Reja: Ob’yektlarni matematik yozuvlari, matematik modellari


Tajribani o`tkazishga tayyorgarlik


Download 341.5 Kb.
bet4/6
Sana10.03.2023
Hajmi341.5 Kb.
#1257131
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
INFORMATIKA FANIDA MODELLASHTIRISH

4. Tajribani o`tkazishga tayyorgarlik

Tajribaning muvaffaqiyatli o`tkazilishi uni o`tkazish uchun ko`rilgan tayyorgarlikka chambarchas bog`liqdir.


Agar jarayon yoki tizimga yangi vositalar va usullar qo`llanilayotgan bo`lsa, ishlab chiqilgan va qabul qilingan usul bo`yicha tajriba sinovlari o`tkaziladi. Bunda tadqiqotchi zarur ko`nikma va tayyorgarlik oladi, ma’lumot beruvchi asboblarning ishlash qobiliyatini tekshiradi, tanlangan usul bo`yicha ishlash mumkinligini tekshiradi, hisobga olinmagan ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlaydi va natijalarning xatolik darajasini bahoaydi. YAngi o`lchash qurilmalaridan foydalanganda ularning o`lchash aniqligini tekshiradi.
Tajriba sinovlarining natijalari bo`yicha tegishli tuzatishlar, o`zgartirishlar kiritiladi. Tajriba sinovlarida kutilmagan natijalar olinishiga qaramay, tajribalarni ko`rsatilgan usul bo`yicha oxirigacha olib borish zarur. Olingan natijalarni to`la tahlil qilingandan keyingina tajriba shartlari yoki o`tkazish usullarini o`zgartirilishi maqsadga muvofiqdir.
Tajribalarning bitta bosqichini oxirigacha faqat bitta tadqiqodchi o`tkazishi zarur, tadqiqodchining o`zgartirilishi sub’yektiv ma’lumotlar olinishiga sababchi bo`lishi mumkin. Ma’lumotlarni o`z vaqtida qayta ishlab chiqish ularning xaqiqiyligi yoki sun’iyligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Tajribalarni o`tkazishda akademik A. F. Ioffe laboratoriyalarida ishlab chiqilgan, har bir tadqiqotchiga namuna bo`ladigan quyidagi qoidalarga rioya qilish foydalidir:

  1. Tajriba o`tkazuvchi oldiga qo`yilgan masalaning nazariyasini bilishi shart.

  2. Tajribani iloji boricha soddaroq vositalar yordamida o`tkazish zarur.

  3. Hamma ishni o`zi uddalashi zarur. Hamma ishni o`z qo`li bilan bajarishi shart emas, lekin bilishi shart.

  4. Tajribani kimgadir ishonib topshirib qo`yish mumkin emas.

  5. Har qanaqa qiyinchiliklar tug`ilishiga qaramay qo`yilgan maqsadga erishish zarur.

  6. Halollik – fanning qonuni. Natijalarni sun’iylashtirishga hech qachon yo`l qo`yilmasligi kerak.

  7. Natijalarga qarab, ruxiy ezilmaslik zarur. Birorta ham natija bo`lmasligidan ko`ra, bir nechta kutilmagan natijaga ega bo`lish afzal.

  8. Agar uning yoshi sening yoshingdan kichikroq bo`lgan taqdirda ham aqlli odamning maslahatiga quloq sol.

  9. O`zingni o`zing tanqid qilishni uddalay bil, o`z-o`zini tanqid qilish xatodan asraydi.

  10. O`qi va o`rgan «Agar odamlar o`qimay qo`ysalar ular fikrlashdan to`xtaydilar» - Didro.

  • ob’yektning va qo`llanilayotgan o`lchash vositalarining xususiyatiga qarab kiruvchi va chiquvchi ko`rsatkichlarning qiymatlari uzluksiz yoki diskret ko`rinishda tasvirlanishi mumkin.

2 rasmda uzluksiz (a), diskret (b) va kombinatsiyalashgan (v) ko`rinishdagi o`lchash natijalarining grafiklari keltirilgan.

2- rasm. Ob’yektning kirish va chiqish ko`rsatkichlari haqidagi tajribalar ma’lumotlari grafiklari.

Qo`shimcha natijalarni EXM da qayta ishlash maqsadida uzluksiz ma’lumotlar diskretlashtiriladi. Bunda diskretlashtirish qoidalariga rioya qilish zarur.
Jarayon yoki tizimlarning kiruvchi va chiquvchi ko`rsatkichlari ko`pincha tasodifiy funktsiyalar ko`rinishida bo`ladi. Tajriba natijasida olingan tasodifiy bo`lmagan funktsiyalar to`plami tasodifiy funktsiyalarning realizatsiyasi deyiladi. Realizatsiyaga mos grafik diagramma yoki ostsilogramma deyiladi. Tasodifiy funktsiyalarni tadqiqot qilishda tasodifiy miqdorlar nazariyasi apparatidan foydalaniladi.
Tajriba natijalarini qayta ishlashda quyidagi ishlar bajariladi:


  1. keskin farq qiluvchi tajriba natijalarini chiqarib tashlash;

  2. o`lchash natijalarining tasodifiyligi va bog`liqmasligini tekshirish;

  3. tasodifiy miqdorning sonli xususiyatlarini aniqlash:

O`rta qiymatni, dispersiyasini, o`rta kvadratik og`ishini, variatsiya koeffitsiyentini, tasodifiy miqdor taqsimotining ko`rinishini va bu xususiyatlar xatoligi va ishonchliligini aniqlash;

  1. tasodifiy funktsiya taqsimotining ko`rinishini, korrelyatsion funktsiyasini, spektral zichligini aniqlash;

  2. jarayonning paydo bo`lishini tekshirish;

  3. Jarayon yoki tizimning statsionarligini tekshirish va ma’lumotlardagi yashirin davriylik qonuniyatlari borligini aniqlash.



Download 341.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling