Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi


Inson borlig„ining o„ziga xos xususiyati


Download 404.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana28.10.2023
Hajmi404.46 Kb.
#1729669
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Inson borlig„ining o„ziga xos xususiyati. Inson borlig„i tirik tabiatdan tabiiy 
rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ekanligi bilan ajralib turadi. Ayni shu sababli 
yuqoridagi mavzuda jonli narsalar borlig„i haqida nima deyilgan bo„lsa, barchasi insonga ham 


tegishli va uning tabiiy-jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, jonli 
organizmlarning mavjudlik qonunlari va tamoyillari his etuvchi mavjudot sanalgan insonga 
nisbatan ham to„la tatbiq etiladi. Ammo bundan tashqari insonni qolgan barcha jonli narsalardan 
farqlash imkonini beradigan, unda hech shubhasiz mavjud bo„lgan, lekin sinchiklab qaraganda 
ko„rinmaydigan, aniq tavsif berishning iloji bo„lmagan nimadir mavjud. Insonning ichki 
dunyosini aks ettiruvchi bu «nimadir» turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat, 
ong, tafakkur, ideal va hokazolar deb atalgan.
Shaxs – insonning uni qurshagan boshqa odamlar tomonidan qanday idrok etilishi, 
tavsiflanishi va baholanishini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa. Shaxs faqat jamiyatda, o„ziga 
o„xshash odamlar bilan muloqot qilish, o„tgan avlodlar to„plagan tajriba va bilimlarni, o„ziga 
qadar yaratilgan qadriyatlar va xulq-atvor qoidalarini o„zlashtirish orqali shakllanishi mumkin. 
Shuning uchun ham shaxs bo„lish – ijtimoiy «qiyofa»ga ega bo„lish demakdir. Bularning 
barchasi ijtimoiy borliqning turli holatlari va jarayonlarini tavsiflaydi. Ularni to„la yoritish 
ijtimoiy falsafa muammolarining butun majmuini tahlil qilishni taqozo etadi.
Ma‟naviy borliq sub‟ektiv individuallashgan va ob‟ektiv (noindividual) ma‟naviy borliq 
sifatida mavjud. Individuallashgan ma‟naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va 
ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko„ra, ruh – individual ong bilan ayniy 
tushuncha, tor ma‟noda esa u tafakkurdir.
Ong inson bosh miyasining dunyo borlig„ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va 
tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek 
g„oyalar, e‟tiqodlar, qadriyatlar, mo„ljallar, andozalarning ko„rinmas jarayoni sifatida mavjud. 
Ong tez oqadigan va bir xil bo„lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu 
jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan 
darajada intizom va iroda mavjud.

Download 404.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling