Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi
Download 404.46 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu ta‟limotga
- Ijtimoiy determinizm
- Germaniyada
Geografik maktablar. Tabiiy va ijtimoiy muhitga doir - «geografik determinizm»,
«ijtimoiy determinizm» va «geosiyosat» konsepsiyalarini o„z ichiga olgan g„oyalar majmui geografik maktabni tashkil etadi. Geografik determinizm inson faoliyati tabiiy muhitga to„la bog„liq degan g„oyani isbotlashga harakat qiluvchi mexanistik qarashdir. Bu oqimning asoschisi va atoqli namoyandasi SH.L.Monteske (fransuz ma‟rifatchi faylasufi 1689-1755)dir. «Qonunlar ruhi» deb nomlangan asarida u o„z konsepsiyasini atroflicha bayon etdi. Bu ta‟limotga muvofiq odamlar hayoti, ularning axloqi, qonunlari, odatlari va hatto siyosiy tuzumi ular yashaydigan geografik muhit va iqlim sharoitidan kelib chiqadi. U tabiat odamlarni tug„ilgandan teng qilib yaratishini tan olib, so„ng ularni geografik determinizm nuqtai nazaridan farqlaydi. Ijtimoiy determinizm ijtimoiy rivojlanish darajasi va yo„nalishi birinchi navbatda moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan belgilanishidir. Shu nuqtai nazardan tabiat odamlar tarixiga aralashadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida inson nafaqat uni, balki o„zini ham o„zgartiradi. Pirovardda insonning mohiyatini tashkil etadigan ijtimoiy munosabatlar majmui o„zgaradi. Bundan odamlar ayrim fazilatlarining shakllanishi ham, jamiyatning rivojlanishi ham avvalo geografik muhitga emas, balki moddiy ishlab chiqarishga bog„liq bo„ladi va odamlar ishlab chiqarish faoliyatining tarixan o„zgaruvchi xususiyatini tahlil qilish chog„idagina muayyan tabiiy sharoitlar u yoki bu ijtimoiy jarayonlarga qanday ta‟sir ko„rsatishi haqida gapirish mumkin, degan xulosaga kelinadi. Ayni holda tabiat va jamiyatning o„zaro aloqasida faol tomon sifatida doim inson amal qiladi. Tabiiy muhit xususiyatini ijtimoiy muhit xususiyati emas, balki aksincha, ijtimoiy muhit xususiyatini tabiiy muhit xususiyati belgilaydi. Shu ma‟noda odamlar tabiat bilan o„z moddalar almashinuvini tartibga soladilar, uni o„z umumiy nazorati ostiga oladilar va shu tariqa tabiatning ko„r-ko„rona kuchlari ularning ustidan hukmronlik o„rnatishiga to„sqinlik qiladilar. Geosiyosat. G.T.Bokl (geografik determinizmning atoqli namoyandasi 1821-1862) «Angliya sivilizsiyasi tarixi» deb nomlangan asarida o„ziga xos iqlim va tabiatga ega bo„lgan mustamlaka xalqlarining qoloqligini tushuntiradi va ijtimoiy tengsizlikning tabiiyligi haqida xulosa chiqaradi. Keyinchalik Boklning bu g„oyalari geografik maktabdagi yangi yo„nalish – geosiyosatni yaratdi. Demak geosiyosat ijtimoiy tengsizlikning tabiiyligi g„oyasidir. Mazkur yo„nalishning asosiy g„oyalarini Germaniyada F.Ratsel va K.Xausxofer, Buyuk Britaniyada G.Makkinder, AQSHda A.T.Mexen va N.Spikmen, Shvetsiyada R.CHellen ilgari surdi. Download 404.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling