasdan o`tkazilsa, bunday tajriba nofaol tajriba deyiladi. Bunda ma’lumotlarni laboratoriyalarning hisobga olish daftarlaridan olish ham mumkin. Lekin, bu holda ma’lumotlarning real jarayondan talabga javob beradigan qilib olinishini ta’minlash zarur. Ma’lumotlar o`lchash asboblaridan ham olinishi mumkin. Bu holda ko`pincha uzluksiz ma’lumotlarni diskretlashtirishga to`g`ri keladi. Hozirgi davrda nofaol tajriba asosida statistik modellar qurish usuli keng tarqalmoqda. CHunki katta o`lchovga ega jadval ma’lumotlarni olish qulayligi va arzonligi bilan birga, bu ma’lumotlarni tez va aniqroq qayta ishlash imkoniyatiga ega bo`lgan EXM lar va kompyuterlar paydo bo`ldi. Lekin nofaol tajribalar o`tkazish yo`li bilan qurilgan matematik modellar hamma vaqt ham talab qilingan aniqlikni ta’minlayvermaydi. Ma’lumotlarni priborlardan olishda jarayon yoki tizim ishiga ta’sir etmaslik uchun vaqtni iloji boricha qisqartirish talab etiladi. Bu talab esa o`lchash aniqligini kamaytiradi. Bunday sharoitda model koeffitsiyentlarini aniqlashda faol tajriba o`tkazish maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunday model qurish uchun ham faol, ham nofaol tajribalar o`tkaziladi. Faol tajriba o`tkazishda kiruvchi faktorlarning qabul qilinishi mumkin bo`lgan qiymatlar oldindan rejalashtiriladi. Faol tajribalar o`tkazish mexanizmi yetarlicha mukammal ishlab chiqilgan. Lekin faol tajriba o`tkazishning hamma vaqt ham imkoni bo`lavermaydi. Bunda kutilgan natijalarga erishmaslik katta-katta moddiy zararlarga olib kelib, model muallifining javobgarlikka tortilishiga sababchi bo`lishi mumkin. Faol tajribalar o`tkazish uchun laboratoriya ishlari o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Faol yoki nofaol tajribalar o`tkazish yo`li bo`yicha qurilgan matematik modellarning kamchiligi, bu modellar kirish ko`rsatkichlarining o`zgarish sohalarida yaroqli bo`lib, sohadan tashqaridagi qiymatlar uchun yaroqsiz bo`ladi. Bir jarayon yoki tizim uchun qurilgan matematik modelni umumlashtirib bo`lmaydi. SHunday qilib, ob’yektning statik modelini qurishda matematik statistikaning quyidagi: a) Nofaol tajriba o`tkazilganda – regression tahlil, korrelyatsion tahlil, tashkil etuvchi funktsiyalarni ketma-ket chiqarib tashlash usullari; b) Faol tajriba o`tkazilganda – klassik yoki tajribaning bir faktorli rejasi, ortogonal va rotatabel faktorli rejalar, markaziy kompozitsion rejalar, simpleks rejalar, D - optimal rejalar va tajribani ketma-ket rejalashtirish usullari qo`llaniladi. ob’yektning dinamik modelini qurishda quyidagi usullardan foydalaniladi: a) Faol tajriba o`tkazilganda – ma’lum ko`rinishdagi ta’sirlar berishga asoslangan usullar; b) Nofaol tajriba o`tkazilganda – korrelyatsion, spektralp va dinamik regression tahlil usullari. Matematik modelni qurish usuli tekshirilayotgan ob’yektning xususiyatlari, tekshirish masalasi va shartlari bo`yicha tanlanadi. Ko`p faktorli murakkab jarayon yoki tizimlarning modellarini tajriba – statistik usullar orqali qurish katta hajmdagi hisoblash ishlarini bajarishni talab etadi. SHuning uchun matematik model qurishni rejalashtirgan tadqiqodchining EXM va kompyuterlarda ishlay bilishi maqsadga muvofiqdir. Download 341.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling