Reja: Ob’yektlarni matematik yozuvlari, matematik modellari
Keskin farq qiluvchi tajriba natijalarini chiqarib tashlash usullari
Download 341.5 Kb.
|
INFORMATIKA FANIDA MODELLASHTIRISH
5. Keskin farq qiluvchi tajriba natijalarini chiqarib tashlash usullariTajriba natijalarining ichida boshqalaridan o`ta katta yoki o`ta kichik bo`lgan ma’lumotlar uchrashi mumkin. Odatda bunday ma’lumotlar jadvaldan chiqarib tashlanadi, Masalan, tajriba o`tkazish natijasida chiquvchi ko`rsatkichning Y1 Y2 Y3 ..... Yi .... Yj .... Ym-1 Ym qiymatlarini olaylik va Yi=Ymin bo`lsin. Agar Ymin va Ymax qiymatlar boshqa qiymatlardan keskin farq qilsa, ular o`rta qiymat va dispersiyaning me’yoridan chetga chiqib ketishlariga sabab bo`ladi. Ma’lumotlarning keskin farq qiluvchi ekanligini aniqlash va chiqarib tashlash usullarini ko`rib chiqamiz. Keskin farq qiluvchi ma’lumotlar imkoniyatlarini aniqlash usulining birinchi va eng ishonchlisi – ma’lumotlarni olish shartlarini tahlil qilishdir. Agar shart – sharoitlar me’yoridan yoki belgilangan rejadan sezilarli farq qilsa, ma’lumotning qiymati qanaqa bo`lishidan qat’iy nazar, u jadvaldan chiqarib tashlanadi. Ikkinchi – statistik usul tajriba shartlari o`zgarishini aniqlash qiyin bo`lganda qo`llaniladi. Bu usulning mohiyati quyidagilardan iborat: Ma’lumotlar jadvalining har bir satri uchun o`rta qiymat va dispersiyalar hisoblanadi. (3) (4) Smirnov – Grabs mezonlari hisoblanadi: (5) (6) So`ngra Vxmax va Vxmin lar Smirnov – Grabs mezonining 1 – ilovadan topilgan VJ [Rd,m] yoki VJ [,m] jadval qiymati bilan solishtiriladi, bunda =1- Rd – ahamiyatlilik darajasi, Rd – ishonchlilik extimoli. Agar Vxmax>VJ va Vxmin>VJ shartlar bajarilsa, shubxa qilinayotgan eng katta yoki eng kichik tajriba natijalari chiqarib tashlanadi. Agar jadvalda keskin farq qiluvchi qiymatlar bittadan ortiq bo`lsa, qarab chiqilgan usul ketma-ket bir necha marta qo`llaniladi. Misol: faraz qilaylik, tajribalar o`tkazish natijasida quyidagi natijalar olinsin: 199; 239; 214; 229; 224; 234; 219; 300; 224; 218. Keskin farq qiluvchi qiymatlarni chiqarib tashlash operatsiyasini bajaramiz. 1 - ilovadan VJ [=0,05;m=10]=2,29 va VJ [=0,01;m=10]=2,54 bo`lib, Vxmax>VJ bo`lgani uchun 300 tajribalar jadvalidan chiqarib tashlanadi. Agar VJ [=0,05;m=10]< Vxmax<VJ [=0,01;m=10] holat ro`y bersa tajriba o`tkazish shartlari obdon tekshirilib ko`riladi. Undan so`ng bajarilgan ishlar 239 uchun bajariladi. Endi Ymin=199 uchun hisoblash ishlarini bajaramiz. Y=300 chiqarib tashlangan so`ng tajribalar soni m=9 bo`ladi. S{Y}=11,8; 1 - ilovadan VJ [=0,05;m=9]=2,24. Vxmin<VJ bo`lgani uchun 199 tajribalar jadvalidan chiqarib yuborilmaydi. Download 341.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling