Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi


“Geosiyosat” atamasini 1916 yilda birinchi bo„lib ishlatgan R.CHellen


Download 404.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana28.10.2023
Hajmi404.46 Kb.
#1729669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
“Geosiyosat” atamasini 1916 yilda birinchi bo„lib ishlatgan R.CHellen o„zining 
«Davlat hayot shakli sifatida» deb nomlangan asarida F.Ratselning sotsial-darvinistik g„oyalarini 
rivojlantirdi. Bu g„oyalarga muvofiq tabiiy sharoit jahon tarixida davlatlar rivojlanishining eng 
muhim omili hisoblanadi, davlatning o„zi esa geografik muhitning turli omillari aholiga 
ko„rsatgan ta‟sir natijasida shakllangan biologik organizm sifatida qaraladi. Bundan Chellen u 
yoki bu davlatning hayot makoni uchun kurashi har qanday jonli organizm qonuni – yashash 
uchun kurash tabiiy qonunidan o„zga narsa emas, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, tor 
makonga ega bo„lgan «yashovchan davlatlar» qat‟iy siyosiy imperativga amal qilib, o„z hududini 
istilochilik, mustamlakalarni qo„lga kiritish yo„li bilan kengaytirishga harakat qilishining 
zamirida ayni shu qonun yotadi. Boshqacha aytganda, urushlar, Chellen fikriga ko„ra, nafaqat 
muqarrar, balki zarurdir. 
Shu ko„rinishda geosiyosat irqlar nazariyasi bilan bir qatorda nemis millatchilarining 
rasmiy siyosati negizini tashkil etdi va Ikkinchi jahon urushiga tayyorgarlik, «hayot makoni»ni 
qo„lga kiritish va bosib olingan hududlarda yashovchi xalqlarning ommaviy qirg„inini asosladi. 
Natsistik geosiyosatning taniqli namoyandasi Karl Xausxofer 1924 yildan «Geosiyosiy jurnal» 
nashr etib, bu geosiyosatning asosiy g„oyalarini rivojlantirdi, Gitlerning «Mayn kampf» asarini 
yaratishga kuchli ta‟sir ko„rsatdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin fashistik geosiyosat uning 
hayot makoni va irqiy ustunlik g„oyalari bilan jinoiy ta‟limotlar qatoriga kiritildi.
Inson borlig‟ining. tahlilida insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini 
va alohida inson borlig„ini farqlash o„rinli bo„ladi.
Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma‟noda uning qonunlariga bo„ysunadi. 
Tananing mavjudligi inson o„limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo„qlik 
dialektikasi bilan bog„lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok 
bo„lish holatlaridan o„tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va 
energiyaning saqlanish qonunlari o„z ta‟sirini ko„rsatadi, ya‟ni uning tarkibiy qismlari tabiatning 
boshqa holatlariga o„tadi. Inson tanasi mavjud bo„lishi uchun uni muttasil quvvatlash 
(ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson 
tanasining tirikligini ta‟minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o„z-o„zini saqlashi va 
insoniyatning yashovchanligini ta‟minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, 
kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo„lish ehtiyojida o„z ifodasini topadi; 

Download 404.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling